Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari
Muzokara olib borish bosqichlari
Download 22.99 Kb.
|
I.AKBAR
3.Muzokara olib borish bosqichlari. Muzokaraning samarali o‘tishi ko‘p jihatdan amalga oshirilgan tayyorgarlik jarayonining puxtaligiga bog‘liq. Bu xususida tadqiqotchi R.I.Mokshanov quyidagi tadbirlarni amalga oshirish dasturini taklif etadi: 1.Muzokara maqsadini aniq ifodalay bilish. 2.Ushbu maqsadga erishishga yordam beruvchi vazifalarni aniqlash (ya‘ni maqsadga erishish yo‘lida qanday qadamlarni bosib o‘tish lozim). 3.Muzokaralarning tashkiliy qismini aniqlashtirish: o‘tkazish muddati o‘tkazish joyi joyni tayyorlash muzokara jarayoni uchun xavflarni bartaraf etish delegasiya tarkibi muzokaralarni moliyalashtirish manbaalari muzokara ishtirokchilariga sarf-rajatlar (kanselyariya anjomlari, video va audio moslamalar mavjudligi, tarnsport, aloqa, oziq-ovqat ta‘minoti, tanaffus va kofe-breyklar) o‘zga tomon delegasiyasini kutib olish va joylashtirish madaniy dam olish dasturini ishlab chiqish sovg‘a-salom va yodgorliklar yakuniy ziyofat delegasiyalarni kuzatish. 4. Muzokara asosidagi manfaatning turli darajalarini bilish. 5. O‘zga tomonning manfaatlarini iloji boricha batafsil tasavvur etish. 6. Muzokaraning quyidagi jihatlari bo‘yicha ma‘lumot to‘plashga erishish: muhokama masalasining tarixi, xozirgi holati va ko‘rsatkichlari; muzokarada ishtirok etuvchi delegasiya vakillari haqida ma‘lumot (yoshi, kasbi, shu sohadagi tajribasi, qiziqishlari, xarakter xislatlari, ularning sheriklari kimlaru, raqiblari kimlar, ular orasida ikkilanuvchilar bormi va x.k.). 7.Iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, psixologik sohalarda maslahatchilarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. 8.Muzokara jarayonining umumiy strategiyasini aniqlash. 9.Vaziyatga qarab qanday harakatni amalga oshirish taktikasini belgilash. 10.Muhokama etilajak muammoning mavjud yechimlarini aniqlab qo‘yish. 11.Agar muzokara uzilsa, qay tarzda maqsadga erishish yo‘lini belgilash. 12.Muzokaralar o‘tayotgani va natija haqidagi ma‘lumotlarni qay tarzda yoritish masalasini o‘ylab qo‘yish (masalan, ommaviy axborot vositalarida). Ko‘rinib turganidek, muzokaraga tayyorlanish bu jarayonni boshidan oxirigacha puxta rejalashtirish demakdir. Muzokarani tadqiq etish sohasidagi ko‘pgina olimlar fikricha, uchrashuv natijasi, maqsadga erishishning asosiy sharti muzokara olib boruvchi shaxsning psixologik jihatlariga kelib taqaladi. Bu jihatlar qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: muzokara oli boruvchining maqsadni aniq bilishi va unga intilishi, ko‘p sohalarda parallel tarzda fikrlashiga qaramay maqsadni ko‘zdan yo‘qotmaslik, qay vaziyatda va vaqtda qancha ma‘lumot berishni bilish, o‘z nufuzi va mavqyeiga oid hissiyotning ijobiyligi, muzokara vaziyatida diqqatni jamlash va bir nechta yo‘nalishga diqqatni jalb etish kabi qator psixologik omillar muzokara olib boruvchi shaxsning o‘ta qiyin vaziyatda to‘g‘ri yo‘l topa olishi uchun asosiy shartlardir. Samarali muzokarani amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri –muzokara guruhidir. Oqilona tashkil etilgan muzokarada kamida uch kishi qatnashishi o‘rinli. Muzokaradagi birinchi shaxs rahbar bo‘lib, suhbat davomida asosiy faoliyatni o‘z qo‘liga oladi. Ikkinchi ishtirokchi esa o‘zga tomon vakillarining psixologik holatini talqin qiladi, ularning manfaatlarini o‘rganadi, ular nimani ta‘kidlashyapti-yu, nimada o‘z so‘zlariga qarshi chiqishayotganini aniqlaydi va x.k. Umuman olganda, kuzatuvchilik vazifasini o‘tayotgan xodimning vazifasi o‘zga tomon vakillarining qanchalik samimiyligi darajasini aniqlashdan iborat. Kuzatuvchi bergan ma‘lumotlar nafaqat o‘zga tomon, balki rahbarning aniq-noaniq harakatlari borasida ham bo‘lishi maqsadga muvofiq, ya‘ni rahbar kuzatuvchidan o‘z xatti-harakati o‘rinliligi yoki asosiy maqsadga zid borayotgani haqida ma‘lumot olib turadi. Guruh rahbari oradagi tanaffusdan foydalanib kuzatuvchidan ma‘lumot oladi va muzokara jarayonini o‘zgartirish yoki takomillashtirish uchun asos yaratadi. Guruhning uchinchi a‘zosi esa muzokara jarayonidagi ahamiyatli qismlarni yozma qayd etadi, protokol olib boradi. Ikki yordamchi bergan ma‘lumot asosida rahbar eng maqbul qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma‘lumki, har qanday muzokara tanishish, kontakt o‘rnatishdan boshlanadi. Muzokara jarayonining boshlanishidayoq o‘rnatilgan hissiy muhit ko‘p jihatdan uning keyingi bosqichlarida o‘z aksini topadi va har bir tomon ushbu muhitni ijobiylashtirishga alohida e‘tibor berishi lozim. Axir, muzokaraning buzilishi ko‘rsatkichlaridan biri ayni shu muhitning sovuqlashuvi bilan ifodalanadi. Muzokara qiyin o‘tayotgan vaziyatdagi asosiy shartlardan biri – keyingi uchrashuv uchun ham «oq yo‘l» qoldirishdir. hatto o‘ylangan natijaga erishilmagan taqdirda ham, bizdan keyingi delegasiya muzokara olib borishi uchun imkoniyat qoldirishimiz zarur. Muzokarlarni ta‘minlovchi muhit haqida o‘ylar ekanmiz, o‘zga tomon vakillariga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida iloji boricha to‘la ma‘lumotga ega bo‘lish lozim. Ma‘lumki, turli millat yoki jins, yoki yosh vakillari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu xususiyatlarni muzokara oldidan bir bor qayd etish suhbatni ko‘zlangan maromda olib borish imkonini beradi. hozirga kelib, xalqaro munosabatlar mavzusiga tegishli adabiyotlarda turli xalqlarga xos bo‘lgan milliy psixologik xususiyatlar haqida ko‘plab ma‘lumotlar yozilgan. Bunday manbaalar bilan tanishish, yoki o‘zga guruhga oid yosh, jins, kasb mavzusidagi psixologik bilimlarni qayd etish muzokara boshlanishi chog‘idayok ijobiy muhitni yaratishga katta ko‘mak bo‘ladi. Uchrashuv natijalari ko‘pincha suhbat olib borish uslubiga va muzokaralar qurishning metodologik asosiga bog‘liq. Psixologik nuqtai nazardan, anchagina malakali tartibda o‘tadigan muzokara turi «maqsadga yo‘nalgan muzokara» deb, ataladi. Bunday muzokaraning asosiy mohiyati –ob‘yektiv me‘yorlarga asoslangan qaror topish maqsadida suhbat uchun maqbul sosial-psixologik sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Bunda, ob‘yektiv me‘yorlar sifatida yo‘riqnomalar, huquqiy qonunlar va imzolangan shartnomalar ishtirok etadi. Muzokara olib borishning bu turi ish mohiyatiga qat‘iy yondoshish va uchrashuv ishtirokchilariga nisbatan esa iltifotli munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Maqsadga yo‘nalgan muzokaralar qo‘yilgan maqsadlarga erishish va shu bilan birga insoniy munosabatlarni saqlab qolish imkonini beradi. Maqsadga yo‘nalgan muzokaradagi asosiy tamoyillardan biri –tomonlarning muammoga qarashi, masalaga bo‘lgan munosabati yuzasidan baxs olib borilmaydi, balki tomonlarning muammoda ifodalangan manfaatini aniqlash va uni qondirish yo‘l-yo‘rig‘ini izlashdan iboratdir. Muzokara jarayonida asosiy diqqat-e‘tibor nizodagi tomonlar pozisiyasiga emas, balki bahs predmetiga qaratiladi. Bahs predmeti, uni hal etish asosiy va yagona masaladir. Muzokara uch natijaga erishilganda muvaffaqiyatli deb hisoblanishi mumkin: 1) oqilona kelishuv; 2) vaqtni tejash; 3) tomonlar o‘rtasidagi munosabatning yaxshilanishi (hyech bo‘lmaganda yomonlashmasligi). Download 22.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling