111
10.3. Konveyerda yig‘ish va yirik blokli montaj
Bu konveyerli yig‘ish va yirik blokli montaj usuli
birinchi marta MDH
davlatlaridan Rossiyada 1970 yil Gorkiy avtomobil zavodi qurilishida, 12×24 m
li o‘lchamga va massasi 40 t bo‘lgan 432 tomyopma bloklarini montaj qilishda
ishlatilgan. Bloklar juft stropilaosti fermasi
va ikki stropila fermasi va
qushimcha kengligi 12 m bo‘lgan svetoaeratsion fonardan iborat. Tayyor bloklar
faqat metall bloklardan iborat bo‘lmay, ular tomqoplamani
qurilish qismlarini
(bug‘dan himoyalash qatlami, issiqlik saqlovchi qatlam, o‘rama ashyo qatlami,
graviyli himoya qatlami) va, sanoat o‘tkazgichlarini (havo almashtirgich, havo
uzatgichlar, santexnika jihozlari va b.) o‘z ichiga olgan ya’ni to‘liq
tayyor
qurilish bloklari bo‘lgan. Loyihadagi holatida qurilish ishlaridan faqat bloklarni
chetlaridagi tomqoplamalarini tutashtirish ishlari bajarilgan..
Do'stlaringiz bilan baham: