N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


-rasm. “Konveyer – blokli montaj” ishlarini tashkillashtirishning


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

10.4-rasm. “Konveyer – blokli montaj” ishlarini tashkillashtirishning 
umumiy sxemasi 
1 – montaj qilingan tomyopma bloklari; 2 – bloklarni o‘rnatuvchi yordamida o‘rnatish joyiga 
siljitish; 3 – blokni aravachadan o‘rnatuvchiga olib qo‘yish uchun kran; 4 – blokli 
o‘rnatilgan tashish aravachasi; 5 – oldindan montaj qilingan relsli kranosti to‘sinlari; 6 – 
binoning karkasining ustunlari; 7 – konveyerga konstruksiya va materiallarni yetkazish uchun 
yo‘l; 8 – konveyer; 9 – konveyerni to‘xtash
 
 joylari; 10 – konveyerga xizmat qiluvchi 
chorpoyali kran; 11 – konveyer yonidagi materiallar va konstruksiyalar omborxonasi. 
Agar kompleks qurilayotgan bo‘lsa, unda konveyer bir nechta barpo 
etilayotgan binolarga xizmat qiladigan qilib loyihalanadi. 
Konveyerda yig‘ishning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi
(10.4-rasm):
• 
blokning chidamliligi va geometrik o‘lchamlarni o‘zgarmasligini 
ta’minlovchi konduktorlar bilan jihozlangan, konveyerda yig‘ish zonasining 
yaratilishi; 
• 
yig‘ilgan bloklarni tashish uchun aravacha va kran yo‘llarini 
o‘rnatilishi; 
• 
yigishni qulayligi uchun so‘ri va boshqa uskunalar bilan 
ta’minlanganligi; 
• 
konstruksiyalarni saralash, oraliq yiriklashtirib va ularni konveyer 
yig‘ish zonasiga o‘zatish uchun parallel joylashgan omborxona zonasi; 


118 
• 
konveyer bo‘ylab bloklarni tashishda va loyixaviy holatiga o‘rnatishda 
maxsus asbob-uskunalar qo‘llanilishi; 
• 
bloklarni tayyorlashda kompleks ishlarni ya’ni montaj umumqurilish 
ishlari va maxsus ishlarni alohida sakllarga ajratish;
• 
texnologik quvurlar, uskunalarni, , ventilyatsiya shaxtalari, havo 
o‘tkazgichlar va ularni qutilari, ichki suv tarnov quvurlarini montaj qilish va 
elektrotexnik uskunalarni mahkamlash ishlarni maxsus ishlar sifatida bajarilishi. 
Bloklarni konveyerda yig‘ishning afzalligi:
• 
ish joylarini ixtisoslashtirilganligi, ishlarni murakkab va oddiy 
operatsiyalarga bo‘linishi hisobiga mehnat unumdorligini ahamiyatli o‘sishi; 
• 
ishlarni ritmli( maromli) va oqimli –uzluksiz ravishda bo‘lishi; 
• 
qurilish montaj ishlarining maksimal mexanizatsiyalashganligi; 
• 
bloklarni bir to‘xtash joyidan boshqa to‘xtash joyiga maxsus konveyer 
aravachasida siljitilishi.
Bloklarni konstruktiv yechimiga, texnologik jihozlar ko‘pligiga, to‘xtash 
joylarida bajarilayotgan jarayolarni taqsimlanishiga qarab oraliq to‘xtash
joylari 7 dan 16 ta gacha bo‘lishi mumkin.
Konveyerda ishlar siklini alohida uchastkalar va to‘xtash joylarida
taqsimlanishning asosiy prinsiplari: 
• 
bitta to‘xtash joyidagi maksimal ishchilar soni 10 ta; 
• 
bajarilayotgan ishlarning bir turliligi;
• 
bir oraliq to‘xtash joyida belgilangan ishlarni konveyer xarakatlanishi 
davomida 2, 3 yoki 4 soat ichida bajarilish imkoniyati. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling