N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik. Maxkamov Q
Marosim va bayramlar:
a) dindorlami hamkorlik ruhida tarbiyalaydi; b) dindorlar orasida tartib-mtizomni mustahkaralaydi; v) dindorlaming vaqti, moddiy harakat-larini talab qiladi; g) dindorlar iymon va e ’tiqodini kuchaytiradi; d) ular milliy va baynalminal madaniyatning bir qismiga aylanib, umummsoniy qadriyatlami kuchaytiradi. Bu xususiyatlarning barchasi xristianlik marosim va bayramlarida ham to ’la amal qiladi. Xristianlik marosimlari asrlar mobaynida asta-sekin shakllanib borgan, ular quyidagilardir: cho’qintirish, prichashchenie (non va vino iste’mol qilish), miropomazanie (cherkovlarda chaqaloqni cho’qintirgandan keyin xushbo’y moy surkash), elosvyashchenie (soborga olib kelish), nikoh (gulcham-bar kiydirish, nikoh uzugi taqish kabilar), tavba qilish (gunohlariga pushaymon bo’lish), ruhoniylikka qabul qilish, Pasxa, rojdestvo Xristovo, troitsa bayramlari. Xristianlik marosimlarini tainstvolar deb ataladi. Bu marosim va bayramlar barcha xristian y o ’nalishlarida mavjud, faqat ulami shakli va vaqti turlicha xolos. Cho’qintirish marosimi xristian dinining eng muhim va asosiy marosimidir. Bu marosim cherkovda o ’tkaziladi. Marosiming asosiy mohiyati tug’ma gunohdan bolani xalos qilish, uni xristianlikka dohil qilish, unga xristiancha ism qo’yish, uni cherkov qavmiga, ya’ni aholi ro’yxatiga yozib qo’yishdir. Marosim o ’tkazish uchun yangi tug’ilgan bolani cherkovga olib kelishadi. Bu erda ruhoniy uning yuziga qarata uch marta kuf-suflaydi, dajjollarga qarshi afsun o ’qiydi. Shaytondan yuz o ’girishga, uni puflashga va unga tuflatishga chaqiradi. Bu ishlaming hammasini chaqaloq nomidan cho’qintirayotgan erkak yoki ayol, ya’ni chaqaloqni «cho’qintirayotgan otasi yoki onasi» bajo keltiradi. Shundan keyin pop chaqaloqni uch marta suvga botirib oladi, chaqaloqqa zaytun yog’i surtaydi, uning boshidan bir tutam sochini kesadi va bolaga ism qo’yib 58 beradi. Rivoyatga ko ’ra Iso payg’ambami Iordan daryosida avliyo Ioann C ho’qintiruvchi cho’qintirgan. Cho’qintirish marosimi qadimgi Hindiston, Rim, Misr, Kichik osiyo va bosbqa davlatlar hududlarida yashagan xalqlar orasida ham mavjud bo ’lgan. Xristianlikda cho’qintirish marosimi yangi eraning 1- asri oxirlarida paydo bo ’lgan. Bi-rinchi xristian jahon soborining (4-asr) qaroriga muvo-fiq, bu marosim har bir xristian uchun majburiy deb topilgan va “e’tiqod simvoli”ga kiritilgan. Shu vaqtdan boshlab “cho’qin-tirilgan” so’zi “xristian” degan so’z bilan teng m a’no kasb etgan. Xristianlar boshqa dindagi hamma kishilami “cho’qin-maganlar” deb atay boshlaganlar. Nikoh marosimi ham cherkovda o ’tkaziladi. Bu marosim oila qurish marosimidir. Cherkovda o ’tkazilgan nikoh xristian oilasining qonuniy asosi hisoblanadi. Nikoh paytida pop kelin-kuyovga oq fotiha beradi, ulam i qo’sha qarib, uvali-juvali b o ’lishini xudodan tilaydi, kelin- kuyovga shohona jig ’a taqadi, ularga yonib turgan shamni ushlab turishni buyuradi. Ularning yuzlariga krest bilan soya soladi, isiriq- buxur tutatadi (yoki isiriqqa o ’xshash xushbo’y hid tutuni soladi). Kelin bilan kuyov bir-birlarining barmoq-lariga nikoh uzugi taqishadi, pop ulami bir-biriga vafodor, g ’amxo’r, ittifoq b o ’lib yashab, turmush kechirishga da’vat qiladi. Oilani buzish, ajralish ham cherkov ruxsati bilangina bo’ladi. Tavba qilish marosimi ham cherkovda bo ’ladi. Tavba qilishda gunoh qilib qo’ygan har bir xristian o ’z gunohidan pushaymon bo’ladi. U gunohini kechirishni xudodan so’rab berishni popdan iltimos qiladi. Tavba qiladigan shaxs popga hech bir guvohsiz, u bilan yuzma-yuz, tiz cho’kkan holda o ’zining hamma gunohlarini batafsil so’zlab beradi. Prichashchenie marosimi xristian dinining asosiy marosimlaridan bin hisoblanadi. Bu marosimni go’yoki Isoning o ’zi tayin qilgan emish. Prichashchenie marosimidagi asosiy mazmun shuki, non bilan vinoni sirli ravishda dindorlar birgalikda iste’mol qiladi, bunda nonni Isoning go’shti, vinoni esa uning qoni deb tasa w u r qilinadi. Isoga yanada yaqinlashish uchun, u bilan bir tan, bir jon b o ’lib ketish uchun shu marosim o ’tkaziladi. M ashhur ruhoniy va faylasuf olim o ’rta asrlarda 59 yashagan Foma Akvinskiy, Prichashchenie-ning har bir zarrasida Iso bordir, deb ta’limot beradi. Xristianlikning prichashchenie marosimi qadimgi zamon-lardagi totemizm dinidagi totem-hayvonni qurbon qilib, uning «muqaddas» qoni va go’shtini iste’mol qilish marosi-mining yangi shaklidan boshqa narsa emas. Xristianlikda yana dafn marosimi, butlarga, xochlarga, avliyolar jasadiga, muqaddas joylarga, ayrim ikonalarga sig’inish marosim- odatlari ham bor. Xristianlik bayramlari, ya’ni eng muhim diniy voqea va hodisalar bilan bog’liq bo’lgan alohida kunlar, barcha xristianlar uchun bayram tantanalari mavjud. Cherkovlar bayramlarga jiddiy va katta e’tibor berib kelayotir. Iso payg’ambar tug’ilgan kuni (rojdestvo) bayrami cherkov hayoti va dindorlarning turmushida ko’zga ko ’rinarli o ’rinda turadigan, millionlab kishilaming tantanali bayramlaridan hisoblanadi. Cherkov ta ’limotiga k o ’ra bu bayramni xudo Iso sharafiga bag’ishlab bayram qilishni tavsiya etgan. Katolik ruhoniysi va olimi Dionisiy kichkinaning m o’ljaliga k o ’ra Rim shahriga asos solinganiga eramizdan aw alg i 754- yildan boshlangan. Iso tug’ilgan kunni misrliklar 6 yanvarda nishonlaganlar. Rojdestvo bayrami oldidan dindorlar uylaridagi barcha narsalarni yuvadilar, pollarini artib chiqadilar, ustki kiyimlarni qoqadilar, hammomda cho’miladilar, toza kiyimlarni kiyadilar. Italiyada rojdestvo kuni uylaridan eski kiyimlarni, narsalarni, buyumlami ko ’chaga irg’itib yuboradilar, shu qutlug’ bayramda hatto urushlar to ’xtatilgan. Ayrim arazlashib yurgan kishilar yarashganlar, Pasxa bayrami xristianlarda ayniqsa katta tantana bilan o ’tadigan bayramdir. Pasxadan oldin ehtirosli hafta deb atalgan hafta keladi, bu hafta davomida dindorlar ro’za tutadilar, zo’r berib ibodat qiladilar. Bu hafta oxiri xudoga ehtirosli, mungli murojaat ohangida ibodat qilish bilan yakunlanadi. Undan keyin pasxa bayrami boshlanadi. Quvonchli hafta deb atalgan bu hafta davomida bayram kun-lari ruhoniylar va cheikov uchun “ish” kunlari bo ’lib, ular dindorlarga haloskorlik g ’oyalarini, pasxa bayrami qanday kelib chiqqanligini tushuntirib beradilar. Ular pasxa va ehtirosli hafta insonning mashaqqat chekkanligi. 60 o ’limi va qayta tirilishini xotirlash uchun belgilangan deb hisoblaydi-lar. Qadimgi o ’lib tirilishga, o ’ladigan tanayu, o ’lmaydigan jon (ruh) ga ishonish to ’g ’risidagi apima-animizm dinini ta’siri va shu din asosida paydo b o ’lgan. Bir butun din b o ’lgan xristianlik turli tarixiy shart-sharoitlar, bu dinning mahalliy hukmdorlar manfaatlariga, quldorlik, feodalizm va kapitalizm tuzumlari sharoitiga moslashtirishga qilingan harakatlar tufayli turli yo’nalish-laru sektalarga bo’linib ketgan. Ichki inqiroz va tashqi hujumlar natijasida (german qabilalari) Rim imperiyasi 3-4 asrlarda G ’arbiy va Sharqiy qismlarining ajralib ketishiga olib keldi. Rim imperiyasining G ’arbiy qismida mayda mustaqil davlatlar paydo b o ’ldi. Ulardagi siyosiy hokimiyatga nisbatan cherkovlar hukmronligi ustunroq bo ’lib, ulam ing Rim shahrida joylashgan bosh cherkovga tobe’ligi saqlanib qoldi. Lekin Sharqiy viloyatlar Vizantiya imperiya-si tizimida yagona davlat b o ’lib, davlat siyosiy hokimiyatiga bo’ysinardi. 1054 yilda Vizantiya hududidagi cherkovlar Rim markaziy cherkovidan ajralib ketdi. Shu tariqa xristianlik ikki yo’nalishga • katoliklar va pravoslavie yo ’nalishlariga bo ’lindi. 16-asrda burjua sinfi va kapitalizm tuzumi manfaatlariga mos keladigan yana bir yangi yo’nalish - protestantizm vujudga keldi. Bulardan tashqari ana shu yo’nalishlar ichida xristian uyushmalari, jamoalari, ya’ni sektalari ham paydo b o ’ldi. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling