N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


IX BOB. TEMIR BETON KARKASLI, BIR QAVATLI SANOAT


Download 359.27 Kb.
bet47/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1764339
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org (1)

IX BOB. TEMIR BETON KARKASLI, BIR QAVATLI SANOAT 
BINOLARINI MONTAJI
9.1. Binolarni barpo etishning o‘ziga xos texnologik xususiyatlari
9.1.1. Sanoat binolarining xajmiy- rejaviy yechimlari

Amalda ko‘pincha to‘liq yig‘ma holatda maydoni 3...20 ming m


2
gacha
bo‘lgan bir qavatli sanoat binolari ko‘p uchraydi. Ular kransiz yoki elektr tokida
ishlaydigan ko‘priksimon kranlar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. Binoning
oraliqlari 12, 18, 24 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m
dan 18 m gacha bo‘ladi. Yig‘ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha
bo‘ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruksiyalari, bo‘ylama hamda
ko‘ndalang yo‘nalishlar bo‘ylab katta o‘lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi.
Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi,
texnologik uskunalardan yukni to‘g‘ridan-to‘g‘ri gruntga uzatishi, ustunlar
to‘rini siyrak xillarini qo‘llash mumkinligidir. Bunday binolar asosan planda
to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda qurilib, balandlik bo‘yicha bir xil, oraliqlari bir
yo‘nalishda bo‘ladi.
Binolarning universal hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari ishlab
chiqilgan bo‘lib, ular industrial montaj qilish uslublarini qo‘llash imkoniyatini
beradi. Bino parametri va gabarit sxemalarining o‘zaro bog‘liqligi
chegaralangan. Oraliq o‘lchamlari o‘zaro ma’lum balandlik va ustunlar qadami,
kranlarni ustki gabaritlariga bog‘liq bo‘ladi. Bir qavatli sanoat binosi
karkasining elementlari, to‘suvchi va tomyopma konstruksiyalarining
o‘lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali bo‘lib reja bo‘yicha – 6 m,
balandlik bo‘yicha – 1,2 m ni tashkil etadi.

96


9.1.2. Ishlarni bajarish ketma-ketligi 

Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyorlangan


tipovoy (namunaviy) yig‘ma temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir
qavatli binolarning yig‘ma konstruksiyalari to‘suvchi va yuk ko‘taruvchi
turlarga bo‘linadi. Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga – yig‘ma poydevorlar,
ustunlar, kran osti to‘sinlari, stropila va stropilaosti fermasi, to‘suvchilariga esa
– tomyopma plitasi, kamar – to‘sin va devor panellari kiradi.
Oraliqlari 30 m va undan katta bo‘lganda metall fermalar qo‘llanilib,
kichik oraliqdagi binolar arkasimon, segmentli va paralel belbog‘li temir-beton
fermalar bilan yopilishi mumkin. SHuni ta’kidlash kerakkim temirbeton karkasli
binolarni barpo etishdagi mehnat sarfi uxshash metall konstruksiyali binolarga
qaraganda ancha yuqoridir.
Yig‘ma temir betonli binolarni elementlari bittalab montaj qilinadi,
chunki ularning tutashuv joylari murakkabligi tufayli fazoviy bloklariga
biriktirib, yiriklashtirilmaydi, chunki temirbeton blokining massasi, xuddi
shunday metall blokka nisbatan 3 ... 5 marta og‘ir bo‘ladi.
Tutashuv joylarini yaxlitlashda − “ho‘l jarayonlar” mavjudligi
konstruksiyalar montajini ancha murakkablashtiradi. Ustunlarni stakan turidagi
poydevorlarga o‘rnatgandan va ularni yaxlitlagandan so‘ng, keyingi
konstruksiyalarni montaj qilish qiyinlashadi. Chunki tutashuv joylarini
yaxlitlash va ular 70% mustaxkamlikka erishguncha ushlab turish talab qilinadi.
Bu esa qishki mavsumda ishlarni bajarishda qo‘shimcha murakkabliklar
tug‘diradi. Qurilish maydonida bir nechta kran mavjud bo‘lganda karkasni
montaj qilish bir nechta paralel va ketma-ket oqimlarida bajarilishi mumkin:
yig‘ma poydevorlar, ustunlar, ustunlar orasidagi bog‘lovchilar, kranosti
to‘sinlari va tom yopma elementlari, devor panellari montaji. Ishlarini bunday
tashkil etilishi ob’yektni montaj muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.

97


Poydevorlar uchun transheya yoki chuqurlar qazilib, zamin tekislanib
zichlangandan so‘ng, poydevorlarni montajiga kirishiladi. Poydevorlar chuqur
joylashtirilganda yoki yaxlit kotlovan qazilgan bo‘lsa kran kotlovan tubi
bo‘ylab xarakatlanadi.
Ustunlar ikkinchi (oqim) oqimda montaj qilinadi, bunda nolinchi sikl
ishlari tugallanib birinchi qamrov qabul qilingan bo‘lishi kerak. Bunday ishlarga
quyidagilar kiradi: ustunlarni montaj qilish uchun qabul qilingan poydevorlar,
transheya va chuqurlarni yon-biqinlari grunt bilan qayta to‘ldirilishi, qamrov
chegarasida gruntlarni tekislash ishlari, transport xarakati uchun yo‘llar
tayyorlash, konstruksiyalarni taxlash va kranni ishlashi uchun maydonchalar
tayyorlash. Tekislash ishlaridan keyin eng ma’qul yechim butun qamrov yuzasi
bo‘yicha pol ostini betonlanishidir. Transport va kran harakati uchun qattiq
qoplamali temirbetonli yo‘l plitalaridan foydalanish mumkin. Bu holatda
konstruksiyalarni qumli asosda tayerlangan maydonchaga joylashtirish tavsiya
etiladi. Odatda uzunligi 12 m gacha bo‘lgan ustunlar tortib mahkamlanmaydi,
ya’ni tortqilar ishlatilmaydi, ularni mustahkamligi poydevorga maxkamlash
bilan ta’minlanadi. Balandroq ustunlarni o‘rnatganda ular bikrlik yuzasini
kichik tekisligida tortib mahkamlanishi kerak (ustunlar qatori bo‘ylab). Ustun
va poydevor tutashuv joylarida beton qorishmasi kerakli mustaxkamlikka
erishgandan so‘ng bog‘lovchilarni montajiga va kranosti to‘sinlarini
o‘rnatilishiga kirishish mumkin. Kran osti to‘sinlarini quyma detallari ustun
konsoliga payvandlanib va tutashuv joylari to‘ldirilgandan keyin ustunlar
orasidagi tortqilar olinadi. Kranosti to‘sinlari odatda tomyopma konstruksiyalari
bilan bir oqimda montaj qilinadi. Karkasning har bir yacheykasini kompleks
uslubida montaj qilish tavsiya etiladi: ya’ni yacheykadagi xamma kranosti
to‘sinlari, stropilaosti to‘sini, stropila fermasi va yacheykadagi barcha
tomyopma plitalari o‘rnatiladi. Plitalar bir yon tomondan ikkinchi yon tomonga
ketma-ket, chetki oraliqni birinchi plitasi birinchi qator ustunlariga ilingan osma
montaj maydonchasidan turib, o‘rta oraliq plitalari oldin montaj qilingan chetki

98


oraliq plitalari ustidan turib montaj qilinadi. Devor panellari oxirgi montaj
oqimida odatda mustaqil kran bilan montaj qilinadi. Panellarni qushni ustunlar
orasiga butun balandligi bo‘yicha deraza panjarasi bilan bir paytda va elementlar
choklarni yaxlitlash bilan birgalikda montaj qilinadi. Bir qavatli sanoat
binolarini montaj qilishda ob’yekt oldi omborlari tashkil etilmaydi. Montaj
qilish zonasiga konstruksiyalar uchinchi smenada keltirilib, tushiriladi va
ko‘tarish joylariga taxlab teriladi. Konstruksiyalar zaxirasi kamida ikki yoki uch
kunlik ishga mo‘ljallanadi, keltirishda uzilishlar bo‘ladigan holatlarda zaxira
kuni oshishi mumkin. Konstruksiyalarni yetkazishni kunduzi ham tashkil etsa
bo‘ladi, bunda konstruksiyalar montaj yo‘nalishining qarama-qarshi tomonidan
tashib keltirilishi kerak.

Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling