N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova
Konveyer qoshidagi material va konstruksiyalarning omborlari
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism
10.3.3. Konveyer qoshidagi material va konstruksiyalarning omborlari Metall mahsulotlarini qabul qilish, saralash va qisman yiriklashtirish uchun metall konstruksiyalarning omborxonalari konveyer liniyasi bo‘ylab joylashtiriladi. Konveyer bilan omborxona oralig‘iga maxsus yo‘l plitalaridan tashkil topgan yo‘l quriladi, bunda avtotransport va kranlar xarakatlanib konveyerda montaj ishlarini olib boradi. Odatda 2-3 ta chorpoyali kranlar omborda qushimcha ravishda xizmat qiladi. Bu kranlar juda sekin yurganligi sababli konveyerdagi montaj ishlarini bajarmaydi, ammo ortish-tushirish uchun bemalol qo‘llasa bo‘ladi. Alohida materiallar va konstruksiyalarning omborlari avtomobil yo‘llariga bog‘lanadi va konveyerni to‘xtash joylariga yaqin joylarga joylashtiriladi. Qurilayotgan binoning oraliqlaridan birida joylashgan konveyerda, bloklar oraliqda ensiz tomoni bilan ko‘chiriladi va unga bog‘langan omborning o‘lchamlari ham chegaralangan bo‘ladi. 10.3.4. Blokli montaj qilish usullari Konveyerli yig‘ish va yirik blokli montaj har-xil usullar bilan bajarilib bo‘lib, konveyer liniyasini joylashishi va ishlatilayotgan asbob-uskunalar bilan farqlanadi. To‘liq tayyor bo‘lgan blok uzatadigan aravacha yordamida konveyerga ko‘ndalang yo‘l bo‘ylab uzatiladi va elektr chig‘irlari yordamida siljitilib suriladi. 122 Yuk ko‘tarish-tashish transport mexanizmlarlari bilan bloklarni oraliq bo‘ylab, o‘rnatish joyigacha tashishga quyidagi faktorlar ta’sir etadi: • blok massasi; • binoning yer ostki qismining barpo etish davridagi texnologik uskunalar poydevorlarining, kommunikatsiyalarini ko‘pligi, va ularni barpo etish usullari va boshqalar (ochiq yoki yopiq). Shu asosiy mezonlardan kelib chiqqan holda bloklarni konveyerdan ko‘chirishni ikkita asosiy sxemasi ishlab chiqilgan: • blok yukko‘taruvchi –transport mexanizmlari, uskunalar va konstruksiyalar yordamida o‘rnatiladigan joyiga yerdagi yo‘llar orqali ko‘chirilib va u yerda ko‘tarilib loyiha holatiga o‘rnatiladi; • blok konveyerdan ko‘tarilib, bino karkasining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari – kranosti to‘sinlari yoki stropilaosti fermalariga tushirilib va loyiha holatiga surilib ko‘chiriladi. Tayyor bloklarni oraliq bo‘ylab ko‘chirishni quyidagi usullari ishlab chiqilgan va qo‘llaniladi: • kranosti to‘sinlari usti bo‘ylab harakatlanadigan past bo‘yli o‘rnatgichlar bilan; • o‘ch oraliqni o‘rtasida relsli yo‘llarda harakat qiluvchi og‘ir minorali kran yoki og‘ir yuk ko‘taruvchi o‘ziyurar gusenitsali kran bilan; • maxsus yuk ko‘taruvchi konstruksiya bilan; • har bir oraliqda o‘zining rels yo‘llarida harakatlanidigan baland o‘rnatuvchilar bilan; • pnevmog‘ildirakli baland o‘rnatuvchi yordamida; • oldindan montaj qilingan stropilaosti to‘sini yoki ferma bo‘yicha harakatlanadigan past bo‘yli o‘rnatgichlar bilan; • bloklarni o‘ch oraliqda o‘rnatuvchisiz montaj qiladigan keng oraliqli chorpoyali kran bilan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling