Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari
Rahbar faoliyatida muzokara
Download 22.99 Kb.
|
I.AKBAR
Rahbar faoliyatida muzokara. Muzokara olib borish ko‘lami juda keng bo‘lib, bu soha tashkilotdagi ayri ziddiyatli holatni ijobiy yo‘nalishda hal etishdan boshlab, toki sarmoya jalb etishdagi qulay pozisiyani qo‘lga kiritishga va hatto ziddiyatdagi tomonlarni yarashtirish yo‘lida vositachilik vazifasini bajarish maqsadida ham qo‘llaniladi. Shu bois, rahbar muzokara olib borishga oid asosiy qonun va qoidalarni bilishi, ulardan amaliy tarzda foydalana olishi lozim. Muzokara bu, nafaqat biron masala yuzasidan fikr almashish, balki muzokara ishtirokchisi bo‘lmish rahbar orqali uning tashkiloti haqida xulosa chiqarish manbai hamdir. Demak, muzokara olib borish mahoratiga ega rahbar hatto o‘rtame‘yona tashkilotni ham boshqa raqobatdosh tashkilotga nisbatan afzallik tomonini namoyon etish qobiliyatiga ham ega. Ushbu jumlalarni o‘qigan o‘quvchida muzokara bu, yo‘q narsani bor qilib ko‘rsatish mahorati emasmikan, degan fikr tug‘ilishining mutlaqo tarafdori emasmiz. Rahbar o‘z tashkiloti imkoniyatlari, uning kuchli tomonlarini yaxshi tasavvur qila olishi va bu xususiyatlarni yanada ijobiy tarzda taqdim etabilishi lozim. Bu jarayon rahbardan nafaqat o‘ziga, balki, tashkilot xodimlariga ishonchni, kelajakka katta umid bilan qarashni va shaxsning muvaffaqiyatga yo‘nalishini ifodalaydi. Muzokaralar turli sharoit va tomonlar ishtirokida o‘tadi. Bu esa, muzokaraning oson kechmasligini, bu jarayon davomida turli-tuman kutilmagan omillar ta‘siri mavjudligini asoslaydi. Odatda muzokara har qanday murakkab tuzilma singari bir necha asosiy bo‘laklardan iborat: muzokara mazmuni, muloqot, munosabatlar, tadbirlar (qoidalar, muhokama tartibi, protokol). Muzokaraning jarayon sifatida murakkabligi shundaki, ushbu sanab o‘tilgan har bir qism dolzarb ahamiyat kasb etadi va muzokara natijasining hal etishga o‘z ulushini qo‘shadi. Masalan, muzokaraga oldindan tayyorlanish, hamma hujjatlarni batafsil o‘rganib, mulozamat qoidalarini o‘rniga qo‘yib ijro etish mumkin, lekin hamsuhbatimiz milliy xususiyatiga oid ba‘zi jihatlarga e‘tiborsizligimiz butun urinishimizni zoye ketkazishi mumkin. Bu jihatlarni muzokaraning tashqi tomoni, po‘stlog‘i deb atash mumkin. Lekin bu jarayonning ichki tomoni ham borki, unda muzokaraga tayyorlangan tomondan qator vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Bu vazifalara qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: o‘zga tomonda qiziqish uyg‘otish; masala yuzasidan o‘z nuqtai nazarini to‘g‘ri tushuntirishga erishish va shu bilan birga o‘zganing qarashi haqida to‘la-to‘kis tasavvurga ega bo‘lish; o‘zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg‘otish; birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish va o‘zgada mas‘uliyat uyg‘otish. Ushbu vazifalarni amalga oshirish muzokaraning muvaffaqiyatini ta‘minlovchi asosdir. Rahbar vakolatidagi imkoniyatlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, tashkilot rahbari olib boradigan muzokaralar ichki yoki tashqi turlarga bo‘linishi mumkin. Ichki muzokaralar – tashkilot ichidagi muammoga yo‘nalgan bo‘lib, ushbu muzokarani qo‘llash zarurati mazkur sharoitda boshqaruvning odatiy uslublari o‘z kuchini yo‘qotganligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari tashqi muzokara ham mavjud va u o‘z navbatida bir necha darajaga bo‘linishi mumkin: mamlakat doirasidagi sohada, sohalararo va xalqaro muzokaralar. qayd etilgan pog‘onalarga qanchalik yuqori ko‘tarilsak, bunda amalga oshuvchi muzokaraning ahamiyati ham shunchalik oshib boraveradi. Xo‘sh, qanday holda muzokaraga murojaat etiladi va qay sharoitda muzokarasiz ham ish ko‘rish mumkin. Muzokaraga murojaat etish hollari quyidagicha: bir tomonlama harakat natija bermaydi; masalaning yechimi qonun bilan belgilanmagan; masalani sudgacha hal tish samaraliroq bo‘lgan taqdirda va shu kabi nostandart vaziyatlarda. Odatda muzokaralarning tashkiliy, huquqiy, axloqiy tomonlari farqlanadi va ular muzokara shakliga ko‘ra turlicha mazmunga ega. Masalan, xalqaro munosabatlar sohasidagi muzokaralar aniq qayd etilgan qoida va me‘yoriy tomonlariga ega bo‘lsa, xo‘jaliklararo uchrashuvlar doirasidagi ko‘pgina uchrashuvlar tomonlarning qo‘l siqishi orqali ham tasdiqlanib ketaveradi. Lekin muzokara qay darajada amalga oshirilmasin uning natijasi kelishuvdan va ushbu kelishuvni u yoki bu shaklda qayd etishdan iboratdir.
Download 22.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling