N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Konveyer qoshidagi material va konstruksiyalarning omborlari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
10.3.3. Konveyer qoshidagi material va konstruksiyalarning omborlari 
 
Metall mahsulotlarini qabul qilish, saralash va qisman yiriklashtirish
uchun metall konstruksiyalarning omborxonalari konveyer liniyasi bo‘ylab 
joylashtiriladi. Konveyer bilan omborxona oralig‘iga maxsus yo‘l plitalaridan 
tashkil topgan yo‘l quriladi, bunda avtotransport va kranlar xarakatlanib 
konveyerda montaj ishlarini olib boradi. Odatda 2-3 ta chorpoyali kranlar 
omborda qushimcha ravishda xizmat qiladi. Bu kranlar juda sekin yurganligi 
sababli konveyerdagi montaj ishlarini bajarmaydi, ammo ortish-tushirish uchun 
bemalol qo‘llasa bo‘ladi.
Alohida materiallar va konstruksiyalarning omborlari avtomobil 
yo‘llariga bog‘lanadi va konveyerni to‘xtash joylariga yaqin joylarga 
joylashtiriladi. Qurilayotgan binoning oraliqlaridan birida joylashgan 
konveyerda, bloklar oraliqda ensiz tomoni bilan ko‘chiriladi va unga bog‘langan 
omborning o‘lchamlari ham chegaralangan bo‘ladi. 
 
10.3.4. Blokli montaj qilish usullari 
 
Konveyerli yig‘ish va yirik blokli montaj har-xil usullar bilan bajarilib
bo‘lib, konveyer liniyasini joylashishi va ishlatilayotgan asbob-uskunalar bilan 
farqlanadi. To‘liq tayyor bo‘lgan blok uzatadigan aravacha yordamida 
konveyerga ko‘ndalang yo‘l bo‘ylab uzatiladi va elektr chig‘irlari yordamida 
siljitilib suriladi.


122 
Yuk ko‘tarish-tashish transport mexanizmlarlari bilan bloklarni oraliq 
bo‘ylab, o‘rnatish joyigacha tashishga quyidagi faktorlar ta’sir etadi:
• 
blok massasi; 
• 
binoning yer ostki qismining barpo etish davridagi texnologik
uskunalar poydevorlarining, kommunikatsiyalarini ko‘pligi, va ularni
barpo etish usullari va boshqalar (ochiq yoki yopiq). 
Shu asosiy mezonlardan kelib chiqqan holda bloklarni konveyerdan 
ko‘chirishni ikkita asosiy sxemasi ishlab chiqilgan: 
• 
blok yukko‘taruvchi –transport mexanizmlari, uskunalar va 
konstruksiyalar yordamida o‘rnatiladigan joyiga yerdagi yo‘llar orqali 
ko‘chirilib va u yerda ko‘tarilib loyiha holatiga o‘rnatiladi; 
• 
blok konveyerdan ko‘tarilib, bino karkasining yuk ko‘taruvchi 
konstruksiyalari – kranosti to‘sinlari yoki stropilaosti fermalariga tushirilib va 
loyiha holatiga surilib ko‘chiriladi. 
Tayyor bloklarni oraliq bo‘ylab ko‘chirishni quyidagi usullari ishlab 
chiqilgan va qo‘llaniladi: 
• kranosti to‘sinlari usti bo‘ylab harakatlanadigan past bo‘yli 
o‘rnatgichlar bilan; 
• o‘ch oraliqni o‘rtasida relsli yo‘llarda harakat qiluvchi og‘ir minorali 
kran yoki og‘ir yuk ko‘taruvchi o‘ziyurar gusenitsali kran bilan; 
• maxsus yuk ko‘taruvchi konstruksiya bilan; 
• har bir oraliqda o‘zining rels yo‘llarida harakatlanidigan baland 
o‘rnatuvchilar bilan; 
• pnevmog‘ildirakli baland o‘rnatuvchi yordamida; 
• oldindan montaj qilingan stropilaosti to‘sini yoki ferma bo‘yicha 
harakatlanadigan past bo‘yli o‘rnatgichlar bilan; 
• bloklarni o‘ch oraliqda o‘rnatuvchisiz montaj qiladigan keng oraliqli 
chorpoyali kran bilan. 


123 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling