N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 


18 
II BOB. ISHLARNI BAJARISH VA BINONI BARPO ETISH KETMA-
KETLIGI 
Ishlarni bajarish ketma-ketligi quyidagi asosiy omillar va ularni 
bosqichma-bosqich o‘zlashtirilishi, qurilish jarayonini amalga oshishiga olib 
keladi. 
• qurilish territoriyasi; 
• maydonni tayyorlash (tayyorlov davri ishlari) 
yer osti qismini barpo etish
• yer usti qismini barpo etish; 
• to‘sib turuvchi konstruksiyalarni barpo etish; 
• injener (muhandis) asbob-uskunalarini montaji; 
ichki pardozlash ishlari
• texnologik asbob-uskunalarni montaji; 
• tashqi pardozlash ishlari; 
• obodonlashtirish. 
Qurilishni amalga oshirishning birinchi bosqichi – bu qurilish 
territoriyasini tanlash. Bu bosqichda qo‘yilgan masalaga qarab ma’qul yerda 
joylashgan, qurilish davrida qurilish materiallari, konstruksiyalari va resurslar 
bilan ta’minlash talablariga va ekspluatatsiya (foydalanish) kerakli talablariga 
javob beradigan yer uchastkasi (maydoni) tanlaniladi. Davlat talablari asosida
rasmiylashtirish, qurilish uchun yer uchastkasini ajratish va arxitektura-rejaviy 
topshiriqni tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 
Maydonni tayyorlash majburiy bosqich bo‘lib, ishlar tarkibi bo‘yicha 
sanoat va fuqaro qurilishidagidek bo‘ladi. Asosan maydonni tayyorlashda 
muhandislik tadqiqotlarini o‘tkazish, barpo etilayotgan binoni mahalliy 
sharoitga bog‘lash, eski binolarni buzish, tarmoqlarni ko‘chirib o‘tqazish, 
vaqtinchalik bino va inshootlarni barpo etish kabi ishlar nazarda tutiladi. 
Alohida binoni yoki yaqin joylashgan bir xil tipdagi kompleks
(majmua)ni barpo etish uchun qabul qilingan ishlarni bajarish ketma-ketligi 


19 
sezilarli darajada umumiy qurilish muddatiga ta’sir qiladi. Binolar qurilishining
yoki o‘zaro bog‘liq ishlarni bajarilishining uchta asosiy usuli mavjud. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling