N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 – rasm. Ikkita kran yordamida tomyopma bloklarini montaji


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

10.1 – rasm. Ikkita kran yordamida tomyopma bloklarini montaji. 
1 – gusenitsali kran; 2 – traversalar; 3 – traversaning stroplari (ilgaklari); 
4 – kanop arqonli tortqi; 5 – vaqtinchalik metall tayanchlar; І – ІІ – tomyopma bloklari. 
 
Og‘ir turdagi binolar montaji. Bunday binolarga og‘ir mashinasozlik 
zavodlarining sexlari kiradi. Og‘ir tipdagi binolar murakkab konstruktiv 
yechimlarga ega, montaj elementlari ba’zida 100 t dan oshib ketadigan og‘ir 
massaga ega, shuning uchun ratsional- oqilona ishlab chiqarish texnologiyasini 
tanlashda IBL puxtalik bilan sinchiklab ishlab chiqilishi talab qilinadi.
Katta ish hajmiga ega bunday binolarni montaji, (20...30 ming t metall 
konstruksiyalari), ko‘pincha tor va siqiq sharoitlarda bajarilganligi uchun, katta 
quvvatli montaj uskunalari, maxsus moslamalar va jihozlar qo‘llanilishini talab 
qiladi.
 


111 
10.3. Konveyerda yig‘ish va yirik blokli montaj
 
Bu konveyerli yig‘ish va yirik blokli montaj usuli birinchi marta MDH 
davlatlaridan Rossiyada 1970 yil Gorkiy avtomobil zavodi qurilishida, 12×24 m 
li o‘lchamga va massasi 40 t bo‘lgan 432 tomyopma bloklarini montaj qilishda
ishlatilgan. Bloklar juft stropilaosti fermasi va ikki stropila fermasi va 
qushimcha kengligi 12 m bo‘lgan svetoaeratsion fonardan iborat. Tayyor bloklar 
faqat metall bloklardan iborat bo‘lmay, ular tomqoplamani qurilish qismlarini 
(bug‘dan himoyalash qatlami, issiqlik saqlovchi qatlam, o‘rama ashyo qatlami, 
graviyli himoya qatlami) va, sanoat o‘tkazgichlarini (havo almashtirgich, havo 
uzatgichlar, santexnika jihozlari va b.) o‘z ichiga olgan ya’ni to‘liq tayyor 
qurilish bloklari bo‘lgan. Loyihadagi holatida qurilish ishlaridan faqat bloklarni 
chetlaridagi tomqoplamalarini tutashtirish ishlari bajarilgan..

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling