N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


 Turli turdagi binolar montajining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

10.2. Turli turdagi binolar montajining o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Yengil turdagi binolar montaji. Bunday bir qavatli sanoat binolarining 
geometrik parametrlari (oraliq va balandlik), chegaralangan bo‘lib, ularda 
ko‘pincha ko‘priksimon kranlar bo‘lmaydi. Bunday binolarda ko‘pincha yengil 
tomyopma konstruksiyalari qo‘llaniladi: to‘g‘ri burchakli kesimga ega etib 
payvandlangan profillar, quvurlardan tayyorlangan fermalar, strukturali 
tomyopma konstruksiyalari va boshqalar. Yengil turdagi binolarning xamma 
konstruktiv elementlari uncha og‘ir bo‘lmagan massaga ega bo‘lib, ularning
og‘irligi 8 t dan oshmaydi. 
Binoning karkasini montaj qilishni boshlashdan oldin, nol siklidagi ishlar 
tugallangan bo‘lishi, pol osti beton ishlari bajarilgan bo‘lishi kerak, bu esa 
montaj kranlarini va transport vositalarini to‘siqlarsiz xarakatlanishini 
ta’minlaydi.
Binoning qurilish maydonini yuzasi, uning konstruktiv yechimlari va u 
bilan bog‘liq konstruksiyalarni xajmini hisobga olgan xolda, tomyopma 
konstruksiyalarini elementlab yoki blokli montaj qilish qabul qilinadi. Bloklar 
yig‘ilishi stellajlarda, stendlarda va konveyer liniyalarida amalga oshiriladi. 
Ramali konstruksiyalarni elementlab, strukturalilar esa faqat yiriklashtirilgan 
bloklar bilan montaj qilinadi.
Elementlab montaj qilish yuk ko‘tarish qobiliyati 10...20 t bo‘lgan 
o‘ziyurar gusenitsali, pnevmog‘ildirakli va avtokranlar yordamida amalga 
oshiriladi. Montaj ishlari yuqori sur’atini ta’minlash uchun konstruksiyalarni 
uzluksiz montajga yetkazish uchun omborni ishi aniq yo‘lga qo‘yilishi kerak. 
Konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ish IBLda nazarda tutilmagan bo‘lsa, unda 
ular montaj qilinayotgan oraliqdagi yig‘uvchi stendlarida emas omborda 
bajarilishi kerak. SHunda, avtotransport harakati uchun va konstruksiyalarni “ 
transportdan montaj”i uchun eng qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilgan bo‘ladi, 


108 
chunki ularni loyiha holatiga kutarish o‘rnatilish yonida vaqtinchalik 
taxlanmasdan amalga oshiriladi. 
Blokli montaj qilishda yuk ko‘tarish qobiliyati 40...50 t bo‘lgan kranlar 
qo‘llaniladi. Tomyopma bloklarini yiriklashtirib yig‘ish montaj kranlaring ishchi 
zonalarida, ya’ni binoning montaj qilinayotgan oralig‘ida yoki chegaradosh 
oraliqda joylashtirilgan maxsus stendlarda amalga oshiriladi. Stendlarda 
bloklarni yiriklashtirib yig‘ish yuk ko‘taruvchanligi kichikroq bo‘lgan mobil 
strelali kran yordamida bajariladi. 
Montajni qushni oraliqlarga siljishiga qarab stend yangi manzilga 
(to‘xtash joyi) asosiy montaj krani bilan ko‘chiriladi. Binoning maydoni katta va 
montaj qilinayotgan konstruksiyalarning hajmi juda ko‘p bo‘lganda tomyopma 
bloklarini yig‘ish konveyer liniyalarida amalga oshiriladi. 
Strukturali konstruksiyalarni montaj qilishda, quyidagi montaj qilish 
texnologiyasi ko‘zda tutiladi. Birinchi bo‘lib ustunlar o‘rnatiladi, keyin 
ko‘tariladigan joyda 30×30 m tomyopma strukturasi yiriklashtirilib ko‘tarishga 
tayyorlanadi. Blok loyixaviy holatiga ikkita kran bilan ko‘tariladi (10.1-rasm). 
Blok maxsus traversalar yordamida to‘rtta joyidan ilinadi. To‘suvchi yengil 
devorlarni elementlab yoki 3...4 ta paneldan iborat yiriklashtirilgan 
elementlardan montaj qilinishi mumkin. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling