N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Tomyopma bloklarining konstruksiyalari va ularni yig‘ish usullari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
10.3.1. Tomyopma bloklarining konstruksiyalari va ularni yig‘ish usullari 
 
Tomyopma bloklari konstruksiyalari. Tomyopma bloklari – bu 
fazoviy sistema, bo‘lib, uni o‘zgarmasligi konstruksiyadagi gorizontal va 
vertikal bog‘lovchilar borligi, hamda metall profilli to‘shama hosil qilgan “disk” 
orqali ta’minlanadi. 
Bloklarni o‘lchamlari modul 6 m bo‘lganda 12×18 m dan 36×36 m 
gacha, bloklarni maydoni 216 ... 1300 m
2
, massasi 30 ... 190 t. Dastlab 
tayyorlanib va montaj qilingan maydoni bo‘yicha eng katta bloklar o‘lchami 
24×144 m va massasi 640 t bo‘lgan. Hamma bloklar yorug‘lik va aeratsiya 
fonarlari bilan jihozlangan bo‘lgan.
Bunday bloklarni montaj qilishdagi kamchiliklardan biri uni 
montajidagi geometrik o‘zgarmasligini ta’minlash konstruksiyani og‘irlashuviga 
olib keladi. SHuning uchun tayyorlanishida, ko‘chirishda va montajni 
qulayligini ta’minlash uchun qiyinchilik tug‘dirgani va fazoviy bikrligini 


112 
ta’minlash qiyin bo‘lgani uchun, keyinchalik o‘rnatish tartibida “blokni-blokka” 
prinsipi qo‘llaniluvchi blok konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Bunda asosiy ish 
hajmi tomyopmani barpo etish konveyerda bajarilib, ishlarni mehnat sarfining 
faqat 10…12% bloklarni balandlikda maxkamlash va tom choklarga ishlov 
berish tashkil etadi.
Tomyopma bloklarining turlari 50 dan oshiq bo‘lib, asosan 
loyixalashdagi asosiy tendensiya- intilishlar uchta (10.2−rasm): 
1. Simmetrik bloklar – ularda 2 ta stropila osti fermasi va 2 ta stropila 
fermasi ustunlar o‘qidan 3 m ga siljigan. 
2. Kvazisimmetrik bloklar – ularda 2 ta stropila osti fermasi va 3 ta 
stropila fermasi, ulardan ikkita chetkisi yengillashtirilgan ustun o‘qlari bo‘ylab 
joylashtirilgan bo‘lib, ular kam yuk ko‘tarish yuzasi uchun xisoblangan bo‘ladi. 
3. Simmetrik bo‘lmagan bloklar – bunda fermalardan bittasi bo‘lmaydi
(stropilaosti fermasi yoki stropila fermasi).

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling