N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Tayyor bloklarni yig‘ish usullari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Tayyor bloklarni yig‘ish usullari. Qurilish amaliyotida bloklarni 
yig‘ishni uch xil usuli qo‘llaniladi – oqimli-stendli, konveyerli va stendli – 
konveyerli.  
Oqimli-stend usulida yig‘ish liniyasi (qatori) bir necha qator statsionar 
stendlarni yig‘ish bilan xosil qilinadi, ularda metall konstruksiyalarini 
yiriklashtirishdan to tom qoplamalarini barpo etishgacha bo‘lgan kompleks 
ishlar ketma-ket bajariladi. Stendlar bevosita barpo etilayotgan binoga va bir 
vaqtda metall konstruksiyalari va qurilish materiallari omborxonalariga yaqin 
joylarga joylashtiriladi. Stendlar supalar va yuk ko‘taruvchi mexanizmlar bilan 
jihozlanadi. Tomyopma bloklari ishlarni bajarish jaraenida qo‘zg‘almas bo‘ladi. 
Stenddagi ishlarni ixtisoslashlashtirilgan metallkonstruksiya montajchilari, 
quruvchilar va texnologik uskunalarni montajchilarining mobil zvenolari 
bajaradi. Ishchilarning turg‘un ish joyi mavjud emas, ular bir statsionar blokdagi 
ishni to‘gatib , shunday ishlarni bajarish uchun boshqa yangi bazaga, boshqa
stendga ko‘chishadi.


113 
Ammo bu o‘tishlar va asboblarni, materiallarni va mexanizmlarni 
ko‘chirishlar ko‘p miqdordagi ish vaqtini yo‘qotilishiga olib keladi, ayniqsa 
stendlar soni ko‘p bo‘lganda. Lekin stendli usulda ishlarni bir xil maromda 
bajarilishi − ritmiylik ta’minlanadi va bloklardagi ishlarni davomiyligi bir xil 
bo‘lishiga erishiladi. Tayyor bloklar transportlarda tashilib, shu ishlar uchun 
mo‘ljallangan mexanizmlar bilan odatdagi tartibda montaj qilinadi.
10.2-rasm. Tomyopma bloklarini turlari (tiplari). 
a, b – simmetrik strukturali bloklar; v – simmetrik bo‘lmagan blok;
1 – stropila osti fermasi; 2 – stropila fermasi; 3 – progonlar. 
Konstruksiyalarni oldindan bloklar tarzida yiriklashtirish montaj ishlarini 
bajarishda ko‘p afzalliklarga ega:
• oqim-stend liniyasini qurish uchun kam miqdorda material va mehnat 
xarajati; 
• ishchilarni mahsulot ishlab chiqarishi 1,3 ... 7 barobarga oshadi
• montaj qilishda iqtisodiy samaradorlik elementlab montaj qilishga 
nisbatan yuqori bo‘ladi; 
• bloklarni yig‘ish uchun nisbatan arzon va yuk ko‘taruvchanligi kam 
montaj kranlarini qo‘llanilishi; 
• yig‘ishdagi yuqorida bajariladigan xavfli ishlarni mustasno bo‘lishi,
chunki barcha ishlar yerda yoki surilar bilan jihozlangan stendlarda bajariladi; 
• bir marotaba ko‘tariladigan yuk massasi oshadi; 


114 
• doimiy nazorat bemalolligi ishlar sifatini sezilarli darajada oshiradi; 
• umumiy ishlarni davomiyligi kamayadi. 
• asosiy yuk ko‘taruvchi montaj mexanizmidan samarali foydalaniladi va 
uning to‘rib qolishi mustasno bo‘ladi. 
Yig‘ish stendlarini soni asosan 2 ta dan 6 ta gacha, va shunga mos 
ravishda ( yarasha) bir sutkada 1 ta dan 5 ta gacha bloklarni yig‘ish mumkin. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling