N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet47/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

O‘tkir parodontit. O‘tkir parodontit kamdan-kam hollarda kuza­tiladi. Xastalik chegaralangan bo‘lib ko‘pincha bitta tish atrofida ku­zatiladi. Mexanik ta’sirlanish, masalan sun’iy qoplama, plomba, olina-

24-rasm. Parodont to‘qimalarining kasallik bosqichlaridagi ko‘rininshi:
1 - tish karashi; 2 - tishning qattiq karashlari; 3 - milk epiteliysi;
4 - alveola o‘sig‘i.



25-rasm. Parodontit.

digan protez o‘tkir parodontitni keltirib chiqaruvchi sabablardir. Bemor milkning ushbu sohasida doimiy pulslanuvchi og‘riqdan, qichishish- dan, qonashidan shikoyat qiladi.
Ko‘rik o‘tkazilganda milkning giperemiyasi, milk so‘rg‘ichining shishganligi, klinik cho‘ntak borligi, zondlanganda qonashi va sabab- chi faktorlar aniqlanadi (25-rasm). Klinik cho‘ntakning chuqurligi har xil bo‘lishi mumkin.
Surunkali parodontit. Surunkali parodontitning yengil formasi- da bemor shikoyat qilmaydi, ayrim hollarda milk sohasida noxush sezgilar, qonashidan shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milkning giperemiyasi, shishganligi, milk so‘rg‘ichlarining kattalashganligi, 3-4 mm li parodontal cho‘ntakning hosil bo‘lganligi, milk usti va milk osti toshlari borligi aniqlanadi. Rentgenogrammada tishlararo to‘siqcha suyak plastinkasida o‘zgarish borligi kuzatiladi.
Parodontitning o‘rtacha og‘irlikda kechishida milk tishlarni toza- lashda qonaydi, vaqti-vaqti bilan chaynash mobaynida og‘riq paydo bo‘ladi, ayrim tishlar qimirlaydi va siljiydi, og‘izdan noxush hid keladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milk cheti shilliq pardasi yallig‘l anganligi, shish- gani, milk so‘rg‘ichlarining kattalashganligi, ayrim tishlarning bo‘yin qismlari ochilib qolganligini ko‘rish mumkin. Parodontal cho‘ntakning chuqurligi 5 mm gacha bo‘lib zondlanganda qonaydi.
Rentgenogrammada tishlararo to‘siqcha milk plastinkasining tish ildizining 1/3 dan 1/2 gacha yemirilganligini kuzatish mumkin.
Parodontitning og‘ir kechishida bemor ovqat luqmasini chaynash vaqtida og‘riq va qonash paydo bo‘lganligi uchun chaynashda qiynala- yotganligidan, tishlarining qimirlashi, og‘zidan noxush hid kelishidan shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milk shilliq pardasining gipe- remiyasi, shishganligi, chuqur parodontal cho‘ntak borligi, tishlarni II­III darajali qimirlashi, tishlarning bo‘yin va ildiz qismlarining ochilib qolganligi kuzatiladi. Milk cheti bosilganda yiringli ekssudat ajralib chiqadi. Rentgenogrammada - tishlararo to‘siqcha suyak plastinkasi- ning ildiz uzunligining 1/2 dan 2/3 gacha yemirilganligi kuzatiladi. Parodontitning ushbu formasida milk usti va milk osti toshlari ko‘p bo‘ladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling