67
qirrasiga darajasigacha ko‘tariladi va unga ko‘ra barcha oraliq bloklar
joylashtiriladi.
Yon qo‘yinlar va blok yostiqlar orasidagi 10...15
sm gacha
ochiqliklar (ajralishlar) montaj qilish jarayonida qum bilan to‘ldiriladi va
zichlashtiriladi. Gruntni ortig‘i bloklar sirtidan sidirib olib tashlanadi.
Bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar kesishgan joylarda blok -yostiqlar zichlab
joylashtiriladi, ular orasidagi qo‘shilgan joylar beton qorishmasi bilan
tuldiriladi. Mayoqli yostiqlar o‘rnatilgandan so‘ng
prichalka yostiqlar
qirrasining yuqori qirrasi satxigacha ko‘tariladi.
Odatdagi gruntlarda poydevorlar yostiqlari yuqorisi gorizontal
gidroizolyatsiya qilinadi, uning ustidan 30 mm qalinlikda sement qorishma
tortiladi. Kuchsiz gruntlarda va poydevorlarning notekis cho‘kishi
mumkin
bo‘lgan holatlarda poydevor yostiqlari usti bo‘yicha sement – qum
qorishmasiga armatura to‘ri joylashtiriladi, bu
yuqorida yotgan bloklar va
konstruksiyalardan tushadigan yuklanishlarning ancha bir tekis
taqsimlanishiga olib keladi. To‘r sterjenlari diametri loyihaga ko‘ra
qabul
qilinadi, lekin 5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Sement suvog‘i (qorishma)
qilinishi tugatilgandan keyin kotlovani montaj qilingan poydevor yostiqlari
yuqorisigacha grunt bilan to‘ldirish maqsadga muvofiq.
Poydevor asos osti sifatida shibbalab zichlashtirilgan shag‘al o‘stidan
qo‘yilgan beton tayyorgarlik yoki ayrim hollarda, asos plitasi xizmat qiladi.
Vertikal opalubka geodezik rejalash bo‘yicha berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha
o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: