O’rnatilgan tizimlarda Fon-Neyman modelidan foydalanish O’rnatilgan tizim doskasi
Download 453.35 Kb.
|
4Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sxematexnik diagrammalar
- Bog’lanish diagrammalari
- Vaqtga bog’liq diagrammalar
O’rnatilgan tizimlarda Fon-Neyman modelidan foydalanish O’rnatilgan tizim doskasi – bu (ingliz tilida: Embedded Systems Board) yaratilayotgan tizim uchun qurilmalar va ularning sxemtexnikasi, bog’liqligi tashkil qilingan plata hisoblanadi. Bunda barcha qurilmalarning fizik va mantiqiy bog’liqligi asosiy muammo sifatida qaraladi. Yaratiladigan doskada har bir qurilmaga dastur yozish va uni ishlatishda moslashuvchanlik bo’lishi shart. Qurilmaga dastur yozishda uning qurilmaviy harakteristikasiga alohida e’tibor beriladi. O’T doska (plata) taskil etuvchilari Blok diagrammasi; Sxematexnik diagrammalar; Bog’lanish diagrammalari; Mantiqiy diagrammalar; Vaqtga bog’liq diagrammalar. O’rnatilgan tizim doskasini (board) tashkil etish jarayonida “Blok diagrammasi” asosiy o’rinni egallaydi. Ushbu blokda doska yoki plata uchun zarur bo’lgan asosiy komponentalar (protsessor, kiritish/chiqarish qurilmalari, xotira qurilmasi, shinalar) joylashuvi aniqlanadi. Blok diagrammasini shakllantirish orqali plataning fizik qolipi ishlab chiqiladi. Sxematexnik diagrammalar – bu elektr zanjirlar diagrammasini shakllantirish bosqichi hisoblanib, bunda oddiy komponentalar va turli xil elektron qurilmalarning bir biriga bog’lanishi aniq ko’rsatib beriladi (misol uchun rezistorlar, protsessorlar va boshqalarning bir biriga bog’lanishi) Bu bosqich fizik qolipdan farqli ravishda, qurilmalararo ma’lumotlarning yo’nalishini tasvirlash uchun zarur hisoblanadi. Ushbu diagrammani shakllantirishda maxsus sxamatexnik simvollardan fodalaniladi. Bog’lanish diagrammalari – bu diagramma asosiy va asosiy bo’lmagan qurilmalarning shinalar orqali bog’lanishini ko’rsatadi. Shina yo’llarini tasvirlashda oddiy gorizontal va vertikal chiziqlardan foydalaniladi. Mantiqiy diagrammalar – bu diagramma elektron sxemadagi ma’lumotlarning mantiqiy amallar orqali harakatlanishini tavirlashda ishlatiladi. Bunda asosan mantiqiy AND, OR, NOT, XOR va boshqa amallardan foydalaniladi. Vaqtga bog’liq diagrammalar – bu boqichda elektron qurilmalardagi kiruvchi va chiquvchi signallarning vaqtga bog’lanishi ifodalanadi. O’z navbatida signallar orasidagi bog’liqliklar ham ushbu bosqichda ko’rsatiladi. Ushbu diagramma asosan joriy qurilma (o’rnatilgan tizim doskasi) dan foydalanish uchun qo’llanma shakllantirishda ham ko’proq ishlatiladi. O’rnatilgan plata – O’rnatilgan tizim modelining quyi sathi ya’ni “Hardware” sathida joylashadi. Barcha elektron qurilmalar va sxematexnik vositalar plataga ulangan bo’ladi va ular mazkur platadagi shinalar orqali bog’lanishda bo’ladi Central Processing Unit (CPU) – asosiy protsessor Xotira – dastur ma’lumotlarni vaqtinchalik va doimiy saqlash Kiritish qurilmalari Chiqarish qurilmalari Download 453.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling