N atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
xrpt xhtt5d2f0c7kreri38tx3palx5j3har5hancefhdheozi78b5ryv9y9vsim1i5ur69t0d3dl7sa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mualliflar mazkur «Umumiy pedagogika» o‘quv qo‘llanma- sining I kitobi bo‘yicha bildirilgan barcha tanqidiy mulohaza va
haqida maktublar» asarida Sho‘rolar tuzumining «… jiddiy xatolari
bor, bir kun kelib, u bir baxtsizlikka sabab bo‘ladi. Bu shunday 5
solingan inson mohiyati barqaror bo‘lmaydi. Insonning aqli biqiq muhit ichra bandi etilsa, borib-borib zavol topadi yoki odam bolasi muruvvatli qo‘g‘irchog‘dek bo‘lib qoladi» 1 , deb yozgan edi. Oradan vaqt ko‘p o‘tmay, buyuk hind mutafakkirining sotsializm barpo bo‘lishi ham, barbod bo‘lishi ham, ayni shu narsaga, ya’ni shaxsning ta’lim- tarbiyasi bir andozaga solinib, qo‘g‘irchoqqa aylantirilishiga borib taqalishi to‘g‘risidagi yuqoridagi fikrlari o‘z tasdig‘ini topdi. Eng avvalo, milliy pedagogika tarixi fani rivojlanishiga yana bir ishonchli dalil shundaki, u avtoritarizmdan, ya’ni bir xillikdan, yuqoridan ko‘rsatma berilishidan qutulganligidir. Hozirgi kunda respublika oliy o‘quv yurtlari o‘ndan ziyod o‘quv rejasi asosida ish olib borayotganligi, gimnaziya, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning keng joriy qilinishi: integratsion ta’limning yo‘lga qo‘yilganligi va h.k., pedagogika tarixi fani, nazariyasi va amaliyotida demokratik jarayonlarning amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi. Huquqiy egalik nuqtayi nazaridan ham xilma-xil nodavlat o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etilib, ularda mutlaqo zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanilayotganligi milliy pedagogika tarixi sog‘lomlashganligi nishonasidir. Yangi pedagogik tafakkurning o‘ziga xos tomoni–uning to‘la-to‘kis milliy asoslarga tayana boshlaganidir. Milliy pedagogikaning sifatlaridan yana biri uning insonparvarlashganligidir. Yaqin o‘tmishda ta’lim-tarbiya tizimlari uchun ham, pedagogika uchun ham talabaning o‘zi emas, balki u egallaydigan bilim muhim sanalardi. Ta’lim-tarbiyaning insonparvarlashuvi, barcha pedagogik qarashlar markazida tarbiyalanuvchining shaxs-sifatida shakllanishini, talaba va o‘qituvchi, tarbiyachi-tarbiyalanuvchi munosabatlarining tubdan o‘zgarishini, jamiyatning insonlar hayoti va sog‘lig‘i, ularning huquqlari, milliy va jahon ta’lim tizimi tajribalari asosida shaxs taraqqiyoti, umuminsoniy qadriyatlar, ta’lim olish va o‘quv muassasasining turini erkin ravishda tanlash, alohida o‘z imkoniyatlari va qobiliyatiga asosan xo‘jalik yuritish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish mustaqilligi va tashabbusiga, malaka va ko‘nikmasiga ega bo‘lishni taqozo etadi.
1 Qarang: M.Mullajonov. Yangicha tafakkur va milliy pedagogikaning shakllanishi. // Iqtisodiyot va ta’lim, 2000-yil 1-son, 41-bet. 6 Shu boisdan talabalarni pedagogik merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash milliy pedagogikaning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib qoldi. Zero, ta’lim-tarbiya jarayonida har bir talaba shaxsining o‘zi ta’lim olish yoki tarbiyalanishga intiladigan ruhiy holat yaratilishi muhimdir. Milliy pedagogika tarixining bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biri–respublikada yashovchi turli millat va ellatlarning orzu-istaklariga monand ta’lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini pedagogik merosimiz va milliy qadriyatlar asosida to‘g‘ri hal etib, berishdan iboratdir. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni isbotlaydiki, jamiyat a’zolarining ta’lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ijtimoiy-iqtisodiy rivoji ham, inson ma’naviy-madaniy taraqqiyotining rivoji ham, uning ko‘p tillik, ko‘p millatlilik, tolerantlik, ya’ni bag‘rikengligi ham shunchalar yuqori bo‘ladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o‘zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish zarur. Bunday murakkab ijtimoiy pedagogik-psixologik vazifani hal etishda boshqa fanlar qatori ilmiy-nazariy va amaliy asosga qurilgan umumiy pedagogika fanining tutgan o‘rni yuqoridir. Oliy o‘quv yurtlarida «Umumiy pedagogika» fanining o‘qitilishi talabalarni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi, kasbiy bilim qobiliyatlarini shakllantiradi. Ularning ilmiy dunyoqarashlarini tarkib toptiradi. Shuningdek, talabalarda axloqiy, estetik, aqliy fazilatlarni shakllantirish bilan birga ularda tejamkorlik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tavakkalchilik kabi oliy sifatlarni rivojlantiradi. Tarbiya vositasida shaxsda insonlarga xos bo‘lgan ko‘nikmalar shakllanadi, uning hali o‘rganilmagan tomonlari, qiziqishlari aniqlanib rivojlantiriladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, oliy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassisliklarda «Umumiy pedagogika» fanining o‘qitilishi talabalarda o‘z fanlariga bo‘lgan qiziqishni yanada orttiradi. Ularning fanlarni chuqur o‘zlashtirish, o‘tilayotgan mavzularning mazmun mohiyatini ongli tushunishga xizmat qiladi. Talabalar «Umumiy pedagogika» fanini o‘zlashtirish davomida o‘quv jarayoniga umuman boshqacha mas’uliyat bilan yondashdilar, talaba va o‘qituvchi muloqotlarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Hozir o‘qituvchilarning talabalarga o‘z ustunligini namoyish qilish va shu asosda talabalar ustidan o‘z hukmini o‘tkazish illatlariga chek qo‘yilmoqda. Talabalar o‘z haq-huquqlari, o‘qituvchi-talaba munosabatidagi o‘z o‘rinlarini anglab bormoqdalar. Muhimi shuki, iqtisodiy fanlarni o‘zlashtirish 7 ko‘rsatkichlari avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada ko‘tarildi. O‘qish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash quyidagi natijalarni beradi: – o‘qitishning ilmiyligi oshadi. Bilim berishda ilmiylikka erishish uchun avvalo o‘qitish jarayonida fan-texnikaning so‘nggi yutuq va kashfiyotlaridan foydalanish, o‘quv fanlari ilm-fan asosida yaratilishi, talabalarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishi lozim. Bu talabalarda turli fan-texnika yangiliklariga obyektiv tarzda yondashish ko‘nikmasini shakllantiradi. Talaba ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning fikrlash qobiliyati o‘sib, rivojlanib boradi; – talabalarda ijodkorlikni shakllantirish. Ijodkorlik deganda biz qandaydir bir buyum yoki badiiy asarning yaratilishi emas, balki har bir vazifaga o‘z nuqtayi nazari bo‘yicha yondashishi, bir muammo ustida mustaqil fikr yurita olishi, o‘qish jarayonida orttirgan barcha bilimlarini hayotda kechayotgan hodisalarga bog‘lay olishi va ularni tahlil qila olishi, o‘rganilayotgan soha bo‘yicha o‘zining yangi qarashlarini ifodalashini tushunishimiz lozim. Talabalarda, ayniqsa, o‘z fikrlarini yozma tarzda ifodalay olish qobiliyatini rivojlantirishga ahamiyat qaratishi zarur. Chunki, shu orqali talabalar o‘z bilimlarini to‘laroq, mazmunliroq ifodalaydilar; – o‘qish jarayonida talabalarda mustaqillikni tarbiyalash. Talabalar darsda o‘tilgan mavzu bilan cheklanib qolmasliklari zarur. Ular mavzu yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar izlashlari, ularni o‘zlashtirishlari, o‘tilgan mavzu amaliyotda qanday natija berishini ham sinab ko‘rishlari lozim. Masalan, narx o‘zgarishining aholini sotib olish qobiliyatiga ta’siri. Hozirgi bozor sharoitda talabalar, ma’lumotlarni tez qayta ishlay olishlari lozim. Buning uchun talabalarning bilimlari keng qamrovli bo‘lishi, ularni chuqur anglashlariga yordam berishi, shuningdek, talaba mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Yuqoridagi qobiliyatlarga ega bo‘lgan talabalar nafaqat o‘z mutaxassislik fanlari, balki boshqa fanlarni o‘zlashtirishda ham muvaffaqiyatga erishadilar. Talabalar umumpedagogik bilimlarni o‘zlashtirar ekanlar, uning muhim belgi va qoidalarini ajrata bilishlari kerak. Ularga bilimlarning mohiyatini ocha olish ko‘nikmasini o‘rgatish lozim, chunki o‘tilgan mavzular, qoidalar va ta’riflar shundagina esda qoladi va yaxshi o‘zlashtiriladi. O‘qituvchi talabalarda bu ko‘nikmalarni shakllantirish va yuzaga chiqarish maqsadida o‘qitish jarayonida keng qo‘llaniladigan 8 ta’limning muammoli texnologiya usullaridan foydalanishi mumkin. Bunda o‘qituvchi muammoli vaziyatni yaratadi, talabalarda muammoni echishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, ular oldiga izchil savollar qo‘yadi, ayniqsa, zamonaviy bilimlarni berishda bu usul qo‘l keladi. Vaziyatni yaratishda va uni yechishda talabalarda xotirani mustah- kamlash va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida turli misollar, chizma, grafik va jadvallardan foydalanish mumkin. O‘qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat’iy bayon etilsa, talabaning fikr yuritishi ham shunchalik aniq va to‘g‘ri bo‘ladi, o‘quv materiallarini to‘la, ongli o‘zlashtirish darajasi oshadi. Talabalar o‘qish jarayonida faqat nazariy bilimlarnigina o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasliklari zarur. Ular nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lab olib borishlari lozim. Ta’limdagi yutuqlar nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangandir. Talabalar o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olsalar, amaliyotda ulardan foydalana olsalar, shundagina ular o‘z kasbining chinakam mutaxassislari bo‘la oladilar. Talabalar amaliyotdagi hodisalarni kuzatish va o‘rganish orqali qo‘shimcha bilimlarga ham ega bo‘lib boradilar. Orttirilgan bilimlarini nazariy bilimlar bilan uyg‘unlashtirib, yagona umumlashgan xulosaga keladilar. Natijada, ularda voqea va hodisalar mohiyatini anglash ko‘nikmasi shakllanadi. 1
vazifalaridan yana biri talaba-yoshlarda milliy g‘oya va milliy mafkura haqida tassavurlarni shakllantirishdir. Biz insonparvar demokratik huquqiy davlat asosida erkin va farovon fuqarolik jamiyatini barpo qilar ekanmiz, avvalo shuni anglashimiz kerakki, bu maqsadlarga talaba- yoshlarimiz faqat o‘zligini anglash orqali erisha olishi tabiiy. Zero, talaba-yoshlarimiz milliy g‘oya va milliy mafkura haqida aniq va chuqur tushunchaga ega bo‘lsagina, o‘zligini anglashi haqiqatdir. «Umimiy pedagogika» asoslarini o‘rganish davomida talaba- yoshlar milliy g‘oya, milliy mafkura, milliy tuyg‘u kabi tushunchalar- ning mazmun mohiyatini anglaydilar, vatanparvarlik va insonparvarlik hissi bilan to‘yinib, turli yot g‘oya va mafkuralarga qarshi o‘zlarida immunitetni shakllantiradilar. Ana shundan kelib chiqib ham aytishimiz mumkinki, bakalavr va magistrantlar tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlarida «Umumiy pedagogika» fanining o‘qitilishi hozirgi paytda, zamon talabi va ehtiyojiga aylandi. Chunki, bizning maqsadimiz
1 A.Ayubjonov. Iqtisodchi kadrlarni tayyorlashda pedagogika fanining o‘rni. //Iqtisodiyot va ta’lim, 2002-yil 3-son, 126–129-betlar. 9 yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishgina emas, balki komil insonlarni va zamonaviy yuksak malakali mutaxassis kadrlarni tarbiyalashdir. Ta’kidlash joizki, zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri–yuksak malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan holda biznes va boshqaruvda jamoaning mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning, shuningdek, tadbirkorlikning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsatishdir. Bu o‘rinda inson shaxs fe’l-atvori, xarakteri va ruhiyati bilan bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganuvchi «Umumiy pedagogika» va «Umumiy psixologiya» fanlarining o‘rni va roli benihoyat kattadir. Chunki shaxs o‘z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, e’tiqodi, xarakteri, temperamenti, muomala va muloqoti xususiyatlarini bilib, uni to‘g‘ri yo‘naltira olsa, o‘zi va o‘zgalar ruhiyatiga befarq bo‘lmaslikka, o‘z layoqatini o‘stirishning elementar vositalaridan boxabar bo‘lishga yordam beradi. Buning uchun har bir shaxs «Umumiy pedagogika» va «Umumiy psixologiya» fanlari asoslaridan xabardor bo‘lishi kerak, albatta. Shundagina o‘z-o‘zini va o‘zgalarni anglashi, turli vaziyatlar va guruhlarda muomala qilishi, erkin va mustaqil fikrlash qonuniyatlarini bilishi orqali biznes va boshqaruvda katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin. Mualliflar mazkur «Umumiy pedagogika» o‘quv qo‘llanma- sining I kitobi bo‘yicha bildirilgan barcha tanqidiy mulohaza va takliflarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/615 saytida. Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/615 сайтида. Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/615 Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling