N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
10.3.2. Konveyerda yig‘ish 
 
Ishlab chiqarishga oid binolarni tomyopma bloklarini konveyerlarda 
yig‘ishni mohiyati shundaki, alohida maydonchada, qurilayotgan ob’yektga 
yaqin joyda, maxsus uskuna va moslamalar bilan jihozlangan va yuk ko‘tarish 
mexanizmlari bilan metallkonstrutsiya elementlari operatsion ketma-ketlikda 
yig‘ilib, ma’lum o‘lchamdagi bikir fazoviy tomyopma bloki xosil qilinadi.
Konveyerni birinchi to‘xtash – turish joyida (10.3−rasm) bikir qilib 
to‘rtta metall ustun o‘rnatilgan (ustunlarni yuqori qismi) bino uchun qabul 
qilingan to‘r asosida, masalan 12×24 m li o‘lchamlarda. Birinchi to‘xtash joyi 
stend bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘rnatilgan ikkita stropilaosti va stropila 
fermalarni yuqori aniqlikdagi geometrik o‘lchamlarini va bir – biriga bikir qilib 
o‘zaro maxkamlashni ta’minlaydi. Yig‘ilgan blok domkratlar yordamida 10…15 
sm, balandlikka ko‘tarilib, nolinchi turish joyidan relslar bo‘yicha to‘rt 
g‘ildirakli balansirlovchi aravacha yoki ikki o‘qli mustaqil aravachaga keltirilib 
blok ostiga kiritiladi, blok unga tushirib maxkamlanadi. Keyinchalik blokni 
konveyer bo‘yicha siljitish shu aravacha yordamida amalga oshiriladi.
Konveyerning xamma aravachalari o‘zaro bir-biri bilan biriktirilgan 
bo‘lib, xamma bloklar bir to‘xtash joyidan ikkinchisiga rels bo‘ylab bir vaqtda, 
bir xil vaqt oralig‘ida, bir xil masofaga elektrchig‘irlari va polispastlar 
yordamida siljitiladi. Relsli yo‘llar, aravachalar, yig‘ish va bloklarni siljitish 
moslamalari xammasi birgalikda konveyer deyiladi.


115 
10.3-rasm. Konveyerni birinchi turar joyida tomyopma bloklarini yig‘ish uchun 
konduktor: 
1 – stropila osti to‘sini; 2 – stropila fermasi; 3 – konduktor ustuni; 4 – konveyer aravachasi;
5 – vintli domkrat; 6 – maydonchali montaj narvoni. 
Konveyerdagi yig‘ish ishlarining aloxida bir etapi bajariladigan joyni 
konveyer to‘xtash joyi deyiladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling