Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter tizimlari kafedrasi 5330500 Kompyuter injiniring ta'lim yo'nalishi “Mashinali o’qitishga kirish


Nutq signalining belgilar tasnifi


Download 1.34 Mb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1600236
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdurahmonov

4. Nutq signalining belgilar tasnifi

Nutqni tanish tizimlarini ishlab chiqishda dasturchilar oldiga, birinchi navbatda duch keladigan muhim masala bu nutq signalini parametrik ifodalash uchun optimal usulni ishlab chiqish sanaladi. Ushbu usul, tovushlarni va nutq so’zlarini juda yaxshi ajratishga imkon beradi va shu bilan birga diktorlarning talaffuz xususiyatlariga va akustik muhitning o’zgarishiga invariantligini ta’minlaydi. Amaliyotdan ma’lumki, so’zni tanib olishda hosil bo’ladigan ko’pchilik xatolar signal balandligining o’zgarishi tufayli yuzaga keladi, bu esa mikrofonning noto’g’ri o’rnatilganligi yoki talaffuzning balandligining o’zgarishi tufayli yuzaga keladi. Xatolarni paydo bo’lishining yana bir keng tarqalgan sababi spektr shaklining tasodifiy nochiziqli deformasiyalaridir, ular shu diktorning nutq signalida doimo mavjud bo’ladi. Shuning uchun, samarali nutqni tanib olish tizimlarini yaratishda eng muhim vazifalardan biri tahlil qilinayotgan signalning mazmuniga yetarli darajada adekvat va shu bilan birga diktorlarning ovozlariga va turli akustik muhitlarga invariant vakilini tanlashdan iborat.


Odatda belgilar tizimiga quyidagi talablar quyiladi:

  • informativlik, ya’ni belgilar majmui nutqning tanib olinadigan elementlarini ishonchli identifikasiyalashni ta’minlashi kerak;

  • hajmni minimallashtirish [16, 17], ya’ni ovoz signalini maksimal darajada siqish va parametrlarning statistik korrelasiyalanmaganligi;

  • diktorga bog’liq bo’lmaslik, ya’ni diktorning shaxsiy xususiyatlari bilan bog’liq ma’lumotlarni belgilar vektoridan maksimal tarzda o’chirib tashlash;

  • bir xillik, ya’ni parametrlar o’rtacha bir xil dispersiyaga ega bo’lishi kerak;

  • belgilar to’plamlari o’rtasidagi yaqinlikni aniqlash uchun oddiy metrikadan foydalanish imkoniyati.

Barcha talablarni bir vaqtning o’zida bajarish har doim ham mumkin emas, chunki talablarning o’zi bir-biriga ziddir: bir tomondan, nutq elementlarining parametrik tavsifi ularni ishonchli ajratish uchun yetarli darajada batafsil bo’lishi kerak, boshqa tomondan esa iloji boricha ixcham.
Amaliyotda mikrofondan olingan nutq signali 8-22 kGs diskretlash chastotasida raqamlashtiriladi. Ketma-ket raqamli qiymatlar 10-30 ms davomiylikdagi nutq fragmentiga (freymga) ajratiladi, bunday davomiylik nutqning kvazistasionar qismlariga to’g’ri keladi. Har bir freymdan belgilar vektori hisoblab chiqiladi, bu vektorlar keyinchalik nutqni tanib olishning akustik darajasida qo’llaniladi. Hozirda signallarni parametrik taqdim etishning avtokorrelyasion tahlil, apparatli chiziqli filtrasiya, spektral tahlil, LPC ga asoslangan keng miqyosdagi usullari mavjuddir [14, 15].
Nutqni parametrlashtirishda eng keng tarqalgan yondashuv signal fragmentlarini spektral tahlil qilish hamda ularning kepstral xususiyatlarini hisoblashdir.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling