Muzaffarova vazira shuxrat qizi samarqand viloyatining botanik tabiat yodgorliklari, biologiyasi va ularni
Payariq, Ishtixon, Jomboy, Oqdaryo, Nurobod
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
samarqand viloyatining botanik tabiat yodgorliklari biologiyasi va ularni muhofaza etish (1)
3.5. Payariq, Ishtixon, Jomboy, Oqdaryo, Nurobod
tumanlaridagi asriy chinorlar.
O’tkazilgan tadqiqot natijasida Samarqand viloyatining Urgut tumanidan tashqari yana Payariq, Ishtixon, Jomboy, Oqdaryo, Nurobod tumanlarida ham asriy chinorlarning o’sib turganligi aniqlandi va ularning o’lchamlari olinib, hozirgi holati o’rganildi. Samarqand viloyatida muqaddas qadamjolar ko’p. Ular XVI – XVII asrlarga oid tarixiy yodgorliklar sanaladi. Ularning hovlisida o’sib turgan azim chinorlarning yoshi ham shu obidalar yoshiga teng. Ular ham asriy botanik yodgorliklar sanaladi. Payariq, Oqdaryo, Ishtixon tumanlaridagi chinorlar ziyoratgohlar – maqbara va masjid hududida o’sib turibdi. Quyida bu chinorlar haqida batafsil ma’lumotlar keltiramiz: 58
Payariq tumanidagi asriy chinorlar tumanga qarashli Imom Al-Buxoriy maqbarasi hovlisida o’sib turibdi. Imom Al-Buxoriy majmuasi Chelak tumani Xartang qishlog’ida joylashgan. XV asrda Shayboniyxonlardan Abulxayrxon Imom Al-Buxoriy qabri atrofini ta’mirlatib, maqbara va masjid qurdiradi. Chinorlar ham o’sha davrlarda ekilgan. Chinorlarning yoshi 500 yildan oshgan. Chinorlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tasarrufiga olingan. Har yili ularning holati o’rganilib, muhofaza etiladi. Bu azim chinorlarning o’lchamlari quyidagicha: 1-tup ikkiga bo’lingan, tana aylanasi 2.5-4 m. 2-tup tana aylanasi – 5 m. 3-tup tana aylanasi – 4,5 m. 4-tup tana aylanasi – 4,5 m. 5-tup tana aylanasi – 6 m. Chinorlarning barchasining balandligi 30-35 m ga yetadi. Chinorlarning o’rtasida hovuz bor. Bundan ko’rinib turibdiki, daraxtlarning sug’orilish holati yaxshi. Ularning atrofi temir panjara bilan o’ralgan, antropogen ta’sir ko’rsatilmaydi. Oqdaryo tumanidagi asriy chinorlar Maxdumi A’zam maqbarasi hovlisida o’sib turibdi. Maxdumi A’zam maqbarasi tumanning Dahbed qo’rg’onida joylashgan. Maxdumi A’zam obidalarini Yalangto’shbiy qurdirgan. Bu XVI asr oxiri – XVII asr boshlariga to’gri keladi. Chinorlar ham o’sha davrga xos, ya’ni 500 yillik daraxtlardir. Ziyoratgoh hovlisida 5 tup chinor o’sib turibdi, 3 tupi eng yiriklari: 3,5-4-10 m tana aylanasiga ega. Tana aylanasi 10 m bo’lgan chinor bir metr yuqorisidan ikkiga bo’lingan, juda yirik kovagi bor. Chinorlar aholi tomonidan “muqaddaslashtirilgan”ligi tufayli ularga antropogen ta’sir ko’rsatilmaydi. Har bir tup chinorning osti hovuzcha qilingan(Ilova. 3-rasm). Ishtixon tumanidagi Qalandarxo’ja qishlog’ida joylashgan Qalandarxo’ja jom’e masjidi hududida bir tup chinor o’sib turibdi. Bu chinorning yoshi 500 59
yildan oshgan. Balandligi 40-45 m, tana aylanasi yer yuzasida 12 m, 1 m balandlikda 8 m. Yonidan yangi nihollar o’sib chiqqan. Daraxtning uchki qismlarida qurish alomatlari bor (Ilova. 7-rasm). Jomboy tumanining Eski Jomboy degan joyida ham asriy chinorlar o’sayotganligi aniqlandi. Chinorlar borib ko’rilganda, ular o’sib turgan joy eski maktab o’rni ekan. Ular 7 tup bo’lgan , 2 tupi kesilgan. Ularning o’lchamlari: tana aylanasi 3,8 – 4,8 m, balandligi 35-40 m. Uchki qismlarida qurish alomatlari bor. Muhofaza choralari ko’rilmagan, antropogen ta’sir ko’rsatilgan. Nurobod tumaniga qarashli Oqsoy qishlog’ida Qo’shchinor degan joyda buloq bo’yida 1 tup chinor o’sib turibdi. Tup ikkiga bo’lingan, joy nomi ham shundan kelib chiqqan bo’lsa kerak. Tana aylanasi 3,7 – 4,25 m, balandligi 42-43 m ga yetadi. Uchki qismlarida qurish alomatlari bor. Chinor atrofida manzarali daraxtlardan ko’k terak, mevali daraxtlardan yong’oq, tut daraxti va aylant uchraydi.
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling