N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

To‘xtash joyi № 14. Metall deraza panjaralariga oyna solish ishlari
santexnika va ventilyatsiya quvurlarini montaji; 
To‘xtash joyi № 15. Havo o‘tkazgich, ventilyatsiya sistemasini 
elementlarini montaji, quvurlarni bo‘yash;


120 
To‘xtash joyi
 
№ 16. Oraliq to‘xtashida. Hamma maxsus ishlarni 
tugallash, elektrjixozlarini montaji va barcha armaturalarni o‘rnatish. Hamma 
ishlar bo‘yicha aniqlangan defekt( no‘qson) va kamchiliklarni bartaraf etish. 
SHunday qilib 16 ta to‘xtash joyi bo‘lgan konveyerga izlari orasidagi 
masofa 840 sm li ikki o‘qli 20 ta arava tayyorlangan edi, shulardan 16 tasi 
konveyer to‘xtash joylarida, bittasi №1 to‘xtab –turish joyiga yaqinida, 
ikkinchisi qaytish yo‘llarida, ikkita arava – zahirada. 
Metall konstruksiyalarini konveyerda yig‘ishda bir smenada o‘rtacha 50 
tagacha montajchilar qatnashadi, ko‘p sonli montaj mexanizmlar parki xizmat 
qiladi. Konveyer majburiy to‘xtab qolishi tufayli ishchilar ko‘p ish vaqtini 
yo‘qotib , konveyer ishini ritmi bo‘ziladi. Bu kamchiliklarni stendli -konveyer 
usulida bartaraf qilish mumkin. Tomyopma bloklarini stendda yiriklashtirib 
yig‘ish usuli yonma-yon bajariladigan boshqa ishlarga bog‘liq bo‘lmaydi. 
Bloklarni stendda yig‘ish konveyer ritmidan oldinda yuradi, ya’ni yig‘ilgan 
bloklar konveyer liniyasining boshida to‘planadi. Konveyrda hamma hamkor 
tashkilotlarning ishlari bajarilib blok to‘liq tugallangan holatga olib kelinadi.
Stendlar konveyerdan alohida ishlaydi, ularni sonini talabga qarab ko‘paytirish 
yoki kamaytirish mumkin (10.5- rasm ).
10.5-rasm. Stendli-konveyerda tomyopma bloklarini yig‘ish sxemasi:
1- konveyer liniyasini yo‘li; 2 – ko‘ndalang yo‘llar; 3 – asosiy montaj 
krani; 4 – yordamchi kran; 5 – tomyopma bloklarini yig‘ish stendlari; 6 – tomyopma 
bloklarini yig‘ish joyi; 7 – konstruksiyalar ombori; 8 – chorpoyali kran; 9 – umumqurilish 
ishlarini bajarish uchun konveyerdagi to‘xtash joylari. 
Konveyer liniyasi qurilish maydonining sharoitiga qarab, qurilayotgan 
binoga fasadni bo‘ylamasiga parallel yoki perpendikulyar qilib joylashtirilishi 


121 
mumkin. Agar sharoit mavjud bo‘lmasa qurilayotgan binoning birorta 
korpusining oralig‘iga konveyer liniyasi joylashtirilib , unga xizmat oldin 
montaj qilingan ko‘prik kran bilan amalga oshiriladi. Tayyor tomyopma bloklari 
bilan birinchi bo‘lib usha oraliq yopiladi va u bloklardagi tomyopma, oynalash
va bo‘yoqlash ishlari bajarilishi uchun sharoit yaratiladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling