N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

13- bob 
O‘TA BALAND BINOLARNI BARPO ETISH 
13.1. Umumiy qoidalar 
O‘ta baland binolar (17 qavatdan baland) ko‘p xolatlarda ixcham, rejada 
o‘lchamlari katta bo‘lmagan, ko‘p seksiyali bo‘ladi. Bu turdagi binolarni, bino 
yoniga o‘rnatiladigan, yuradigan va o‘zini-o‘zi ko‘taradigan minorali kranlardan 
foydalanib o‘stirish usuli bilan barpo etiladi.
O‘ta baland binolarning konstruktiv asosi po‘latli, temir betonli yoki 
bikirlik yadrosi yoki tekis diafragmali bog‘lamalarga ega aralash karkas bo‘ladi.
Bino karkasi temirbetonli yoki metalli bo‘lib, ammo betonlangan bo‘lsa, 
keyingi yarusni montaji pastki yarusdagi ustunlar tutashuv joylari berkitilgandan 
va tutashuv joyidagi beton markadagi 70% mustaxkamlikka erishgandan keyingina
mumkin.
Ko‘pchilik o‘ta baland binolarda binoning tutashib turadigan qismlaridan 
gorizontal yuklarni qabul qiluvchi va butun binoni montaj va foydalanish 


20 
jarayonida turg‘unligini va fazoviy bikirligini ta’minlovchi bikirlik yadrosi 
bo‘ladi. Ba’zi binolarda avval bikirlik yadrosi montaj qilinadi, misol uchun loyixa 
belgisigacha lift shaxtasi montaj qilinadi, so‘ng binoning qolgan konstruktiv 
elementlari barpo etiladi (13.1-rasm).
13.1 -rasm. O‘ta baland binolarning sxemalari: 
a – po‘latli bikirlik yadrosi bilan ; b – temir betonli karkas bilan; 1 – bikirlik yadrosi;
2 – karkasni montaj qilingan qismi; 3 – karkasni montaj qilinadigan qismi.
Ko‘p xolatda bikirlik yadrosi monolit konstruksiyada bajariladi , odatda 
bikirlik yadrosini betonlash karkas montajidan 1...2 yarus ilgarilab bajariladi. 
Karkasni, bino yadrosi bilan ishonchli birlashishi uchun, bikirlik yadrosida 
shtrablar, bo‘shliqlar armatura sterjenlari bilan va karkas to‘sinlarini payvand yoki 
boltli birikmalar yordamida mahkamlash uchun qoldirib ketilishi kerak. Bu
sermehnatli, ammo monolit yadro karkasni o‘rnatilgan qismidan birdaniga
gorizontal yuklarni qabul qila olish kafolatini beradi.
Konstruktiv o‘ziga xosligi va texnologik shartlari bo‘yicha bikirlik 
yadrosini betonlash karkas montajidan orqada qolishi mumkin. Bu orqada qolish 
ruxsat etiladi, qachonki montaj qilingan konstruksiyalar shu zaxoti payvandlansa 
va betonlansa, va shu bilan tutashgan joylardagi beton qorishmasini


21 
mustaxkamligini 70% erishishi ta’minlanadi. Montajni bikirlik yadrosini 
betonlashdan ilgarilab ketishi 8 qavatdan oshmasligi kerak, bunda asosiy shart 
karkas vaqtincha vertikal va qiya bog‘lagichlar bilan maxkamlangan bo‘lishi 
kerak.
Odatda qavatlararo yopmalar yirik panelli elementlardan, ayrim hollarda 
yig‘ma-monolit variantlarda bajarilishi mumkin. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling