N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


 – rasm. Qurilish tsakllarini birgalikda bajarish usullari


Download 359.27 Kb.
bet49/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1764339
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org (1)

9.1 – rasm. Qurilish tsakllarini birgalikda bajarish usullari: 
I. – ochiq: 1 – yerosti qismini barpo etish; 2 – karkasni montaj qilish; 3 – texnologik 
uskunalarni montaji; 4 – pardozlash ishlari. II. – yopiq: 1 – karkas uchun yer osti qismi; 
2 – binoni karkasini montaji; 3 – texnologik uskunalar va kommunikatsiyalar uchun yerostki 
qismi; 4 – texnologik uskunalar montaji; 5 – pardozlash ishlari. ІІІ. – birgalikda bajarish: 
1 – inshootning umumiy kotlovanini qazish; 2 – texnologik uskunalar poydevorlarini 
betonlash; 3 – bino karkasini montaji; 4 – texnologik uskunalar montaji; 5 – pardozlash 
ishlari. ІV. – kombinatsiyalashgan: І – ochiq usulda va ІІ – yopiq usulda ishlarni bajarish. 

Bir qavatli sanoat binolarini asosiy qurilish sakllariga binoning yer osti


va yer ustki qismlarini barpo etish kiradi va bularga quyidagilar kiradi: binoning
poydevorlari va texnologik uskunalarni o‘rnatish uchun kotlovan va transheya

100


qazish ishlari, binoni poydevorlarini montaji va uskunalarni tagidagi
poydevorlarni betonlash; yer usti qismlarni montaji va ichiga o‘rnatiladigan
etajerka−javonlarni barpo etish, texnologik uskunalarni va quvurlarni montaji ,
pardozlash ishlarini bajarish.
Ochiq usulni mohiyati shundaki birinchi bo‘lib, qamrovdagi yer
ostidagi barcha ishlar, ya’ni binoning yer ostki qismlari barpo etiladi, keyin esa
binoning yerdan yuqori qismidagi konstruksiyalar, texnologik uskunalar quvur
o‘tqazish va barcha pardozlash ishlari amalga oshiriladi. Yer osti sikli tarkibiga
barcha yer osti konstruksiyalarini qurish ya’ni – bino va uskunalar poydevori,
yerto‘la qavatlararo yopmalari bilan, kommunikatsiyalarni utqazish va qayta
ko‘mish, yerto‘lasiz binolarda pol osti to‘shamasini yaratish kiradi. Pol osti
to‘shamasi bilan yer osti siklidagi ishlar to‘gagandan so‘ng, qolgan maydon
tekislanishi kerak. Birinchi navbatda hamma yer ostki sikldagi ishlarni bajarish,
bino va inshootlarning yerdan yuqoridagi qismlarini samarali montaj qilishni
ta’minlaydi va qurilishni industrial uslublarda olib borishning shartlaridan
biridir. Ammo binoning hajmiy-rejaviy, texnologik yechimlariga bog‘liq holda
va qurilish sharoitini xisobga olganda boshqa usullar ham samarali bo‘lishi
mumkin.
Yopiq usulda xar bir montaj uchastkasida oldin yer ishlari va faqat
binoning tagidagi poydevorlar o‘rnatiladi, so‘ngra karkas montaj qilinadi.
Montaj ishlari tugallangandan keyin bino karkasini ichida kotlovan qazilib,
texnologik uskunalar, ichiga o‘rnatiladigan konstruksiyalar (etajerkalar) va
texnologik uskunalar uchun poydevorlar va barcha yer osti inshootlari barpo
etiladi. Faqat bulardan keyin etajerkalar konstruksiyalari va texnologik
uskunalar montaji, quvur o‘tqazish ishlari hamda barcha pardozlash ishlari
bajariladi. Yopiq usulni bino texnologik uskunalarining poydevorlari oraliqda
ko‘p maydonni egallaganda va rivojlangan yerosti kommunikatsiyalari xujaligi
tarmog‘ini barpo etish zaruriyatida qo‘llash oqilona xisoblanadi. Bu kranlarni
harakatlanishini qiyinlashtirib, qushimcha yo‘l xarajatlarini talab etadi. Yopiq

101


usul ishlarni bo‘linishiga , keng manevrga va kam foydalanish xarajatiga ega
o‘ziyurar kranlarni qo‘llanilishi bilan minorali kran qo‘llaniladigan ochiq
usuldan farqlanadi. Bunda ko‘p ishlar tom yopilgandan so‘ng bajariladi, bu
yog‘ingarchilik ta’siridan saqlanish uchun muhimdir.

Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling