N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

To‘xtash joyi – ish o‘rni bo‘lib, unda ma’lum aniq belgilangan qurilish 
jarayoni bajariladi, u yerdagi ishlarni maksimal mexanizatsiyalashtirish uchun
ular konduktorlar, so‘rilar, moslamalar, kichik mexanizatsiya vositalari , elektr 


116 
bilan ishlaydigan yuqori unumdorli instrumentlar, asbob-uskunalar bilan 
jihozlangan bo‘ladi.
Tomyopma bloklarini konstruktiv yechimlariga qarab birinchi 3…6 
to‘xtash joylarida tomyopma bloklarini ya’ni stropila va stropilaosti fermalari, 
bog‘lovchilar, progonlar, profil to‘shamalar, yorug‘lik – aeratsiya fonarlarini 
yig‘ish ishlari bajariladi. Keyingi to‘xtash joylarida ferma oraliqlari to‘ldirilib, 
konstruksiyalari 
bo‘yaladi, 
tomqoplamalari 
quriladi 
va 
sanoat 
kommunikatsiyalari, kabellar o‘tkaziladi.
Bajariladigan ish turiga qarab konveyer liniyasining to‘xtash joylari 
statsionar so‘rilar, o‘tish ko‘prikchalari bilan jihozlanadi. Har bir yig‘iladigan 
blok aravalarda siljitilib metallkonstruksiyalar yig‘ilishi va bo‘yoqlanishidan 
tashqari to‘xtash joylarida ketma-ket ravishda sanitar-texnik jihozlarni, 
elektroapparaturalarni va ventilyatsion quvurlarni montaji, hamda 
umumqurilish ishlari bo‘lgan tom qurish va oynalash ishlari bajariladi. Oxirgi 
to‘xtash joyida yiriklashtirilgan bloklarni qabul qilish amalga oshiriladi.
Bunday bloklar, konveyerdan tushgach o‘rnatishga to‘liq tayyor holatda 
bo‘ladi va ular qabul qilingach montaj qilish zonasiga tashiladi, u yerda mos 
yuk ko‘taruvchanlikka ega kranlar bilan loyihaviy holatiga o‘rnatiladi.
Bo‘shagan aravalar konveyer boshiga ko‘chiriladi. 
Bloklarni konveyerda bo‘ylama joylashishi yig‘ishda kichik qulochli 
strelali kranlarni, ko‘ndalang joylashganda esa konveyer uzunligi kamaysada 
lekin yuk ko‘tarish qobiliyati katta va uzun qulochli kranlarni qo‘llashga to‘g‘ri 
keladi. Ko‘pincha metall konstruksiyalarni yig‘ishda va bo‘yashda bloklar 
konveyerda bo‘ylama joylashganda 8...10 ta gacha to‘xtash joyi, 
tomqoplamalarni yopish va kabellarni o‘tqazish uchun 6 ta to‘xtash joylari talab 
qilinadi. SHunday qilib konveyerni umumiy uzunligi o‘rtacha 16 ta to‘xtash
joyidan iborat bo‘ladi. Konveyerni joylashish o‘rni qurilayotgan binoga nisbatan 
uning konfiguratsiyasiga, bo‘sh maydonining borligiga, konveyer liniyasi 


117 
yonida umumqurilish va maxsus ishlarni olib borish uchun temir konstruksiyalar 
va materiallar omborxonasini joylashtirish imkonlariga bog‘liq bo‘ladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling