My first styled page


Download 282.5 Kb.
bet1/4
Sana21.01.2023
Hajmi282.5 Kb.
#1107449
  1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy ish (2)


2-amaliy ish
Mavzu: CSS da selektorlar. CSS xususiyatlari. CSS3 da effektlar, transformatsiya, animatsiya.
Ishdan maqsad: HTMLda Web -Sahifalari uchun CSS stillar faylini yaratish ko’nikmasini hosil qilish.
NAZARIY QISM
CSS - Stillarning kaskad jadvallari (Cascading Style Sheet) hisoblanadi. Stil – hujjatdagi u yoki bu elementning tashqi ko’rinishini belgilovchi qoidadir. Sarlavhalar, ro’yxatlar, abzaslarning ko’rinishini tayin shrift, uning rangi, shakli(qalinmi? ko’rsivmi? tegiga chizilganmi?) matn qismlarining o’zaro joylashishi va boshqa hususiyatlarni ko’rsatib stilni belgilash, unga nom berish va bu stilni matnning turli bo’laklariga qo’llash mumkin. Keyinchalik stilning yoqmagan hususiyatlarini o’zgartirish mumkin, bu holat darxol matnda aks etadi.
CSSning asosiy funksiyalari:

  • satrlar, sœzlar va alohida matn belgilari orasidagi masofani o’zgartirish;

  • element(HTML konteyneridagi matn bo’lagi)ning chap, o’ng, yuqori va quyi maydonlarini belgilash;

  • elementning chap chegaradan qochish kattaligini belgilash;

  • o’lchami o’zgarishi, shrift element atributlari stillari va b;

  • element atrofida hoshiya chiziq o’rnatish;

  • elementda fon tasvir va fon rangini belgilash.

Web-sahifalar elementlari teg bo’lganligi sababli CSS texnologiyasi yordamida teglar uchun stil yaratish mumkin. Ya’ni stil jadvallarida web-sahifaning brauzer darchasidagi ko’rinishini aniqlash mumkin.
W3C standartida «1 va 2 bosqich stillarining kaskad jadvallari» (cascading style sheets level 1, 2, CSSI, CSS2) degan atamalar ishlatiladi.
Stil jadvallarining ustunliklari:

  1. Stil jadvallari sahifaning mantiqiy tuzilmasini vizual ko’rinishidan ajratish imkonini beradi, axir HTML tili hujjat tuzilmasini belgilash uchun yaratilgan-ku!

  2. Yaratilgan stillar jadvali saytning barcha sahifalariga qo’llanishi va butun sayt bo’yicha ko’rinish birligi ta’minlanadi.

  3. Agar sayt bitta stil asosida yaratilgan bo’lsa, u xolda stillar jadvaliga kiritilgan har bir o’zgarish barcha sahifalarda shunga mos o’zgarishlar yuzaga keltiradi, ya’ni sahifama-sahifa yurib o’zgartirish amalga oshirilmaydi, avtomat ravishda butun saytga qo’llanadi. Bu yo’l bilan CSS sahifaning ekrandagi tashqi ko’rinishini tez va qulay o’zgartirish imkonini beradi.

  4. Stillar jadvallari web-masterlarga sahifani bezatish va tashkil etish uchun, HTML tili vositalaridan farqli o’laroq, keng imkoniyatlar yaratadi. Lekin stillar jadvalining ba’zi elementlari brauzerlar tomonidan qabul qilinmasligi mumkin, shuning uchun ulardan foydalanishdan oldin turli brauzerlarga qo’llab tekshirib ko’rish kerak.


Download 282.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling