Muvozanat organlari


Download 34.81 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi34.81 Kb.
#1187619

Muvozanat organlari - odam va koʻpchilik xayvonlarda gavda holatining fazoda oʻzgarishi, Yerning tortish kuchi va tezlanishining organizmga taʼsirini qabul qiladigan organlar. Umurtqasiz hayvonlar (bir hujayralilar, plastinkasimonlar, gʻovaktanlilardan boshqa) Muvozanat organlari statotsistlar, yaʼni eshitish pufakchalaridan iborat. Statotsistlar ichida otolitlar deb ataladigan eshitish toshchalari boʻladi. Statotsistlar tuzilishi va tanada joylanishi bilan bir-biridan farq qiladi. Mas, ssifomeduzalar va gidromeduzalarning statotsistlari soyaboni chetida joylashgan. Qisqichbaqasimonlarning yumaloq xaltachaga oʻxshash Muvozanat organlari moʻylovlari asosida; boshoyokli mol-lyuskalarning yopiq pufakchaga oʻxshash Muvozanat organlari bosh skeleti kapsulasi ichida joylashgan. Hasharotlarda haqiqiy statotsistlar boʻlmaydi. Odamlar va umurtqali hayvonlarning Muvozanat organlari vestibulyar apparatnaya iborat. Odamda muvozanatni saqlashda vestibulyar apparatdan tashqari, teri, muskul-boʻgʻim va koʻrish sezuvchanligi refleksi katta rol oʻynaydi. Shu reflekslar jara-yonida hosil boʻlgan murakkab munosabatlar muvozanatni taʼminlaydi. Eshitish organining tuzilishi. Eshitish havo
tebranishlari mexanik energiyasini subyektiv ravishda
idrok etishdir. Energiyaning bu shaklini idrok etishga
maxsus eshitish organi xizmat qiladi, uch qismdan
tashkil topgan: tashqi, oʻrta va ichki quloq.
Tashqi quloq. Tashqi quloq quloq suprasi va
tashqi eshitish yoʻlidan iborat. Quloq suprasi bosh
yuzasida erkin koʻtarilib turadigan teri burmasi boʻlib, uning asosida elastik togʻay
plastinkasi joylashgan. Tashqi eshitish yoʻli katta yoshli odamda 2,5sm gacha uzunlikda, teri
bilan qoplangan boʻladi, bu terining xususiyati shuki, unda quloq mumini ishlab chiqarib
turadigan bezlar bor. Mum bilan qillar himoya ahamiyatiga ega, chunki tashqi eshitish
yoʻlining ichki qismlariga yot jismlar tushib qolishiga yoi qoʻymaydi. Tashqi quloq bilan
oʻrta quloq oʻrtasidagi chegarada nogʻora pardasi tortilgan boʻladi. Uning qalinligi 0,1 mm
atrofida. Nogʻora pardasi oval shakldagi biriktiruvchi toʻqirna plastninkasi boʻlib, diametri 9
va 11 mm keladi, tashqi tomoni epidermis bilan qoplangandir. Pardaning taxminan oʻrtasi
oʻrta quloq ichiga qarab tortilgan, chunki shu joyda uning toʻqimasiga bolgʻacha
dastachasining uchi qoʻshilib ketgan boʻladi. Parda elastik boʻlib, eshitish yoii orqali tarqalib
boradigan bosim toʻlqiniga qarshilik koʻrsatib turadi. Sekundiga 800-900 marta boʻlib
turadigan tebranishlarda nogʻora pardasining qarshiligi hammadan kam boiganligi hamda
nogʻora pardasining tebranishlari juda tez soʻnib qoladigan boigani uchun bu parda bosimni
nihoyat darajada yaxshi oʻtkazadi va tovush toʻlqini shaklini deyarli buzmaydi.
Oʻrta quloq. Oʻrta quloq sigʻimi 0,75 ml keladigan notoʻgʻri shakldagi boʻshligʻidan
iborat. Uning tashqi devori nogʻora pardasidir. Oʻrta quloqning eng muhim qismi uchta
kichkina suyak: Bolgʻacha dastasi bilan nogʻora pardasiga
qoʻshilib ketgan, uning ikkinchi tomoni esa
sandon bilan birikkan boʻladi. Sandonning
uzun oʻsimtasi oʻz navbatlda
uzanginingboshchasi bilan birikadi. Uzangi
halqasimon boylam yordamida nogʻora
boʻshligʻi ichki devoridajoylash-gan oval
darcha (pastki oval teshik) chetiga birikadi va
unga tortilgan pardaga taqalib turadi. Nogʻora
boʻshligʻining ichki devorida pastki oval teshikdan tashqari chigʻanoqning boshiga olib
boruvchi ustki dumaloq teshik (dumaloq darcha) boʻladi (ichki quloqqa qarang).
Chigʻanoqda suyuqlik boʻlib, uning oval darcha yaqinida paydo boʻladigan va chigʻanoq
yoʻllaridan oʻtib keladigan tebranishlari soʻnmasdan, dumaloq tuynukkacha yetib boradi va
uning pardasini oʻrta quloq boʻshligʻiga doʻmbaytirib chiqaradi. Mana shu darcha
boʻltnaganida edi, suyuqlik qisilmaydigan boʻlgani uchun tebranishlarning yuzaga kelishi
mumkin boimas edi. Nogʻora boʻshligʻi oʻrta devordagi teshik orqali eshitish nayi yordamida
halqum boʻshligʻi bilan tutashib turadi. Eshitish nayi-ning uzunligi oʻrtacha 3,5 sm ga,
diametri esa 2 mm ga teng. Yutish aktida nay teshigi halqumga ochiladi, bu oʻrta quloqdagi
bosimning tashqi atmosfera bosimi bilan baravarlashib qolishiga olib boradi. Mana shu
tuzilma nogʻora pardasining ikkala tomonida bir xil havo bosimi boʻlib turishini ta’minlab
beradi. Aks holda, pardaning tashqarisi bilan oʻrta quloqning ichkarisidagi bosim farqi katta
boʻlganida, masalan, juda qattiq ovoz kelganida, samolyotda koʻtarilganda va boshqa
ta’sirlar vaqtida nogʻora pardasi yorilib ketishi mumkin.
Ichki quloq. Ichki quloq chakka suyagi piramidasida yotadigan va murakkab tuzilgan
kanallardan iborat boʻlgan suyak labirintini oʻz ichiga oladi. Suyak labirintining ichida parda
labirint boʻladi, u suyak labirinti shaklini takrorlab boradi. Parda labirintning diametrlari
suyak labirinti tegishli boʻlimlarining diametrlariga qaraganda kichikroqdir, shunga koʻra
parda labirintning tashqi yuzasi bilan suyak labirintning ichki yuzasi orasida kambar boʻshliq
boʻladi, u perilimfa degan suyuqlik bilan toʻlib turadi. Parda labirint tutash boʻshliq va kanallar sistemasidir, u ham suyuqlik bilan endolimfa bilan toʻla boʻladi. Suyak labirint
uchta boʻlimdan: dahliz, chigʻanoq va yarim doira kanallardan tashkil topgan.
Dahlizi markaziy holatni egallaydi. U orqa tomonda yarim doira kanallar bilan va
oldingi tomonda chigʻanoq bilan tutashgan boʻladi. Dahlizning nogʻora boʻshligʻiga qarab
turadigan tashqi devorida oval darcha joylashgan. Dahlizda, chigʻanoqning boshlanishiga
yaqin joyda dumaloq darcha bor, unga ikkinchi nogʻora pardasi degan parda
tortilgandir. Eshitish organiga chigʻanoq kiradi. Chigʻanoq serbar suyak kanalidan iborat boʻlib, u
odamda oʻz oʻqi atrofida 2 3/4 marta aylanib oʻtadi. Chigʻanoqning parda kanali ikkita
membrana birmuncha yupqa boʻladigan vestibular membrana va birmuncha pishiq hamda
elastik boʻladigan asosiy membrana bilan suyak kanaldan ajralib turadi. Mana shu
membranalar suyak labirintni uchta tor yoʻlga ustki, oʻrta va pastki yoʻllarga boʻladi. Ustki
kanal vestibular zina deb ataladi. U oval darchadan boshlanadi va chigʻanoq uchigacha
davom etib boradi, shu joyda teshik orqali nogʻora zinasi deb ataladigan pastki kanal bilan
tutashgan boʻladi. Nogʻora zinasi dumaloq darcha sohasida boshlanadi. Mana shu ikkala
kanal perilimfa bilan toʻlib turadi va oval hamda dumaloq darchalarning membranalari bilan
oʻrta quloqning havoli boʻshligʻidan ajralib turadigan yagona kanalni tashkil etadi.
Ustki kanal bilan pastki kanal oʻrtasida oʻrta parda kanali boʻlib, uning boʻshligʻi
boshqa kanallar boʻshligʻi bilan tutashmaydi va tarkibi jihatidan perilimfadan farq qiladigan
endolimfa bilan toʻlgan boʻladi. Oʻrta kanal ichida, asosiy membranada tovushni idrok
etuvchi apparat kortiy organ joylashgandir. U 3-4 qator joylashgan retseptor (qilsimon)
hujayralardan iborat. Kortiy organida 24 000 qilsimon hujayra boʻladi, bular chigʻanoq
oʻramalarining butun uzunligi boʻylab qator-qator boʻlib turadi. Har bir retseptor hujayra bir uchi bilan asosiy membranaga birikkan, uning ikkinchi qutbi parda kanal boʻshligʻida turadi.
Retseptor hujayra qutbining uchida endolimfa yuvilib turadigan tolalar boʻladi (har bir
hujayra - 30 tadan 120 tagacha). Bu tolalar qilsimon hujayralar usti qoplama membranaga
tutashib, shu membra-naning bir uchi erkin, ikkinchi uchi asosiyga birikkan boʻladi.
Tovush tebranishlarini oʻtkazish va idrok etish.
Quloq suprasi tovushlarni ushlab olib, tashqi eshitish yoʻliga yoʻnaltiradi. Tovush
toʻlqinlari nogʻora pardasining tebranishlariga sabab boʻladi. Bu tebranishlar eshitish
suyakchalari bolgʻacha, sandon va uzangiga oʻtadi, oval darcha membranasi orqali esa ustki
(vestibular zinadagi) va pastki (nogʻora zinasidagi) kanal perilimfasiga tarqaladi. Ustki kanalni
pastkisidan ajratib turadigan vestibular membrana juda yupqa boiganligidan perilimfa
tebranishlari oʻrta (pardadagi) kanal endolimfasiga oson oʻtadi. Ana shu tebranishlar kortiy
organ joylashgan asosiy membranani harakatga keltiradi. Bunda retseptor hujayralarning tola
(qilcha)lari qoplama membranaga tegib, shakli oʻzgaradi va shunga koʻra retseptorlarda
qoʻzgʻalish (retseptor potensiali) vujudga keladi. Qoʻzgʻalish retseptor hujayralarida sinapslar
hosil qiladigan eshitish nervi tolalariga oʻtadi. Eshitish nervi tolalaridan boradigan impulslar
ta’sir qilayotgan tovush toʻlqinlari toʻgʻrisida markaziy nerv sistemasiga axborot yetkazib
beradi. Yuqori chiquvchi nerv yoʻllari boʻylab qoʻzgʻalish poʻstloqdagi neyronlarga yetib
boradi. Miya poʻstlogʻining eshitish zonasida nerv impulslari eshitish sezgilariga aylanadi.
Odam tebranishlarining chastotasi (tezligi) sekundiga 16 martadan 20 000 martagacha
tezlikdagi tovushlarni idrok etadi. Bu diapazon 10—11 oktavaga toʻgʻri keladi. Hayvonlarda
ustki chegara ancha yuqorida yotadi. Masalan, itda odamga eshitilmaydigan juda yuksak
(sekundiga 35 000 marta tebranadigan) tovushlarga shartli reflekslar hosil qilsa boʻladi. Mana
shu narsa itni poyloqchilik xizmati uchun juda qimmatli qilib qoʻyadi.
Sekundiga 1000 dan 3000 gacha boigan tebranishlar sohasida inson qulogʻi hammadan
yuqori sezuvchanlikka ega boʻladi. Ana shu doiralardan yuqori va pastda odam tovushni aniqravshan eshitadigan boiishi uchun tovush kuchi (energiyasi) koʻproq boʻlishi kerak. Kasalliklar
vaqtida va kasb-korga xodimlar tanlash uchun quloq oʻtkirligi tovushning chastotasi bilan
kuchini idora etishga imkon beradigan tovush generator-audiometrlar yordamida aniqlanadi. Tovushlar oʻzining chastotasi va kuchiga qarab idrok etuvchi retseptor apparat tomonidan
qay tariqa kodlanadi degan masala juda mushkul. Hozir past tonlar asosiy membrananing
hammasini tebrantirib, unda joylashgan barcha retseptor hujayralarning qoʻzgʻalishiga sabab
boʻladi, deb taxmin qilinadi. Shuning uchun tonlar past boʻlganida ularning chastotasi
toʻgʻrisidagi axborot eshitish nervi tolalari orqali chastotasi tovush tebranishlarining chastotasi
bilan bir xil impul-slar koʻrinishida oʻtkaziladi. Yuqori va oʻrta chastotali tovushlar asosiy
membrananing faqat ma’lum qismida tebranishlarni keltirib chiqaradi. Shunga koʻra har bir
balandlikdagi tonga faqat muayyan sondagi retseptorlarning qoʻzgʻalishi mos keladiki, nerv
tolalari boʻylab markaziy nerv sistemasiga boradigan impulslarning differensirovkasi ham
shunga bogiiq boʻladi. Demak, tovushlar-ning fazoviy kodlanishi roʻy beradi. Ba’zi
chastotalarda tovush axboroti boshqacha usul bilan ham kodlanishi mumkin deb faraz qilinadi.
Eshitish organi tovush ta’sirotlariga adaptatsiyalanishi mumkin. Atrofdagi muhitdan
kuchli tovushlar uzoq muddat kelib turadigan boisa, u vaqtda eshitish analizatorining
sezuvchanligi pasayadi. Tovush nechogʻli kuchli boʻlsa, adaptatsiya shuncha ifodalangan
boʻladi. Shovqin-suron koʻp boʻladigan hozirgi katta shaharlarda va ba’zi korxonalarda ana
shunday moslanish hodisasi katta ahamiyatga egadir.
MUVOZANAT ORGANI (VESTIBULAR APPARAT)
Vestibular apparat tana vaziyatini idrok etish va muvozanatni saqlash organidir. Tana
vaziyatining fazodagi har qanday oʻzgarishi va harakati vestibular apparat retseptorlarining
ta’sirlanishiga sabab boʻladi, shuning natijasida muskullarning bir-biri bilan kelishib uygʻun
holda qisqarishni ta’minlovchi va tananing vaziyatini toʻgʻrilab, muvozanatni saqlab qolishda
yordam beruvchi reflekslar yordam beradi.
Vestibular apparat suyak labirintining dahlizi va bir-biriga tik boʻlgan uchta tekislikda
joylashgan uchta yarim doira kanallarni oʻz ichiga oladi. Ustki yoki oldingi
kanal frontaltekislikda, orqa kanal sagittal tekislikda, tashqi kanal esa horizontal tekislikda
yotadi. Har bir kanalning bir uchi kengayib kelgan boʻladi va ampulasi deb ataladi. Parda
labirint dahliz sohasida ikkita xaltachaga boʻlinadi, bularning biri chigʻanoqqa yaqinroq, ikkinchisi yarim doira kanallarga yaqinroq joylashgan boʻladi. Xaltachalarda murakkab tuzilgan va otolit apparat deb ataladigan apparat turadi. Har bir
xaltachada dogʻlar deb ataluvchi doʻmboqchalar bor. Bular retseptor hujayralaming
toʻplamidir. Bu hujayralar bir uchi torayib kelgan silindrsimon shaklda boʻladi. Torayib kelgan
qismida bitta harakatchan qilcha va 50—80 ta bir-biriga yopishib qolgan harakatlanmaydigan
qilchalar bor. Retseptor hujayralaming qilchalari dogʻni qoplab olgan liqildoqsimon tolali
massaga botib turadi. Mana shu massada kalsiy karbonatdan iborat boʻlgan, faqat
mikroskopdagina koʻrinadigan bir talay kristalchalar boʻladi. Ular otolitlar deb ataladi va otolit
qatlami (membranasi)ga toʻplangandir. Mana shu qatlam qilchalarga mexanik bosim koʻrsatadi.
Yarim doira parda kanallarning faqat ampulalarida retseptor hujayralar bor, bu yerda
ular girralar deb ataladigan toʻplamlarni hosil qiladi. Hujayralaming endolimfa
harakatlanganida bukiladigan uzun-uzun qilchalari boʻladi.
Vestibular tugunning ichki eshitish yoʻlida joylashgan bipolar neyronlari oʻsimtalari
vestibular apparatning retseptor hujayralariga keladi. Bu hujayralaming ikkinchi oʻsimtalari
tugundan chiqish vaqtida XIII juft bosh nervlarning vestibular tarmogʻini hosil qiladi.
Dahliz va yarim doira kanallarning yemirilishi muvozanat yoʻqolib qolishiga olib keladi.
Labirinti yemirilgandan keyin kaptar ucha olmaydi, bir tomonidagi vestibular apparatini ishdan
chiqarish dengiz choʻch-qasida tanasini uzunasiga ketgan oʻqi atrofida aylanib yurishiga olib
keladi. Barcha yarim doira kanallar yemirilganida hayvonlar dastlabki paytda qanday boimasin
biror harakatni qilolmay qoladi. Harakat buzilishlari birmuncha vaqtdan keyin koʻruv hisobiga
kompensatsiyalanadi.
Tabiiy sharoitlarda vestibular apparat bosh, tana engashtirilganida, tezlashuvchi yoki
sekinlashuvchi toʻgʻri chiziqli yoki aylanma harakat-lar paytida, shuningdek silkinish, tebranish
va tana vaziyatining fazoda boshqa oʻzgarishlari mahalida qoʻzgʻaladi. Tana vaziyati oʻzgaigan
paytda otolitli membrana retseptor hujayralarning qilchalariga bosib, ularni qoʻzgʻatadi, yarim
doira kanallarda esa endolimfa harakati tufayli retseptor hujayralar ta’sirlanadi. Hosil
boʻladigan signallar tana vaziyati toʻgʻrisida markaziy nerv sistemasiga xabar beradi. Natijada
skelet muskullarning tonusi qaytadan taqsimlanib, tana vaziyatini rostlab olish va muvozanatni
saqlab qolishni ta’minlaydi.
Ba’zi odamlarda vestibular apparat va unga bogʻlangan nerv markazlari ortiqcha
qoʻzgʻaluvchan boʻladi. Bunday odamlar kemaga tushib, dengiz chayqaigan mahallarga duch kelganida ularda dengiz kasalligi deb ataladigan patologik holat kelib chiqadi. Bunday holat
quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: rangi oqarib, bosh aylanadi, koʻngil ayniydi, nafas
tezlashib, arterial bosim pasayadi, yurak qisqarishlari awaliga tezlashadi, keyin sekinlashib
qoladi, odam qusadi, ogʻir hollarda markaziy nerv sistemasi juda susayib qoladi. Parvozlar
vaqtida, avtomashina, poyezdda ketilayotgan paytlarda ham dengiz kasalligiga oʻxshagan holat
kuzatiladi. Vestibular apparat qoʻzgʻaluvchanligining ortiqcha boʻlib sezilarli vegetativ
hodisalarga olib borishi dengiz floti, aviatsiya va transportda ishlash uchun monelik qilishi
mumkin. Maxsus mashqlar yoʻli bilan vestibular apparatning ta’sirotlarga chidamini
kuchaytirish mumkin.
Fazoda moʻljal olish va muvozanatni saqlab qolish yolgʻiz vestibular apparat yordami
bilangina yuzaga chiqmaydi. Koʻruv, proprioretseptor-lardan hamda teridagi sezuvchi
apparatlardan keladigan signallar katta ahamiyatga ega. Chunonchi, vestibular apparat
zararlanganida odamlar oʻz tanasining fazodagi holatini yaxshi biladi, muvozanatni saqlab
qoladi, murakkab harakatlarni bajara oladi. Odam tanasining vaziyatini koʻzi yordamida
hammadan yaxshi bilib olishi mumkin. Biroq, koʻzini yumib turganida ham u muvozanatni
saqlab qoladi, tanasi va ayrim tana qismlarining vaziyatini aniqlay oladi, uygʻun harakatlar qila
oladi. Bu shuning uchun mumkin boʻladiki, muskullar taranglashganda, paylar tortilganida
qoʻzgʻaladigan proprioretseptorlardan, shuningdek teri ta-ranglashganida undagi retseptorlardan
markaziy nerv sistemasiga tinmay signallar kelib turadi. Mana shu signallar bilan vestibular
apparat signallarini bosh miya poʻstlogʻida birlashtirish muvozanatni saqlab qolishni va tana
fazoda juda xilma xil vaziyatlarda boʻlganida uygʻunlashgan murakkab harakatlar qilishni
ta’minlaydi.
Download 34.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling