REJA:
1. Muqaddima va xotimalarning asar g‘oyasi bilan munosabati
2. Ka’ba ziyorati aks etgan lavhaning badiiy xususiyatlari
3. Dostonning vazn xususiyatlari
Bu mashg‘ulotda dostondagi muqaddima va xotimalarning matn xususiyatlari alohida tahlil etilib, muqaddimadagi 9 bob (“Tun ta’rifida”) va Xotimadagi 36 bob (“Ishq ta’rifida”)ning dostondagi asosiy voqealar bilan uzviy bog‘liqligi masalalariga diqqat qaratiladi. SHuningdek, dostonning badiiy kulminatsiyasi hisoblangan Majnunning Ka’ba ziyoratiga borganligi bilan bog‘liq parchaning matn xususiyatlari o‘rganiladi. Parchada qo‘llanilgan badiiy tasvir vositalari: tavze’, tarse’, kitobot, takrir va h.k.lar aniqlanadi. Dostonda asosiy she’riy o‘lchov – hazaji musaddasi axrabi maqbuzdan tashqari uning ritmik variatsiyasi – hazaji musaddasi axrami ashtari mahzuf ham qo‘llanilganligi va bu holat tasodifiy bo‘lmay, doston mazmuni va qahramonlar ruhiyati bilan bog‘liq ekanligiga diqqat qaratiladi.
Adabiyotlar:
1. N.Komilov. Tasavvuf. – T., 2009.
2. Olimov S. Ishq, oshiq va ma’shuq. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1992.
3. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1979.
6-mavzu. “Sab’ai sayyor” dostonidagi hikoyatlar tahlili, dostonning vazn xususiyatlari
REJA:
1. Hikoyatlarning g‘oyaviy mundarijasi
2. “7” raqamining badiiy talqini
3. Dostonning vazn xususiyatlari
Mashg‘ulotda doston kompozitsiyasi (qoliplovchi voqea va unga bog‘liq holda 7 hikoyat )ga asosiy e’tibor qaratilib, hikoyatlarda keltirilgan rang, burj, raqam, iqlim va h.k.larning ramziy ma’nolari va asosiy voqealar bilan mantiqiy bog‘lanish masalalari tahlil qilinadi. Dostondagi asosiy she’riy o‘lchov hisoblanmish xafif bahrining ritmik variatsiyalari va ularning doston matni bilan munosabatiga diqqat qaratiladi.
Adabiyotlar:
1. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1979.
2. Hasanov S. Navoiyning etti tuhfasi. T.: G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.
Do'stlaringiz bilan baham: |