N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


G‘isht konstruksiyalarni tuzatish va kuchaytirish


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

G‘isht konstruksiyalarni tuzatish va kuchaytirish. Kuchaytirish 
ishlari quyidagi amalga oshiriladi: yoriqlarni berkitish; qoplamalar o‘rnatish; 


138 
shikastlangan uchastkalarni qayta terish; hajmiy turg‘unligini va bikirligini 
oshirish; 
Yoriqlarni berkitishda g‘isht terimidagi yoriqlarga bosim ostida suyuq 
sementli yoki polimer qorishmani yuborib, g‘ishtlarning umumiy birikishini
oshirib uning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshiriladi. Qoplamalar temir beton
suvaladigan va metaldan bo‘lishi mumkin.
Temir beton qoplamalarda yuzalar yaxshilab tozalanib, izlar 
tushiriladi, namlanadi so‘ngra armatura to‘rlari choklarga shtirlar qoqib 
maxkamlanadi, qolip o‘rnatilib betonlanadi. Betonlash yarusining balandligi 1 m 
gacha, uchastka uzunligi ikki deraza va eshik o‘rtasidagi devor uzunligiga yoki 
yaxlit uchastkalarda 3...5 m bo‘lishi mumkin. Temirbeton qoplama o‘rnatishning 
boshqa usuli torkretlash. Torkret beton bevosita g‘isht terimiga, armaturaga 2 – 3 
sm qalinlikda beton qorishmasini bosim ostida chaplash (21.6-rasm). 
21.6 –rasm. G‘isht ustunlarni metall (a), temir beton (b ), suvoqli (v ) qoplama bilan 
kuchaytirish: 
1 – plankalar 3 × 5; 2 – ugolok (burchaklik); 3 – payvand; 4 – sterjenlar Ø 5 ... 12 mm;
5 – xomutlar Ø 4 ... 10 mm; 6 – beton V 12,5 ... V 14; 7 – sterjenlar Ø 6 – 12 mm; 8 – qorishma
marka 50 ... 75; 9 – g‘isht terimi; 


139 
Qoplama o‘rnatishda suvash usuli xam qo‘llaniladi. Bunda yuzani 
tayyorlash va armatura o‘rnatish oldingi usullaridagidek amalga oshirilib, so‘ngra 
2 – 3 sm qalinlikda bir qancha qatlam sementli qorishmada suvaladi. Xar qaysi 
suvoq qatlamidan so‘ng 3 sutkagacha suvoq qotishi uchun tanaffus qilinadi.
Metall qoplama 2 ta asosiy elementdan tashkil topib, ikki deraza va 
eshik o‘rtasidagi devor va ustunlarning burchaklariga sement qorishmaga vertikal 
o‘rnatiladigan po‘lat ugoloklar va ularni birlashtiruvchi metall tilimli xomutlardan 
iborat. Metall karkasni korroziyadan saqlash maqsadida sementli qorishma bilan 
suvab qoplanadi (21.7-rasm).
21.7-rasm. Bo‘shliqlar orasidagi g‘ishtli devorni po‘lat qoplama bilan kuchaytirish: 
1 –bo‘shliqlar orasidagi g‘ishtli devor (prostenka); 2 – po‘lat ugolok; 3 – planka; 4 – 
ko‘ndalang bog‘lovchi. 
G‘isht terimining jiddiy shikast yetgan qismlari yangi terim bilan 
almashtiriladi. Buning uchun g‘isht terimi vaqtinchalik metall yoki yog‘och karkas 
bilan maxkamlanadi. Vaqtinchalik maxkamlash terimdagi qorishma 50 % 
mustaxkamlikga erishgandan so‘ng olinadi. 
G‘ishtli 
binolarni 
rekonstruksiyalashda 
ulardagi 
yoriqlar, 
deformatsiyalar yo‘l quyiladigan darajadan yuqoriroq bo‘lsa ularning turg‘unligini 
va xajmiy bikirligini oshirish maqsadida metall tortqilar bilan xajmiy tortiladi 
(21.8- rasm).


140 
21.8-rasm. G‘ishtli devorni xajmiy tortish bilan kuchaytirish. 
1 – tortiqlar; 2 – tortish muftasi; 3 – metall qistirma; 4 – shveller N = 16 – 20; 5 
– ugolok. 
Temir beton ustun, to‘sin va yopmalarni kuchaytirishda qo‘shimcha 
elementlarni qo‘shish, ya’ni konstruksiya qirqim yuzasini, armaturalashni oshirish, 
ayrim xollarda qo‘shimcha tayanch o‘rnatib xisoblanish sxemasini o‘zgartirish 
ishlari amalga oshiriladi (21.9, 21.10, 21.11- rasmlar). 


141 
21.9-rasm. Ustunlarni po‘lat qoplama (a), armatura karkas (b), setka (v), temirbeton 
g‘ilof(g) bilan kuchaytirish: 
1- kuchaytiriladigan konstruksiya; 2- kuchaytirish elementlari; 3-himoya qatlami;
4- shchitli qolip mahkamlovchi xomut bilan; 5-inektor; 6-shlang. 
21.10-rasm. To‘sinni kuchaytirish sxemasi: 
1 – kuchaytirilayotgan konstruksiya; 2 – armatura karkasi; 3 – osma qolip; 4 – tortqi;
5 – betonlash uchun yopmadagi teshik. 


142 
21.11-rasm. Ustun o‘rnatib to‘sinni kuchaytirish: 
1 – ko‘chaytirilayotgan to‘sin; 2 – qo‘shimcha poydevor; 3 – kuchaytirish ustuni; 4 
– boltlar. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling