muzning erish nuqtasi


Download 150.61 Kb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi150.61 Kb.
#1154120
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xondamir kurs ishi


Mundarija
1. Kirish…..................................................................................................
2.1. Jarayonning matematik tavsifi…………...............................................
2.2. Jarayonning matematik modellashtirish................................................
3. Asosiy qurilmani tanlash va tavsiflash....................................................
4. Gidravlik hisob........................................................................................
5. Atrof muhitni muhofaza qilish................................................................
6. Xulosa…..................................................................................................
7. Adabiyotlar...............................................................................................

1.Kirish


1641- yilda taxminiy bo’linmalarga bo’lingan qurilma yaratildi. Yarim asr o’tgandan so’ng esa, Renalьdini o’zgarmas reper nuqtalardan foydalanishni taklif qildi, ya’ni, muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasi. Ammo, xali temperatura shkalasi yo’q edi.


Birinchi temperatura shkalasi 1724- yilda Farengeyt (Gollandiya) tomonidan taklif qilingan. U shisha asboblarini yasash bilan shug’ullanar edi. U simob barometrida temperatura o’zgarishi bilan simob ustunining o’zgarishini sezib qolib, temperatura shkalali simob termometrini taklif qildi. Farengeyt o’z temperatura shkalasini qurishda uchta o’zgarmas-reper nuqtalarni asos qilib oldi(3.1-rasm):
1) yuqori sovuq nuqtasi (absolyu nol), suv, muz va nashatirning ma’lum proportsiyalarida olinada (00F, Selsiy shkalasi bo’yicha -17,80C);
2) muzning erish nuqtasi (320F, Selsiy shkalasi bo’yicha 00C);
3) insonning normal temperaturasi 960F (+35,60C).
Keyinchalik, suvning qaynash temperaturasi 2120F deb qabul qilingan.
1731- yili Reomyur shisha termametrlarida spirtdan foydalanishni taklif qildi. U muzning erish nuqtasini 00, suvning qaynash temperaturasini esa 800 deb qabul qildi.
1742- yilda Selsiy, simobdan foydalanib va muzning erish nuqtasini 100 0C, hamda, suvning qaynash nuqtasini 00C deb qabul qilib o’zining temperatura shkalasini taklif qildi. Bunday belgilanish noqulayligi sababli uch yildan so’ng muzning erish nuqtasini 00C, hamda, suvning qaynash nuqtasini1000C deb qabul qilindi.
Bulardan tashqari yana Lomonosov va Lambertlar ham o’z temperatura shkalalarini taklif qilganlar.
Bu temperatura shkalalarini qurishda, temperatura o’zgarishi bilan suyuqliklarning hajmiy kengayishi chiziqli bog’liqlikga ega deb qabul qilingan va 1 gradus deb, (tII - tI) temperatura intervalining n dan bir bo’lagi deb qabul qilingan, ya’ni,

1grad= (3.3.1)


tII va tI – ikki yengil olinadigan o’zgarmas nuqtalar.
O’zgarmas nuqtalar deb, 101325 n/m2 yoki 1,0332 kgs/sm2 ga teng bo’lgan normal absolyut bosimda, har xil moddalarning qattiq va suyuq yoki suyuq va gaz fazalari orasidagi muvozanat temperaturalariga aytiladi.
1848- yili Kelvin termodinamik temperatura shkalasini taklif qildi.
Agar zarrachaning qaysidir o’rtacha kinetik energiyasi qiymatiga ma’lum bir gradus qiymati berilsa (asosiy yoki reper nuqta), unda u absolyut noldan boshlanadigan chiziqli uzluksiz temperatura shkalasini qurishga yetarli bo’ladi. Absolyut nolga zarrachalarning nolga teng tezligi va nolga teng o’rtacha kinetik energiyasi mos keladi.
= (3.3.2)
m, v-zarrachaning massasi va tezligi;
k- Boltsman koeffitsienti.
Kelvin termodinamik shkalasida yagona asosiy tajriba nuqtasi bo’lib suvning uch holati nuqtasi hisoblanadi va u 273,160K deb qabul qilingan. Suvning uch holati nuqtasi – suvning qattiq, suyuqlik va gaz fazalaridagi muvozanat nuqtasi. Termodinamik temperatura T harfi bilan va 0K belgi bilan belgilanadi.
Termodinamik shkala ideal gaz bilan to’ldirilgan gaz termometri shkalasi bilan mos keladi. Ideal gazlar xususiyatlariga juda yaqin hisoblangan gazlar H2, N va Ne (geliy).
Gaz termometrlari yordamida temperaturani o’zgarmas hajmdagi gaz bosimini o’zgarishi bo’yicha o’lchanadi. O’lchash aniqligi juda yuqori, ammo juda murakkab. Shuning uchun gaz termometrlari termodinamik shkalaga yaqin bo’lgan Xalqaro amaliy temperatura shkalalarini qurishda ishlatilgan.
1877- yilda Xalqaro o’lchov qo’mitasi asosiy temperatura shkalasi sifatida yuz gradusli vodorod shkalasini qabul qildi (0-1000C, 760 mm rt. st. bosimda). Unda o’zgarmas hajmdagi vodorod bosimi bo’yicha temperaturani aniqlanardi. Bu temperatura shkalasi bo’yicha temperatura graduslari temodinamik shkalaga juda yaqin bo’lib, uning amaliy qo’llanishi taxminan -250C dan + 1000C gacha chegaradagi temperatura bilan cheklanardi.
XX asr boshlarida, har xil davlatlarda har xil temperatura shkalalari qo’llanilar edi (TSelьsiy, Farengeyt, Reomyur, termodinamik i vodorod shkalalari) va bu ma’lum qiyinchiliklar tug’dirar edi.
Shuning uchun, 1933 yilda VIII o’lchash bo’yicha General konferentsiyada Xalqaro temperatura shkalasini (XTSH) joriy qilish bo’yicha qaror qabul qildi.
XTSH yuz gradusli termodinamik shkalaning amaliy ifodasi bo’lib, unda normal bosimda muzning erish va suvning qaynash temperaturasi 00C va 1000C deb qabul qilindi. TSelьsiy shkalasidan farqli, xalqaro shkala graduslarini “xalqaro graduslar” yoki “yuz gradusli shkala graduslari” deb atay boshladilar.
XTSH asosiy nuqtalari:
1.Suyuq va gazsimon kislorodning muvozanat temperaturasi -182,970C;
2.Muzning erish temperaturasi - 00C;
3. Suvning qaynash temperaturasi - 100,00C ;
4. Suyuq oltingugurt va uning bug’ining muvozanat temperaturasi - 444,60C;
5. Qattiq va suyuq kumushning muvozanat temperaturasi - 960,50C;
6. Qattiq va suyuq oltinning muvozanat temperaturasi -1063,00C.

2.Temperaturani o’lchash usullari va temperaturani o’lchovchi asboblarning tasnifi. Modda temperaturasi boshqa termometrik modda xususiyatining o’zgarishini nazorat qilish yo’li bilan aniqlanadi.


Temperaturani o’lchashda moddaning Shunday xususiyatlari tanlanadiki, u temperaturaga bog’liq ravishda o’zgarsin. Bu talablarga termometrik moddalarning quyidagi xususiyatlari mos keladi: hajmiy kengayish, berk hajmdagi bosimning o’zgarishi, elektr qarshilikning o’zgarishi, elekr yurituvchi kuchning (E.Yu.K.) paydo bo’lishi va nurlanish intensivligining o’zgarishi


Download 150.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling