Muxolifat arabcha "qarama-qarshi qo’yish", "qarshilik ko’rsatish" degan ma’noni bildiradi


Download 20.78 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi20.78 Kb.
#1678882
Bog'liq
Liviyada Kaddafi rejimining agdarilishi - Samad Annayev


Muxolifat

Izoh.
Muxolifat – arabcha “qarama-qarshi qo’yish”, “qarshilik ko’rsatish” degan ma’noni bildiradi.
Muxolifat deganda amaldagi hokimiyatga o’zini qarama-qarshi qo’yuvchi va davlat hokimiyati uchun kurash olib boruvchi partiya, guruh va harakatlarning siyosiy faoliyati tushuniladi. Shunga qarab muxolif partiya, muxolif guruh tushunchalari ajratiladi.
Demokratik muxolifat – jamiyatda demokratik prinsiplarni joriy qilish va ularning rolini oshishirish bo’yicha kurash olib boruvchi muxolif partiyalarni ifoadalovchi siyosiy atama.
Muxolifatning kurash olib borish metodlari – siyosiy (saylovlar orqali, parlamentda koalitsiya hosil qilish orqali, OAVda amaldagi hukumatni tanqid qilish orqali), tinch yo’l bilan, (tinch namoyishlar o’tkazish orqali) va zo’ravonlik (qurolli namoyishlar, davlat to’ntarishi o’tkazish, terroristik aktlar orqali) yo’li bilan amalga oshishi mumkin.

Sharh.

Liviyada Kaddafiy rejimining ag’darilishi
2011-yil “Arab bahori” fonida Liviyada ham aholining norozi qatlami Kaddafiy rejimiga qarshi ko’tarilib chiqa boshladi. Dastlab 15-fevral kuni Benggazida 1996-yildagi qo’zg’olonni xotirlab namoyishlar bo’lib o’tdi. Har doim Livida yo boshqa arab davlatlarida bo’lgani kabi bu namoyish ham qattiq bostirildi. Lekin 2 kundan qayta namoyishlar boshlanib, bu safar namoyishchilar o’zi qurollangan holatda Kaddafi rejimiga qarshi qarshi hujumga o’ta boshlaydi. Bu esa namoyishlar o’z-o’zidan stixiyali ravishda paydo bo’lib qolmaganini anglatadi.
Xo’sh, Liviya oppozitsiyasini kimlar tashkil qilardi? Ayrim kuzatuvchilar oppozitsiyani tashkil qiluvchi 4 xil kuchlarni ajratadi:

  1. Demokratik oppozitsiya;

  2. G’arbdan “qaytib kelgan Kaddafiyning vorislari”;

  3. Resurslarning taqsimlanishidan norozi liviya klanlari;

  4. Islomiy kayfiyatdagi jangarilar.

To’g’ri, avtoritar rejimga qarshi demokratik oppozitsiya bo’lishi tabiiy. Lekin, oppozitsiya ko’proq tarqoq, aniq dasturlarsiz, eng asosiysi ko’pam ko’rinish bermaydigan oppozitsiya edi.
Ikkinchisi G’arb vositasida Kaddafining o’ziga qarshi ko’tarilgan sobiq mulozimlar. Bengazida “Muvaqqat hukumat” tashkil qilinib, uni Mustafo Abdul Jalil degan kishi boshqaradi. Qizig’i, bu odam to 21-fevralgacha Kaddafi hukumatida Adliya vaziri edi. Bu inson shu paytgacha Shimoliy Afrikadagi inson huquqlari buzilishi bo’yicha javobgar shaxslar ro’yxatida turardi. Bu odam Bolgariya hukumatining aytishicha, bolgar hamshiralarini qiynoqqa solishni uyushtirgan odamlardan biri hisoblanadi. Oppozitsiya ichidagi ikkinchi raqamli odam Abdul Fattoh Yunus Kaddafining oldingi Ichki ishlar vaziri.
Uchinchi norozi liviya klanlariga keladigan bo’lsak, Kaddafidan oldin Qirol Idriss davrida sharqiy klanlar mamlakatdagi neft zahiralarini idora qilardi. 1969-yildagi revolyutsiyadan keyin Kaddafi g’arbiy qabilalarga suyana boshlaydi va sharqiy qabilalar e’tibordan chetda qoladi. Bunday diskriminatsion siyosat yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Isyon aynan shu yerda boshlanadi. G’arb davlatlari esa (AQSH, va Fransiya) mamlakatni nazorat qilish uchun aynan aynan sharqiy qabilalarga tayanadi.
Oppozitsiyaning 4-tarkibiy qismi bu Al Qoidaga aloqador guruhlar. Wikileaks oshkor qilgan ma’lumotlarga ko’ra, Liviyaning sharqi Iroqqa shahid-jangarilarni yetkazib berish bo’yicha dunyoda birinchi o’rindagi hudud hiosblanadi. Pentagon hisobotlariga ko’ra Bengazi va Derna shaharlari Iroqqa jihodchilarni yetkazib berishning asosiy manbai hisoblanadi.
Talqin.
Bu oppozitsiya to’g’risida o’sha paytda YXHT vakili Massimo Introvinye “Ular Obama aytayotgandek samimiy demokratlar emas, balki Kaddafini ag’darib, uning o’rnini egallamoqchi deb aytadi.
Sobiq AQSh Markaziy razvedka agentligi (CIA) boshlig’i Vinsent Kannsitraro “isyonchilar safida muammo tug’dirishi mumkin bo’lgan islomiy ekstremistlar ko’p, ular Kaddafiy rejimi qulagan taqdirda katta nufuzga ega bo’lishi mumkin deb aytib o’tadi.
Tahlil.
Voqealar ketma-ketligining tahlili shuni ko’rsatadiki, Kaddafiga qarshi isyon o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmagan, balki g’arb xavfsizlik kuchlari ko’magida allaqachon tayyorlangan. Bunda Kaddafi hukumatidan qochib chiqqan eski amaldorlar va hukumat ichidagi amaldorlardan foydalanilgan. Jumladan, AQSH Markaziy razvedka agentligi yordamida Liviya Milliy Ozodlik Fronti tuzilganligi hamda liviya muxolifati G’arb tomonidan moliyalashtirilib turilganligi to’g’risida faktlar yetarlicha. Shu bilan birga, 31-mart kuni Wall Street Journalda chiqqan maqolada Markaziy razvedka agentligi Liviyada xuddi boshqa davlatlar xavfsizlik kuchlari kabi bir necha haftadan buyon faol ekanliklarini tan oladi. AQSH Dengiz kuchlari boshlig’i Garri Rughed o’zining 23-martdagi intervyusida “kuchlarimiz allaqachon Liviyaga qarshi yo’naltirilgan edi deb aytadi. Bu esa “gumanitar intervenvensiya” birdan fevral oyidagi voqealar fonida paydo bo’lmaganini anglatadi.


Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling