Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturiy injiniring


Download 0.72 Mb.
bet16/23
Sana09.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#258206
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Hisobot

T/r

Familiyas

Ismi

Otasining ismi

Yashash manzili

Telefon raqami

1.

Nazarov

Nodir

Axmedovich

Navoiy shahar

+998947777777

YODDA SAQLANG !

Ma’lumotlar ombori (MO) kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi dir.




MOnitashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.

Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir.

MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi.

MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar ombori” deb yuritila boshlanadi.

MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:



  • ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim;

  • ma’lumotlar ombordagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga hojat qolmasligi lozim.

Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Access dasturidir.

YODDA SAQLANG !




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling