N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


- rasm. Tomyopma bloklarini konveyerdan o‘rnatkichga uzatish sxemasi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

10.6- rasm. Tomyopma bloklarini konveyerdan o‘rnatkichga uzatish sxemasi: 
a – yiriklashtirilgan blokni konveyerdan pastki o‘rnatkichga uzatish; b – blokni stroplarga 
ilish; 1 – tayyor tomyopma blok montaj zonasiga uzatishdan oldin; 2 – blokni o‘rnatkichga 
ko‘chirib o‘tkazish; 3 – blokni prolyot bo‘ylab o‘rnatish joyiga uzatish. 
Bloklarni konveyer aravachasidan ko‘tarish balkali tirgakli-traversa 
yordamida kran bilan amalga oshiriladi. Blok ikki tarmoqli stroplar bilan 
boshmoqlardan ilinadi, boshmoqlar stropilaosti fermasini yuqoridagi belbog‘iga 
boltlar bilan mahkamlangan bo‘ladi (10.6-rasm). To‘liq tayyor tomyopmasi 
bloklarini montajini asosiy sxemalarini tushuntiramiz. 
1. Tomyopma bloklari konveyerda yiriklashtirilib, konveyer relslari 
bo‘ylab montaj qilinadigan oraliqqa uzatiladi. Aravachadan blok montaj krani 
bilan ko‘tariladi, o‘rnatkichga ko‘chirilib urnashtiriladi, o‘rnatkich kranosti 
to‘sinlaridagi temir yo‘l bo‘ylab xarakatlanib o‘rnatish joyiga keladi va 
ustunning tayanch maydonchalariga o‘rnatiladi (10.7-rasm). Blok loyihaviy 
holatiga o‘rnatkichning domkrat uskunalari yordamida tushiriladi.
O‘rnatkich ko‘prik kranga uxshash, unga o‘rnatilgan tomyopma blokini 
vertikal ko‘chiradigan domkratlar bilan jihozlangan fazoviy konstruksiyadan 
iborat (10.8-rasm). O‘rnatkichdagi to‘rt domkratga ustunlardan yuqoriroqda


124 
o‘rnatilgan blok oraliq bo‘ylab ko‘chirilib hamma domkratlarni bir maromda 
ishlashida ish joyiga tushiriladi. Blok ustunlar boshiga tushirilib oldin montaj 
qilingan bloklar bilan birlashtiriladi. O‘rnatkichning konstruksiyasi 
urnatiladigan blokni plandagi holatini to‘g‘rilash va tekislashni ham bajarishga 
imkon beradi. Bo‘shagan o‘rnatkich navbatdagi blokni qabul qilish uchun 
oraliqni yon chetiga qaytib boradi. Oraliqni oxirgi yacheykasidan o‘rnatkich 
kran yordamida qushni oraliqqa ko‘chiriladi, oxirgi chetki blok bevosita montaj 
krani yordamida o‘rnatiladi. Bu bloklarni ko‘chirishni eng keng tarqalgan 
variantidir. Pastroq o‘rnatkichga o‘rnatilgan massasi 30...45 t tomyopma 
bloklarini loyiha holatiga chig‘ir yordamida ko‘chiriladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling