Muxtorov soxibjonning gidrogeologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.06 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi1.06 Mb.
#1029747
Bog'liq
mustaqil ish


MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOLOGIYA VA GEOINFORMATSION TIZIMLAR FAKULTETI GEOLOGIYA YO`NALISHI 2-KURS 203-GURUH TALABASI
MUXTOROV SOXIBJONNING GIDROGEOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Artezian suvlari va ularning havzalari
Bajardi: Muxtorov Soxibjon
Tekshirdi: Suyunov Sobirjon
TOSHKENT-2022 yil
Artezian suvlar nomi Fransiyaning Arteziya viloyati nomidan kelib chiqqan. XII asrda bu viloyatda Yevropadagi birinchi fontan bo‘lib otilib chiquvchi quduq qazilib, u artezian qudug‘i deb atalgan.
Artezian suvlari (Artesian water) Наг xil chuqurlikda suv o‘tkazmaydigan qatlamlar oralig‘ida hosil bo‘lgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida bo iad i, shuning uchun burg‘ qudug‘i qazilganda suvli qatlamning shipidan yuqori ko‘tariladi, bosim yetarli darajada kuchli bo‘lganda esa yer yuziga ko‘tariladi yoki favvora bo‘lib chiqadi. Artezian so‘zi Fransiyadagi Artua viloyati nomidan olingan.
Artezian suvlari – bosim ta’sirida boʻlgan yer osti suvlarining bir turi, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oraligʻida hosil boʻladi, ular ochilganda suv burgʻi quduqlardan fontan shaklida otilib chiqadi. Artezian suvlari Yevropada birinchi marta Fransiyaning Artua provinsiyasida ochilgani uchun shu nomni olgan. Bunday quduqlar Xitoy va Misrda juda qadimdan ma’lum edi. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan zonasi Turon pasttekisligi artezian havzalari tizimiga ki-radi, uning tarkibida Sirdaryo va Amu-daryo guruhlariga boʻlinadigan nisbatan kichik bir qancha havzalar bor.
Artezian suvlarining birinchi turdagi suvlari, odatda, havzaning juda chuqur qismlarida joylashgan boʻladi, mineral va termal suvlar manbai hisoblanadi; ikkinchisi – yuqori gorizontlarda joylashgan boʻlib, yaylovlarni suv bilan ta’minlashda (mas, Qizilqum yaylovlari, Qarshi choʻl va hokazo), ichimlik suvi olishda, ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi.
Tekisliklaming bosimli suv qatlamlari bo‘lgan geologik strukturalari artezian havzalar deb ataladi. Materiklardagi yer osti suvlari­ning asosiy qismi artezian havzalarda to‘plangan.Artezian havzalar Shimoliy Afrikada, Atlas tog‘larida va Sahroi Kabirda ham ko‘p. Janubiy Afrikada katta artezian havzalar yo‘q. Yer usti suvlari kam Avstraliyada artezian havzalar materik maydonining
1/3 qismidan ko‘prog‘ini egallaydi. G ‘arbiy Yevropada ham artezian havzalar ko‘p. Bulardan Parij havzasi bilan Artua (qadimgi Artezian) havzasini aytish mumkin. AQSH artezian havzalari orasida eng kattasi suvi mezozoy yotqiziqlarida to ‘plangan Dagot havzasi va Buyuk ko‘llar rayonidagi paleozoy yotqiziqlari bilan bog‘langan Viskonsin havzasidir.
Suvli artezian qatlamlar ustini suv о‘tkazmaydigan qatlamlar yoppasiga qoplagan bo‘lib, botiq havzaning chekkalaridagina
yog‘inlar suvi va yer usti suvlari bilan bog‘langan bo‘ladi. Qiya yoki botiq qatlamlardagi suv bosim ostida bo‘lib, bosimli suv deyi­ladi. Grunt suvlarida ham mahalliy bosim bo‘lishi mumkin. Grunt suvlarining artezian suvlaridan asosiy farqi shuki, ular atmosfera omillarining bevosita ta’sirida bo‘ladi, artezian suvlaming eng chekka qismlarigagina mavsumiy o ‘zgarishlar ta’sir etadi.Har bir artezian havzasida ikkita oblast: bosim oblasti va bosimsiz oblast bo‘ladi. Bosimli o‘lkada burg‘ - “artezian” qudug‘i qazilsa, suv suvli qat­lam sathidan ham balandga ko'tarilishi yoki otilib chiqishi mumkin.
Bosimsiz o'lkada suv yer yuzasiga buloq bo ‘ lib oqib chiqadi yoki grunt suvlariga qo‘shilib ketadi.
Artezian suvlari kimyoviy tarkibiga ko‘ra juda xilma-xildir. Agar suvda erigan moddalar miqdori 1 g/l dan oshmasa, bu suv chuchuk, erigan moddalar 1 g/l dan 50 g/l gacha bo`lsa minerallashgan, 51 g/l dan ortiq bo‘lsa - sho‘r suv (namakob) deyiladi. Minerallashgan va sho‘r shifobaxsh suvlar mineral suv deyiladi. Artezian suvlar tarkibida gazlar bo‘ladi. Gazlar suvda ba’zan shu qadar ko‘p bo'ladiki, bu suvlar yer betiga chiqqanida undan gaz ajraladi.
Har bir katta artezian havzada yoshi va minerallashganlik darajasi turlicha bolgan suvlar bo‘ladi. Taxminan 100 m dan 600 m gacha chuqurda joylashgan yuza qatlamlar suvi chuchuk bo‘ladi. Bu suvlar yog‘in yer usti va grunt suvlarining yerga singishi natijasida
hosil bo‘ladi. Yer osti suvlari harakati qulay bo‘lgan sharoitda yerga siziluvchi (infiltratsion) oqimlar o ‘zidan chuqurroqdagi mineral- lashgan suvlami siqib chiqarishi va, ayniqsa to‘yinish oblastlarida, ular o ‘mini butunlay egallashi mumkin.
Undan pastda minerallashgan suvlaming quyi sferasi yoki qavati joylashgan; ulaming kimyoviy tarkibi ustki chuchuk suvlaming pastki kuchli minerallashgan suvlarga aralashishidan hosil bo‘ladi. Bunday suvlaming mineral tarkibi havzadan-havzaga ancha o ‘zgaradi; bunga suvlaming singish (filtratsiya) xarakteri bilan chuqur qatlamdagi suvlaming kimyoviy tarkibi ta’sir etadi. Bu qavat asosan sulfatli va ishqoriy suvlar qavatidir.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling