N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Birgalikdagi usulda yer osti xo‘jaligi uchun, texnologik uskunalar va 
bino poydevorlari uchun dastlab umumiy kotlovan qaziladi. Uskunalar 
poydevorlarini betonlash ishlari va boshqa yer ostidagi ishlar bino karkasini 
montaji birgalikda olib borilib, bunda uskunalar poydevorini topshirish 
davrigacha boshqa uchastkalarda karkasni montaj qilish tugallanib, texnologik 
uskunalarni montajiga kirishish uchun imkoniyat yaratiladi.
Kombinatsiyalangan usulda oraliqlarda texnologik uskunalar yetarlicha 
darajada ko‘p va rivojlangan yerosti xo‘jaligiga ega bo‘lsa yotiq usulda, boshqa 
oraliqlarda texnologik uskunalar va rivojlangan yerosti xo‘jaligi uncha ko‘p 
bo‘lmasa ochiq usulda barpo etiladi. Bunda montaj kranlari yer osti xo‘jaligi 
kam rivojlangan oraliqlarda joylashtiriladi.
 
9.3. Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj 
mexanizmlari 
 
Amalda bir qavatli sanoat binolarining konstruksiyalarini montaj 
qilishning bir necha xil usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ishlarni talab qilingan 
ketma-ketlikda olib borish, barpo etilayotgan binoning konstruktiv sxemasi, 
montaj va texnologik uskunalarni turi, binoni ekspluatatsiya–foydalanishga
topshirish muddati, va yig‘ma konstruksiyalarni yetkazib berish ketma-ketligiga 
qarab u yoki bu usul qo‘llaniladi.
Yengil turdagi bir qavatli sanoat binolari ko‘pincha alohida usulda, og‘ir 
tipdagilar kompleks (majmuali) usulda montaj qilinadi, ammo shu kabi 
binolarni montaj qilishning asosiy usuli aralash usuldir.


102 
Yengil turdagi binolar gusenitsali va pnevmog‘ildirakli o‘ziyurar strelali 
kranlar yordamida; o‘rtacha turdagilar – o‘ziyurar strelali, chorpoyali va 
minorali kranlar yordamida; og‘ir turdagilar – yuk ko‘tarish qobiliyati katta 
bo‘lgan minorali kranlar, gusenitsali kranlar va yordamchi kran sifatidagi strelali 
– machtalar yordamida montaj qilinadi.
Kransiz binolarni montaj qilishda, agar tomyopma plitasining uzunligi 
12 m bo‘lsa va fermalarni massasi og‘ir bo‘lsa, plitalarni montaj qilishda katta 
strela qulochi talab qilinganda quyidagi kranlar qo‘llaniladi:
• Yuk ko‘tarish qobiliyati 40 t va undan ortiq, minorali-strela uskunali 
gusenitsali kranlar;
• Oraliq o‘lchamlari 24 m dan va soni 3 ta dan oshmaganda o‘rtadagi 
oraliqda bitta temir yo‘l rels bo‘ylab xarakatlanadigan minorali kranlar; 
• Binoning eni 36 m gacha bo‘lganda oddiy turdagi chorpoyali kranlar; 
• Binoning eni 66 m gacha bo‘lsa oldindan zo‘riqtirilgan rigelli 
chorpoyali kranlar ishlatiladi, bu kranlar birdaniga ikkita – uchta yonma-yon 
oraliqlarda montaj ishlarini olib borish imkoniyatini beradi.
O‘rta va yengil turdagi binolarni montaj qilishda ko‘pincha elementlarni 
oldindan montaj zonasiga taxlab terib chiqish usuli qo‘llaniladi. Og‘ir tipdagi 
binolarda montaj qilinadigan konstruksiya montaj zonasiga yetkazib beriladi va 
transportdan to‘g‘ridan – to‘g‘ri montaj qilinadi (transportdan montaj). 
Konstruksiyalarni taxlab – terib chiqish loyihaviy joyiga o‘rnatishdan 1...2 
smena oldin bajariladi . Bu oraliqni konstruksiyalar bilan to‘ldirib yubormaslik
va montaj kranini erkin harakatini ta’minlash uchun qilinadi (9.2−rasm).


103 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling