1. Portlovchi moddalar maxsus jihozlangan avtotransport vositalar


Download 21.07 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi21.07 Kb.
#1174610
Bog'liq
PMLARNI PORTLASHINI QO\'ZG\'ATISHDA VOSITALAR BILAN BIRGA TRANSPORTLARDA TASHQI QOIDALARI


PMLARNI PORTLASHINI QO'ZG'ATISHDA VOSITALAR BILAN BIRGA TRANSPORTLARDA TASHQI QOIDALARI
Reja:
1. Portlovchi moddalar
2. Portlovchi moddalar maxsus jihozlangan avtotransport vositalar
3. Qo'zg'atishda vositalar bilan birga transportlarda tashqi qoidalari

Portlovchi moddalar va portlatish vositalarining (keyingi o‘rinlarda matnda “portlovchi moddalar” deb yuritiladi) xavfsizligini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda ushbu materiallar jinoyat maqsadlarida o‘g‘irlanishi, talon-toroj qilinishi, foydalanilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish faqat portlatish ishlarini bajarish uchun litsenziyalarga ega bo‘lgan sanoat korxonalarining buyurtmanomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga alyuminiy kukuni va qurumini (TIF TN kodlari 760310000, 760320000) olib kirish iste’molchi korxonalarning asoslangan buyurtmanomalari asosida faqat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi;
2-bandning uchinchi xatboshiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
portlovchi moddalar maxsus jihozlangan avtotransport vositalari va temir yo‘l vagonlarida faqat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qurollangan bo‘linmalari soqchiligi ostida tashiladi;
portlovchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasi havo kengligida fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan tashish qat’iyan taqiqlanadi. Istisno hollarda bunday tashish fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan xavfsizlikning zarur chora-tadbirlariga rioya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin;
uzoq vaqt saqlanadigan portlovchi materiallar omborlari Ichki ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadi, qisqa muddatli, ko‘chma sarflash va yer osti omborlari Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari yoki idoraviy harbiylashtirilgan soqchilik xizmati tomonidan qo‘riqlanishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
portlovchi moddalarni hisobga olish, saqlash, transportda tashish va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avval chiqarilgan qarorlariga muvofiq tuzilgan portlovchi materiallarni xarid qilish va olib kirishga kontraktlar ular bo‘yicha majburiyatlar bajarilgunga qadar amal qiladi.
3. Zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ulardan portlatish ishlarini bajarishda foydalanish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslik markazi tomonidan ruxsat berilgan chastotada ishlash sharti bilan Muruntov konida quduq zaryadlari bloklarini masofadan turib boshqarishga maxsus mo‘ljallangan “Druza-M” tipidagi portlatish apparatini olib kirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga (N.I. Kucherskiy) xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilgan holda mazkur apparatni olib kirish, hisobga olish, saqlash va undan maqsadli foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) bilan birgalikda Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi mavjud “Druza-M” tipidagi zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun qat’iy nazoratni ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
5. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi (B.A. Matlyubov), Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi (G‘.Q. Tishayev) sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibiga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekportlatishsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda zamonaviy talablarni va shart-sharoitlarni hisobga olgan holda:
bir oy muddatda — Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni tashish qoidalarini (ularda mutaxassislarga qo‘yiladigan ishlab chiqarish talablari va ishga qo‘yishni rasmiylashtirish tartibi nazarda tutilsin);
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi 2005-yil 25-maydagi 4 va 79-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish Qoidalari (ro‘yxat № 1492, 08.07.2005-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi 2005-yil 25-maydagi 5 va 80-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yo‘l transportida tashish Qoidalari (ro‘yxat № 1493, 08.07.2005-y.).
2005-yil 1-yanvargacha — Portlatish ishlarini bajarishda xavfsizlikning yagona talablarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ikki oy muddatda portlovchi materiallarni ishlab chiqaradigan yoki ulardan foydalanadigan korxonalarda portlovchi materiallar, portlatish qurilmalarini tashish, saqlash va portlatish ishlarini amalga oshirishga qo‘yilgan xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilsin.
8. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar ro‘yxatiga kiritilgan portlovchi moddalar va portlatish vositalarini (keyingi o‘rinlarda matnda “portlovchi materiallar” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish portlovchi materiallarni yaratish, ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
2. Portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi va qo‘llanilishiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan ruxsat berilgan portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga ruxsat beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasiga portlovchi materiallar jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi, shu jumladan kuzatib borilmaydigan bagajda olib kirilishi taqiqlanadi.
5. Olib kirilayotgan portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish jo‘natuvchining ta’minlashi (tamg‘asi) va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qurollangan bo‘linmalari soqchiligi ostida alohida to‘lanadigan haq evaziga maxsus jihozlangan avtotransport vositalari va temir yo‘l vagonlarida amalga oshiriladi.
6. Portlovchi materiallarni tashiyotgan transport vositalari (olib kirishga ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tkazish manzillari orqali ustuvor tartibda o‘tkazib yuboriladi.
7. Portlovchi materiallar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilganda, ularning bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati O‘zbekiston Respublikasining bojxona haqidagi qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. Portlovchi materiallarning bojxona tekshiruvi faqat maxsus jihozlangan joylarda (portlovchi materiallar saqlanadigan omborlarda) amalga oshiriladi.
9. Zarur hollarda bojxona organlarining taqdimnomasi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi olib kirilayotgan tovarlar probalari va namunalarini portlovchi materiallarga tegishlilik yuzasidan identifikatsiya qiladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallar tranziti O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi
11. Portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
portlovchi materiallar qo‘llanilishi maqsadlari va ular qo‘llaniladigan obyektlar, miqdori, markasi va nomi, olib kirishning aniq muddatlari, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish manzili, foydalaniladigan transport turi, yuk jo‘natiladigan va tushiriladigan manzillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yukni tashish uchun taqdim etayotgan tashkilotning nomi, yukni oluvchi tashkilotning nomi, tashish yo‘nalishi va portlovchi materiallar saqlanadigan joy (portlovchi materiallar ombori) ko‘rsatilgan holda portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza;
O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi bo‘yicha yukning xususiyati, moddalarning klassifikatsiya shifri, agregat holati, xavfli xossalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan (bojxona organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgungacha) portlovchi materiallarni yetkazib berishga kontrakt (shartnoma), olib kirish bir necha turkumlarda amalga oshirilgan taqdirda — tashish jadvali;
11-bandning to‘rtinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
olib kirilayotgan portlovchi materiallar O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilishiga va portlatish ishlarini bajarish huquqiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining ruxsatnomasi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
portlovchi materiallarni sotib olishga va ularni saqlash omborlaridan foydalanishga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining guvohnomasi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan olib kirilayotgan portlovchi materiallarga muvofiqlik sertifikati;
mahsulotni tayyorlovchiga xalqaro standartlarga (ISO-9001, 9002) muvofiq berilgan mahsulot sifati sertifikati;
portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tashishga ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
ariza ko‘rib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
avariya kartochkasi.
III. Ruxsatnomalarni berish tartibi
12. Portlovchi materiallarni bir necha turkum qilib olib kirishda ariza beruvchi yukning butun turkumiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnoma olish to‘g‘risida bitta ariza berishi mumkin.
Portlovchi materiallarni bir necha turkum qilib olib kirishga ruxsatnoma yukning har bir turkumiga alohida rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza olingandan keyin zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga — mahsulotlarni olib kirishning maqsadga muvofiqligi va Portlatish ishlarida xavfsizlikning yagona qoidalariga, shu jumladan markalash qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risida, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga — portlovchi materiallarni olib kirish mumkinligi va tashishning maqbul yo‘nalishi to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi.
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosli xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga o‘n kun muddatda taqdim etiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi olingan xulosalar asosida o‘n besh kun muddatda portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, tegishli ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishga asoslari ko‘rsatilgan rad javobini yo‘llaydi.
15. Portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
tashuvchi tashkilotning va oluvchi tashkilotning nomi;
O‘zbekiston Respublikasining TIF TN, BMT nomenklaturasi bo‘yicha yukning xususiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, moddaning klassifikatsiya shifri;
portlovchi materiallarning miqdori, markasi va nomi;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish manzillari, O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish yo‘nalishi;
foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — maxsus avtotransportning markasi va davlat raqamlari);
O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qilishda yukni kuzatib borish va uni qo‘riqlash to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar va tashishning boshqa shartlari;
kontraktlar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibi va muddatlari.
16. Portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza va mazkur Nizomda belgilangan boshqa hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat chegarasi orqali rejalashtirilayotgan o‘tishdan kamida 5 sutka oldin O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasini, portlovchi moddalarni temir yo‘l transportida tashishda esa — shuningdek Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini xabardor qiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
18. Portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnomaning amal qilish muddati 30 kundan ortiq bo‘lmaydi.
19. Ruxsatnoma berish quyidagi hollarda:
Oldingi tahrirga qarang.
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asoslangan xulosalari bo‘yicha;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq emasligi, ularning belgilangan talablarga muvofiq emasligi yoxud ulardagi taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchsizligi;
ariza ko‘rib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yig‘im to‘lanmaganligi;
tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlar yoki jamoat tartibi va xavfsizligi qo‘riqlanishi ta’minlanishi manfaatlariga xavf soluvchi boshqa holatlar paydo bo‘lishi yoki paydo bo‘lish xavfi hollarida chiqariladi.
Ruxsatnoma berish rad etilishi bunday qaror qabul qilingandan keyin ikki kun muddatda rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
20. Berilgan ruxsatnoma quyidagi hollarda:
ruxsatnoma egasi portlovchi materiallarni tashishni rad etgan;
ruxsatnoma uning berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan to‘liq bo‘lmagan yoki ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar asosida berilgan;
ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish vaqtida undan xabardor bo‘lish uni berish rad etilishiga olib keladigan holatlar aniqlangan;
tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlar yoki jamoat tartibi va xavfsizligi qo‘riqlanishi ta’minlanishi manfaatlariga xavf soluvchi boshqa holatlar paydo bo‘lishi yoki paydo bo‘lish xavfi;
portlovchi materiallarni transportda tashishning belgilangan tartibi buzilishi hollarida bekor qilinishi mumkin.
Ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorda bekor qilishning asoslari ko‘rsatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bekor qilish to‘g‘risidagi qaror zudlik bilan ruxsatnoma egasiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasiga, portlovchi moddalar temir yo‘l transportida tashilganda esa — shuningdek Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yuboriladi.
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
IV. Yakuniy qoidalar
21. Berilgan ruxsatnomalardan foydalanish hisobga olinishini yuritish uchun tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ruxsatnoma berish chog‘ida belgilanadigan shakl va muddatlar bo‘yicha kontraktlar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida axborot taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ariza beruvchi ruxsatnoma olishni yoki portlovchi materiallarni tashishni rad etgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Download 21.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling