Muzeyshunoslik. Arxivshunoslik Savol javob
Download 15.26 Kb.
|
arxivshunoslik savol; javob 12121
Muzeyshunoslik. Arxivshunoslik Savol javob ARXIVCHUNOSLIK FANING PAYDO BO’LISHI 1. “Arxiv” so’zining ma’nosi nima ? J: “Arxiv” atamasi lotincha “arxivum” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida “mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi. 2. Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, arxivlar qadimgi zamonlarda,nimaning paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan? J: yozuv paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan. 3. Qayerlardagi ibodatxonalar va quldorlar saroylarida dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi? J: Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyoda 4. Bu arxivlarda o’sha davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa hujjatlar saqlanar edi. Mazkur hujjatlar nimalarga bitilgan? J: Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshlangan charm (pergament) ga bitilgan. 5. Qadimgi Yunonistonning qaysi shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik arxivning qoldiqlari topildi? J: Knoss shahri xarobalarida 6. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, qaysi ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi? J: Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv 7. Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kimlarning tasarrufida bo’lgan? J: kohinlar 8. Rimdagi eng qadimiy arxiv Senat arxivi bo’lib, bu hujjatgoh qaysi ibodatxonasida joylashgan edi? J: Saturn ibodatxonasida 9. G’arbiy Rim saltanitining halokatidan so’ng Rim imperatorlari arxivining davomchisi qaysi arxiv bo’ldi? J: Vizantiya arxivi 10. Ilk o’rta asrlarda qayerda qirollar, yirik feodallar va monastirlarning arxivlari vujudga keldi? J: G’arbiy Yevropada 11. Nechinchi yilda Fransiyada Konvent maxsus dekret qabul qilib, markaziy davlat arxivini tashkil etdi? J: 1794 yilda 12. Qachon va qayerda ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi? J: 1821 yilda Fransiyada 13. Nechinchi yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi AQShning Xolokast yodgorligi kengashi va uning Vashingtondagi muzeyi o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi? J: 2003 yilda 14. Nechinchi yilda YuNESKO qoshida Xalqaro Arxiv Kengashi tashkil etildi? J: 1948 yilda 15. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab qanday jurnal nashr etmoqda? J: “Archivum” nomli jurnal 16. Qayerda arxiv ishi sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun namuna bo’ldi? J: Fransiya 17.Nechinchi asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari tadqiqotlar uchun ochildi? J: XIX asrda 18. Qirollar arxivlari qanday arxivlar arxivlari hisobiga kengayib bordi? J: bo’ysundirilgan feodallarning arxivlari hisobiga 19. O’rta asrlarda qanday arxivlar g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi? J: Qirollar arxivlari 20. Rim saltanati davrida esa yozma hujjatlar saqlanadigan arxiv qayerga joylashtirildi? J: Imperator saroyida Download 15.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling