N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

O‘rta turdagi binolar montaji. Bunday binolarga prokat stanlar
blyuminglar (temir yoyadigan katta mashina), slyabinglar (prokat stanlarini bir 
turi), tayyorlov omborlari va boshqalar kiradi. Qurilish montaj ishlari ikki usulda 
olib boriladi – ochiq va yopiq. Usul tanlanishi ko‘p faktorlarga bog‘liq: bino 
karkasining konstruksiyasi, kerakli montaj mexanizmlari va poydevorlarni 
qurish va ularga texnologik jihozlarni urnatish montaji uchun kerakli ish 
hajmlarini mavjudligi. 
Ochiq usulda avval uskuna va konstruksiyalarning poydevorlarini barpo 
etish bo‘yicha xamma ishlar bajariladi, shuningdek xamma yerosti 
kommunikatsiya ishlari, yerto‘la, tunnellar, boshqa barcha nolinchi sikl ishlari 


109 
bajariladi. Bu ishlarni xammasi tugagach bino karkasini montaj qilishga 
kirishiladi.
Bu usul ishlarni parallel bajarilishini tashkil
etishda
yuqori aniqlikni
talab qiladi, chunki uskunalar ostida turli xil ko‘p sonli yig‘ma va monolit 
poydevorlarning mavjudligi, yerto‘lalarni borligi , pol sathi balandligining farqi, 
ayrim hollarda oraliqlarda montaj mexanizmlarini nafaqat o‘rnatish hatto 
ko‘chish imkonini bermaydi. Ammo ochiq usulda keng front bo‘ylab ko‘p 
hajmli yer ishlarini, bino konstruksiyalari va texnologik uskunalar osti 
poydevorlarini barpo etishni, barcha muhandislik kommunikatsiyalarini
o‘rnatishlarni bajarish mumkin.
Yopiq usulda dastlab binoning karkasi barpo etiladi, yer ishlaridan 
boshlab, karkas ostiga monolit va yig‘ma poydevorlarni barpo etilib, binoning 
barcha yer usti konstruksiyalarini montaj qilinadi, tomyopma konstruksiyalari va 
tomqoplamalarini barpo etish ishlari bajariladi. Yuqoridagi ishlar bajarilab 
bo‘lingandan so‘ng, kotlovanni qazib, texnologik uskunalarning poydevorlarini 
betonlash uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.
Bu usulda ishni tashkil etishda montaj mexanizmlarini ishlashi va bino 
karkasini montaji uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi. Ammo qurilish 
tashkilotlari o‘z ishlarini ikkita bosqichda olib borishiga to‘g‘ri keladi – avval 
yer ishlari va binoni karkasi ostiga poydevorlar barpo etish, so‘ngra xuddi 
shunday ishlar texnologik uskunalar uchun amalga oshiriladi.


110 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling