N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


-rasm. Tomyopma blokini surish sxemasi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

8.9-rasm. Tomyopma blokini surish sxemasi:
 1 – bino ustunlari; 2 – stropilaosti bloklari; 3 – vaqtincha estakadaning qiya 
to‘sinlari; 4 – tomyopma bloki; 5 -–bloklarni xarakatlantirish uchun aravacha;
 6 – tortuvchi polispast; 7 – aravachaning relsli yo‘li; 8 – tirgak. 
 


90 
Montaj qilish amaliyotida ba’zida bir necha usul qo‘shib olib borish 
hollari uchraydi, xususan surish, yiriklashtirish va burishning birgalikda olib 
borish usuli. 
8.6. Montaj qilish va ishlarni birgalikda bajarish usullarini tanlash 
 
Montajni tashkil etishning asosiy sxemalari. Bir qavatli sanoat 
binolarini montaj qilishning asosiy sxemalari ishga jalb qilingan kranlar soni 
bilan bog‘liq: 
• barcha konstruksiyalarni, poydevorlardan boshlab bitta kran bilan 
montaj qilish; 
• konstruksiyalarning yer osti qismini bitta kran bilan,er usti qismini 
boshqa kran bilan montaj qilish; 
• har bir qamrovda mustaqil kran bilan montaj qilish; 
• mustaqil kranlar bilan bir qavatli sanoat binolari karkasining turli 
xil konstruksiyalarini montaj qilish (poydevorlar, ustunlar, kran osti 
to‘sinlari, fermalar, tomyopma plitalari, devor panellari) – 5 ... 7 oqimlar. 
Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishda qamrov yoki montaj qilish 
uchastkasi sifatida ishlarni maksimal darajada qo‘shib olib borish uchun 
binoning bir oralig‘ini yoki uning bir qismini harorat choklari orasidagi 
chegarada qabul qilish mumkin. 
Binoni montaj qilishni oqilona tashkil etilishini tanlashdagi asosiy 
masala – konstruksiyalarni montaj qilishning usulini va texnologik ketma – 
ketligini aniqlash bo‘lib, ular montaj mexanizmlarini tanlash bilan uzviy 
bog‘liqdir. Binolarni barpo etish sur’atlari, ayniqsa, balandda bajariladigan 
ishlarni montaj operatsiyalarining mehnat sarfi, qurilishning umumiy 
qiymati va davomiyligi qabul qilingan usulga bog‘liq bo‘ladi. Qabul 
qilingan ishlar usuli oqimli qurilishni, birgalikda bajariladigan barcha 
montaj, umumqurilish va maxsus ishlarning grafik bo‘yicha amalga 


91 
oshirilishini ta’minlashi va subpudratchilarga tanaffuslarni istisno qiluvchi, 
zarur ishlar frontini ta’minlash kerak.
Montaj qilishning tanlab olingan usuli yig‘ish, mahkamlash va 
tutashuv 
joylarini 
ishlash 
bo‘yicha 
ko‘pchilik 
operatsiyalarni 
konstruksiyalar yoki surilardan turib emas, balki yerda bajarilishini, ya’ni 
stendlar yoki konduktorlarda yiriklashtirilgan montaj bloklarini loyihadagi 
holatiga zamonaviy montaj kranlari yordamida ko‘tarish va o‘rnatishni 
nazarda tutish kerak. Montaj qilishning mumkin bo‘ladigan usullarini 
taqqoslashda ancha sodda, havfsiz, mehnat va moddiy resurslarni kam 
sarflagan holda yuqori ish sifatini ta’minlovchiga afzallik berilishi kerak. 
Bir qavatli sanoat binolari balandligi nisbatan uncha katta bo‘lmagan 
holda rejada ancha katta o‘lchamlarga ega. Karkasning ko‘taruvchi 
konstruksiyalari orasidagi masofa ko‘pchilik hollarda kranning ta’sir 
radiusidan ortadi, bu montaj qilish usulini aniqlashda alohida talablarni
qo‘yadi. Konstruksiyalarni o‘rnatish usulini va hamda ketma – ketligini 
tanlash qurilish maydonining xususiyatlariga (masalan, torligi), joyning 
relefiga, avto yo‘llar va kirib keluvchi temir yo‘llarga, montaj 
mexanizmlarining zarur parkiga bog‘liq. Ishlarning texnologik ketma – 
ketligini tanlashga yer osti xo‘jaligi ‒ texnologik uskunalar ostida 
poydevorning mavjudligi, ularning miqdori, o‘lchamlari, qo‘yilish 
chuqurligi, konstruksiyalarning materiallari, bino oraliqlarida joylashgan 
turli xil yer osti kommunikatsiyalari katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Qo‘llanilayotgan montaj mexanizmlar tegishli yuk va geometrik 
tavsiflarga ega bo‘lishlari, yaxshi harakatchan bo‘lishlari, har bir izchil 
to‘xtash joyida iloji boricha ko‘proq montaj ishlarini bajarish uchun imkon 
boricha katta ishchi zonasiga ega bo‘lishi shart. 
Qurilishni tashkil etish ishlariningoqimli (uzluksiz) bo‘lishini 
ta’minlash kerak, uning mohiyati barcha montaj va boshqa hamrox 
operatsiyalarni uzluksiz va bir tekisda bajarishdan iborat. Oldindan 


92 
tegishlicha ishlab chiqarish ritmini (sur’atini) yaratish zarur bo‘lib, bunda 
qurilishning barcha ishtirokchilari berilgan vaqt oralig‘ida ishchilar va 
ishlovchi mexanizmlar parkining doimiy o‘zgarmas miqdorida, qurilish va 
montaj ishlarini birgalikda olib borishda ma’lum ish hajmini bajarishadi. 
Inshootlarning murakkabligi va ayrim ish turlarining ko‘proq mehnat 
talab etishga bog‘liq holda oqimli (uzluksiz) qurilishni loyihalashda oqimli 
bajariladigan ishlar ro‘yxatiga quyidagi ishlar kiritilishi mumkin: yer qazish 
ishlari, poydevor qurish bo‘yicha beton ishlari, qurilish konstruksiyalarini 
montaj qilish, texnologik uskunalarni montaj qilish, issiqtexnik, santexnik
ventilyatsiya, elektrotexnik va shu kabi ishlar. Qurilish maydonchasida bir 
necha kran mavjud bo‘lganda konstruksiyalarni montaj qilish bo‘yicha ishlar 
poydevorlarni, ustunlarni, kran osti to‘sinlarini, yopma elementlarini, devor 
panellarini osishni mustaqil oqim bilan montaj qilishga ajratilishi mumkin. 
Qurilishning oqimli ishlab chiqarishini ishlab chiqqanda montajdan keyingi 
pardozlash ishlari majmuini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Loyihalash va barcha ishlarni bajarishni bosh pudratchi tashkilot 
tashkil etadi, boshqaradi va muvofiqlashtiradi, u odatda barcha 
umumqurilish ishlarini, boshqa ishlarni esa ixtisoslashtirilgan qurilish – 
montaj subpudratchi tashkilotlar amalga oshiradi. 
Ishlarni oqimli tashkil etishning zarur – qoidasi har bir qurilish 
brigadasi boshqa brigadaga o‘z vaqtida ish frontini ta’minlashi shart. 
Masalan, poydevorlarni barpo etuvchi quruvchilar tayyor poydevorlarni 
ustunlarni o‘rnatish uchun kelgan montajchilarga topshirishlari kerak. 
Ustyopma (tomyopma) konstruksiyalarini montaj qiluvchi brigada 
belgilangan muddatga tom qoplamasini yopuvchilar brigadasiga ish frontini 
taqdim etishlari shart va h.k. Ishlarni bunday qo‘shib birgalikda olib borish 
katta aniqlikni va barcha ijrochilardan texnologik intizomni talab etadi. 
Qurilishda ishtirok etuvchi turli kasb ishchilarini aniq taqsimlash 
bunyod etilayotgan binoni qamrovlarga ajratish bilan ta’minlanishi mumkin 


93 
bo‘lib, ular o‘z navbatida montaj qilinuvchi yoki ishchi uchastkalariga 
bo‘linadi, ularning har birida ma’lum smenalar soni yoki kunlar mobaynida 
faqat bir turdagi ishlar bajariladi. Bir uchastkadan boshqasiga o‘tish qat’iy 
belgilangan vaqtda grafik bo‘yicha yuz beradi, bu vaqtgacha har bir qurilish 
ishtirokchisi o‘zining ish hajmini bajarishga ulgurishi kerak. 
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini oshirishning asosiy sharti 
qurilayotgan ob’yektlarni yoki ularning qismlarini foydalanishga topshirish 
muddatlarini qisqartirish hisoblanadi, chunki ularni qurishga sarflangan 
mablag‘lar maxsulot ishlab chiqarish va uni sotish hisobiga tezroq natija 
bera boshlaydi, bu bilan ob’yektlarning o‘zini qoplashi tezlashadi. 
Odatda qurilishning davomiyligi asosan inshootning eng katta 
jismoniy hajmga va mos ravishda sermehnat bo‘lgan karkasini montajini 
bajarish muddatlariga bog‘liq. 
Ob’yektlarni barpo qilish bo‘yicha barcha ishlar taqvim rejalari va 
grafiklariga mos holda bajarilishi kerak bo‘lib, ularda montaj va 
umumqurilish ishlarining ayrim turlarini maksimal darajada qo‘shib 
birgalikda olib borish hisobiga qurilish muddatlarini qisqartirish nazarda 
tutilishi kerak. Qurilishning maqbul muddatlariga amal qilish qurilish – 
montaj tashkilotining ishlab chiqarish faoliyati barcha texnik iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini yaxshilashning va birinchi navbatda ishlarning tannarxini 
pasaytirishning va mehnat unumdorligi ortishining muqarrar sharti 
hisoblanadi. 
Bir qavatli sanoat binolari konstruksiyalarining umumiy hajmida 
tomyopma elementlari karkas massasining kamida 50% ini tashkil etadi, bu 
konstruksiyalarni montaj qilishning mehnat talab etishi montaj qilishga 
mehnat sarflarining 65...70% ini tashkil etadi, shuning uchun tomyopma 
konstruksiyalarini va ularni montaj qilish texnologiyasini takomillashtirib 
binoni montaj qilishning umumiy mehnat sarfini ancha kamaytirish mumkin.
Inshootni va uni barpo etishni loyihalash jarayonida umuman binoning va 


94 
ayniqsa tomyopma bloklarining hajmiy – joylashtirish yechimlarining 
maqbul variantlari hamda montaj qilishning oqilona texnologiyasi topilishi 
kerak. Mehnat sarfining ancha kamaytirilishi va shu bilan montaj qilish 
muddatlarining qisqartirilishi montaj qilinayotgan elementlar sonini 
kamaytirish va montaj qilishning yanada mukammal usullarining 
qo‘llanilishi hisobiga ta’minlanishi mumkin. 
Montaj qilinuvchi elementlar sonini qisqartirilishiga quyidagi ikki 
usul bilan erishish mumkin: 
• oraliqlarni va ustun qadamlarini oshirish, progonsiz yechimlar 
qabul qilish, prinsipial yangi konstruktiv – joylashtirish yechimlarini 
qo‘llanishi bilan; 
• konstruksiyalarni ko‘targunga qadar va loyihadagi holatga 
o‘rnatguncha ularni yerda yiriklashtirish bilan. 
Shunday qilib, bunday xulosa chiqarish mumkinki, montaj qilishning 
ikkita prinsipial har xil usuli bo‘lishi mumkin: elementlab, bunda har bir 
konstruktiv elementni loyihadagi holatga alohida ravishda ko‘tarishadi va 
o‘rnatishadi, va yirik blokli, bunda konstruktiv elementlar ko‘tarishdan oldin 
dastlab fazoviy bloklarga yig‘iladi (yiriklashtiriladi). 


95 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling