N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism
To‘xtash joyi – ish o‘rni bo‘lib, unda ma’lum aniq belgilangan qurilish
jarayoni bajariladi, u yerdagi ishlarni maksimal mexanizatsiyalashtirish uchun ular konduktorlar, so‘rilar, moslamalar, kichik mexanizatsiya vositalari , elektr 116 bilan ishlaydigan yuqori unumdorli instrumentlar, asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Tomyopma bloklarini konstruktiv yechimlariga qarab birinchi 3…6 to‘xtash joylarida tomyopma bloklarini ya’ni stropila va stropilaosti fermalari, bog‘lovchilar, progonlar, profil to‘shamalar, yorug‘lik – aeratsiya fonarlarini yig‘ish ishlari bajariladi. Keyingi to‘xtash joylarida ferma oraliqlari to‘ldirilib, konstruksiyalari bo‘yaladi, tomqoplamalari quriladi va sanoat kommunikatsiyalari, kabellar o‘tkaziladi. Bajariladigan ish turiga qarab konveyer liniyasining to‘xtash joylari statsionar so‘rilar, o‘tish ko‘prikchalari bilan jihozlanadi. Har bir yig‘iladigan blok aravalarda siljitilib metallkonstruksiyalar yig‘ilishi va bo‘yoqlanishidan tashqari to‘xtash joylarida ketma-ket ravishda sanitar-texnik jihozlarni, elektroapparaturalarni va ventilyatsion quvurlarni montaji, hamda umumqurilish ishlari bo‘lgan tom qurish va oynalash ishlari bajariladi. Oxirgi to‘xtash joyida yiriklashtirilgan bloklarni qabul qilish amalga oshiriladi. Bunday bloklar, konveyerdan tushgach o‘rnatishga to‘liq tayyor holatda bo‘ladi va ular qabul qilingach montaj qilish zonasiga tashiladi, u yerda mos yuk ko‘taruvchanlikka ega kranlar bilan loyihaviy holatiga o‘rnatiladi. Bo‘shagan aravalar konveyer boshiga ko‘chiriladi. Bloklarni konveyerda bo‘ylama joylashishi yig‘ishda kichik qulochli strelali kranlarni, ko‘ndalang joylashganda esa konveyer uzunligi kamaysada lekin yuk ko‘tarish qobiliyati katta va uzun qulochli kranlarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha metall konstruksiyalarni yig‘ishda va bo‘yashda bloklar konveyerda bo‘ylama joylashganda 8...10 ta gacha to‘xtash joyi, tomqoplamalarni yopish va kabellarni o‘tqazish uchun 6 ta to‘xtash joylari talab qilinadi. SHunday qilib konveyerni umumiy uzunligi o‘rtacha 16 ta to‘xtash joyidan iborat bo‘ladi. Konveyerni joylashish o‘rni qurilayotgan binoga nisbatan uning konfiguratsiyasiga, bo‘sh maydonining borligiga, konveyer liniyasi 117 yonida umumqurilish va maxsus ishlarni olib borish uchun temir konstruksiyalar va materiallar omborxonasini joylashtirish imkonlariga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling