Muxammadaliyeva anbarxonning botanika fanidan respublikada tarqalgan efimer va efimeroid o
Download 1.84 Mb.
|
1 2
Bog'liqKurs ishi-na\'muna-Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOTANIKA FANIDAN «RESPUBLIKADA TARQALGAN EFIMER VA EFIMEROID O’SIMLIKLARI, ULARNING AMALIY AHAMIYATI» mavzusidatayyorlagan KURS ISHI
- 1.KIRISH. 2.ASOSIY QISM. a)Efimer va efimeroid o’simliklar. b)Respublikamizda tarqalgan efimeroid o’simliklar. c)Efimer o’simliklar ahamiyati.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKUL’TETI BIOLOGIYA KAFEDRASI 5110400-Biologiya o’qitishmetodikasibakalavrta’limyo’nalishi II kurs 304-guruh talabasi MUXAMMADALIYEVA ANBARXONNING BOTANIKA FANIDAN «RESPUBLIKADA TARQALGAN EFIMER VA EFIMEROID O’SIMLIKLARI, ULARNING AMALIY AHAMIYATI» mavzusidatayyorlagan KURS ISHI Ilmiyrahbar: X.O’rmonov Qo’qon – 2022 MAVZU:RESPUBLIKADA TARQALGAN EFIMER VA EFIMEROID O’SIMLIKLARI, ULARNING AMALIY AHAMIYATI. REJA: 1.KIRISH. 2.ASOSIY QISM. a)Efimer va efimeroid o’simliklar. b)Respublikamizda tarqalgan efimeroid o’simliklar. c)Efimer o’simliklar ahamiyati. 3.XULOSA. Foydalanilganadabiyotlar. Ilovalar. 1. KIRISH. Botanika - tiriklikning bir qismi bo‘lgan o‘simliklarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi. «Botanika» so‘zi yunoncha «botane» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, o’t degan ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda planetamizda 500 millionga yaqin o‘simlik turlari bo‘lib, planetamizning hamma joyida: 149 mln km2 iborat quruqlikda hamda 361 mln km2 maydonni egallagan okean va dengizlardan л tashkil topgan suvliklarda keng tarqalgandir. Mana shu o‘simliklaming morfologik va anatomik tuzilishini, ulami tashqi muhit bilan hamda o'zaro munosabatlarini, ularda yuz beradigan barcha hayotiy jarayonlar: oziqlanish, fotosintez, nafas olish, kcrpayish, transpiratsiya, moslashish kabi tiriklik xususiyatiarini, ulami evolutsion taraqqiyot jarayonidagi rivojlanishi hamda yer yuzi bo‘ylab tarqalish qonuniyatlarini, bu o‘simliklarni yaqin va uzoq belgilariga asoslanib filogenetik sistemaga solishni, o‘simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo‘llarini botanika fani o‘rganadi Botanika fanining tadqiqot yo‘nalishlari quyidagilardan iborat; Morfologiya (yunoncha - morphe - shakl, logos - o‘rganish) o‘simliklarning tashqi tuzilishini, shakllarini, ularni tashqi muhitga bog‘liq holda o‘zgarishini o ‘rganadi, Morfologiya botanika fanining eng yirik va qadimiy bo‘limlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda o ‘simlik organlarining shaklianishi va rivojlanishi ikki yo‘nalishda o‘rganiladi: 1) Har-bir tup o ‘simlikning, urug‘ning unib chiqishidan, maysalarning o ‘sishidan boshlab, to o ‘simlikda yangi urug‘ hosil bo‘lguncha va keyinchalik hayotining oxirgi bosqichigacha bo‘lgan davr (ontogenez), hamda 2) bir tizimli guruhlarga mansub bo'lgan turlarinlng tarixiy taraqqiyotidir (filogenez). Morfologiya fanini o‘rganish XIX va XX asrlarda avj oldi va uning rivojlanishi natijasida hamda uning zaminida yanada ixtisoslashgan sitologiya (yunon. sytos - nay - hujayra) va anatomiya (yunon. anatome - bo‘laklab kesish) boiim lari shakllandi. Sitologiya - hujayra, uning ichki va tashqi tuzilishini va hayotiy jarayonini o ‘rganadi. o‘simliklar anatomiyasi - o'simlik organlarining ichki tuzulishini, hujayra va to‘qimalarning hosil bolishini, ularning tarixiy taraqqiyotini tashqi muhitga bog‘liq holda o‘rganadi. Gistologiya - (yunon. - histos - to‘qima, logos - o‘rganish) o'simlik organlaridagi to‘qimalami joylashishini o ‘rganadi. Embriologiya — (yunon. embryon - murtak) murtak paydo bo‘lishi va uning rivojfanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu fanga XVIII asming ikkinchi yarmida asos solinib, muhim kashfiyotlar XX asming boshlarida vujudga kelgan. Fiziologiya - (yunon. physis - tabiat) o ‘simliklar organizmida sodir boiadigan barcha hayotiy jarayonlami yashash sharoitiga bog‘liq holda o‘rganadi. Hozirgi vaqtda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan fanlardan biri bo‘lib, o ‘simliklardagi fotosintez, moddalar almashinishi, suv rejimi, o‘sish, rivojlanish va boshqa jarayonlami o‘rganadi. Sistematika - (systematikos -- tartibga solish) - botanika fanining asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, u o ‘simliklami bir-biriga o‘xshashligi, farqi, qarindoshligini, kelib chiqishini o‘rganib, ularni guruhlarga birlashtirib, klassifikatsiya qiladi. Paleobotanika - (yunon. palaios - qadimgi) qadimiy geologik davrlarda yashab va o‘lib, hozirgi kunda toshga aylanib qolgan o‘simliklarni tog‘ jinslaridagi izlariga asoslanib o ‘rganadi. Geobotanika - (yunon. geo - yer) o‘simliklar jamoalarini tashqi muhitga bog‘liq holda tuzilishini, tarkibini rivojlanishini va tarqalishini o ‘rganadi. Ekologiya (yunon. oikos - uy, iogos - o ‘rganish) fani o'simliklarni tuzilishiga, hayotiv jarayonlariga tashqi muhitning va boshqa organizmlarining ta’sirini o‘rganadi. Har qanday organizmlarning m a’lum sharoitda yashashi uning uzoq evolyutsion moslashishining natijasidir. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling