Muzeylar o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik


Download 214.5 Kb.
bet2/3
Sana30.10.2023
Hajmi214.5 Kb.
#1735000
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu muzeylar

2-topshiriq. O’zbekiston muzeylaridan biri haqida taqdimot tayyorlash.
GRAMMATIKA.
Antonimlar va ularning turlari, uslubiy xususiyatlari.
Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland – past, uzun – qisqa); 2) affiksal A. (suvli – suvsiz); 3) sintaktik A. (ochiq yuz – tund bashara). Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi.
Antonimik juft hosil bo‘lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o‘zaro qarama qarshi bo‘lishi kerak. Fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qo‘llanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Ko‘p ma’noli so‘z o‘zining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkin: xafa so‘zi bir o‘rinda xursand so‘ziga antonim bo‘ladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.
Bundan tashqari unga sinonim bo‘lgan shod, xushvaqt kabi so‘zlarga antonim bo‘la oladi. Demak, bir so‘z sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlarning har biri bilan atnonim bo‘la oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, og‘ir; chiroyli – go‘zal – xushro‘y – ko‘hlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar ko‘chma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko‘chgan), achchiq-chuchuk (otga ko‘chgan).
Antonim badiiy nutqda qo‘llanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi og‘rir. Antonimlarni kel – kelma, bor – borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil so‘z turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik – yomonlik (ot), uzun – qisqa (sifat), ko‘p – oz (ravish), keldi – ketdi (fe’l). Nutqimizda lug‘aviy antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli so‘zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi.


3-topshiriq Quyida berilgan so‘zlarni tartib bilan joylashtiring.

  1. Buvimlarnikiga, kuzda, boraman, dadam bilan, har yili, qishloqqa, men.

  2. Tushadi, mushuk, tomdan, oyog‘i bilan, tashlasang ham.

  3. Osmonda, chaqnay boshladi, yulduzlar, birin-ketin, qoramtir.

  4. Kuni, shanbalik, yordam berdi, Anvar, kutubxonachisiga, fakultet.

  5. Mablag‘, uchun, xomashyo, olinmadi sotib, yoqilg‘i.

  6. Tushgan, maysalar, shudring, bo‘ldi, uchun, ho‘l.

4-topshiriq. Quyidagi tayanch so‘z va iboralarning ma’nosini izohlang.
Tavallud, ilmiy markaz, ilmiy ishlar, astronomiya, darslik, qo‘llanma, dunyo, mashhur, risola, qo‘lyozma, kutubxona, lotin tili, olim, noshir, jadval, munajjimlik.

  1. O ZBEKISTON MUZEYLARI

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

+

?

-











Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling