Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter tizimlari kafedrasi 5330500 Kompyuter injiniring ta'lim yo'nalishi “Mashinali o’qitishga kirish


Nutqni tanish tizimlarining klassifikasiyasi


Download 1.34 Mb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1600236
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdurahmonov

2. Nutqni tanish tizimlarining klassifikasiyasi

Odatda nutqni tanish tizimining strukturasi hal qilinayotgan muammoning murakkabligidan kelib chiqgan holda tanlanadi. Tanlov tizimning turli darajalarida mumkin bo’lgan texnik yechimlarning xilma-xilligi bilan murakkablashadi. Tizimning strukturasini tanlash muammoni soddalashtirish uchun to’plamlari “shablon” yechimlariga mos kelishi mumkin bo’lgan bir qator belgilar bo’yicha uni oldindan sinflashtirishga imkon beradi.


Belgilar sifatida quyidagilar qo’llaniladi: tizim tomonidan tanib olingan nutq turi; tizimning diktorlarning tanib olingan ovozlariga bog’liqligi; etalonlarning detalizasiya darajasi; tanib olinadigan so’zlar soni [12].
Nutq turiga ko’ra buyruqlarni tanish va uzluksiz nutqni tanib olish tizimlari mavjud. Birinchi holda, so’zlarning maxsus (diskret) talaffuzi talab qilinadi. Bunda so’zlar orasidagi to’xtalishlar (pauzalar) so’z ichidagi to’xtalishlardan sezilarli darajada farq qiladi. Odatda bu ajratish to’xtalishining davomiyligi yarim sekundni tashkil etadi. Uzluksiz nutqni tanib olishda esa foydalanuvchi so’zlar orasida hyech qanday to’xtalish qilmasdan, tabiiy ravishda iboralarini yoki so’z birikmalarini talaffuz qilishi mumkin. Tanib olish tizimi uchun uchinchi variant ham mavjud bo’lib, unda tizim to’xtalishlar bilan ta’kidlangan yoki boshqa so’zlar muhitida talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, ovoz oqimidagi belgilangan so’zlarning aniqlashi kerak. Bu aniqlash rejimi kalit so’zni qidirish rejimi deb ataladi.
Tizimning diktorlarning tanib olingan ovozlariga bog’liqlik darajasiga ko’ra diktorga bog’liq va diktorga bog’liq bo’lmagan tizimlarga bo’linadi. Bunda birinchisi, tizim foydalanuvchisining ovoziga oldindan o’qitishni (moslashish) talab qiladi, ikkinchisi esa o’rnatilgandan so’ng darhol ishlashga tayyor. Diktorga bog’liq tizimlar tizimning asosiy foydalanuvchining ovozini boshqa foydalanuvchilarning ovoziga nisbatan yuqori aniqlikda tanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari diktorning ovoziga avtomatik ravishda sozlanuvchi uchinchi turdagi tizimlar ham mavjud. Bunday tizimlar oldindan buyurtma berilgan maxsus masalalarini yechish uchun mo’ljallangan.
Etalonlarning detalizasiya darajasiga ko’ra etalon sifatida to’liq so’zni oladigan va so’z qismini (monofonlar, trifonlar, bo’g’inlar) oladigan tizimlarga ajraladi. Birinchisi taqqoslashning yuqori aniqligi va tezligini ta’minlaydi, lekin lug’atning hajmi va ochiqligiga sezilarli cheklovlar qo’yadi.
Tanib olinadigan so’zlar soni bo’yicha (yoki lug’at hajmi) ularni 2 ta kategoriyaga ajratish mumkin: kichik lug’atli (odatda 100 tagacha so’zlar) va katta lug’atdagi tizimlar. Kichik lug’atli tizimlarda har bir so’zni to’g’ridan-to’g’ri o’qitish imkoniyati mavjud. Katta lug’atli tizimlarda bunday imkoniyat mavjud emas.
Tizim strukturasini tanlash nuqtai nazaridan, tanib olingan iboralar strukturasini belgilaydigan grammatika turi kabi tavsiflovchi belgilardan foydalanish tavsiya etiladi. Grammatika turiga ko’ra nutqni tanib olish tizimlarini uch sinfga ajratish mumkin: buyruqli, grammatikasi o’rnatilgan va diktovka tizimlari. Buyruqli tizimlar tizim lug’atiga kiritilgan alohida so’zlar yoki iboralarni alohida elementlar sifatida tanib olishga yo’naltirilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, buyruqli tizimlar lug’at elementlarining kombinasiyasini tanib olish qobiliyatini ta’minlamaydi.
Keltirilgan klassifikasiyani quyidagi 1.1-jadval ko’rinishda keltirish mumkin. Ushbu klassifikasiyalardan foydalanish tanib olish tizimini ishlab chiqishni soddalashtiradi, chunki har bir sinf uchun standart yechimlar to’plami mavjud. Kerakli sinfni tanlash asosida, asosiy usullar, modellar va algortimlar to’plamini tanlash mumkin.
1.1-jadval. Nutqni tanib olish tizimlarini sinflashtirish belgilari.

Belgilar

Nutq turi

Diktorga bog’liqligi

Etalon tarkibiga ko’ra

Lug’at hajmi

Grammatika turi

Tiim sinflari

Buyruqlar

Bog’liq

So’z

Kichik

Buyruqli

Cheklangan lug’at

Bog’liqmas

So’z

O’rta

O’rnatilgan

Uzluksiz nutq

Bog’liqmas

So’z va gaplar

Katta

Diktovka




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling