66
7.1.-rasm. Stakan turidagi poydevorlarning holatini belgilab qo‘yish:
1- binoning bosh o‘qlari; 2 – obnoska; 3 – o‘qlarning holatini ko‘rsatuvchi mixlar;
4 – andoza; 5 – qoziqlar, shtirlar.
Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar-
yostiqlar. Yig‘ma
lentasimon poydevorlar ikki turdagi bloklardan tuzilgan bo‘lib, ulardan biri
poydevor asosiga joylashtiriladigan blok – yostiqlar va ikkinchisi –
binolarning yer osti qismi devorlari hisoblangan devor bloklaridir.
Lentali yostiqlarni montaj qilishda dastlab o‘qlar kesilgan nuqtadan
metr bilan poydevor lentasining tashqi qirrasining
loyihaviy holati
o‘lchanadi va ikkita metall shtir shunday qoqiladiki,
bunda ular orasida
tortilgan sim prichalka poydevorlar lentasi chizig‘idan 2 ... 3 mm tashqarida
joylashsin (7.2-rasm). Agar loyihada boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, u holda
qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita tekislangan asosga
joylashtiriladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm bo‘lgan
qumli yostiq
ustiga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: