Nobikir yo‘l to‘shamalarini loyihlash. Hisobiy yuklamalar, to‘shamani mustahkamligi. Bikir yo‘l to‘shamalarining ishlash xususiyatlari. Bikir yo‘l to‘shamalarini hisoblash
Download 11.83 Kb.
|
1 Maruza
Nobikir yo‘l to‘shamalarini loyihlash. Hisobiy yuklamalar, to‘shamani mustahkamligi. Bikir yo‘l to‘shamalarining ishlash xususiyatlari. Bikir yo‘l to‘shamalarini hisoblash. Mustahkamlangan asoslarga yotqizilgan beton qoplamalarni hisoblash. Beton plitalar va qumli yoki grunt asoslarning deformatsiyalanish va elastiklik hossalaridagi katta farq beton plitalar ostida bo’shliqlar hosil bo’lishiga, plitalarning darz ketishiga va qoplamalarning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda intensiv harakatli yo’llarda beton qoplamalarni chaqiq toshlardan tayyorlangan mustahkam asosga yoki mustahkam grunt asoslarga yotqiziladi. Asoslar mustahkamlanganda plita bosimining yo’l poyining katta yuzasiga taqsimlanishi natijasida beton qoplamalarning mustahkamligi oshishi bilan bir qatorda, qoplamadagi darzlar va choklar orqali kiradigan suv ta’sirida gruntning namlanishining oldi olinadi. Mustahkamlangan asoslarga yotqizilgan beton qoplamalar qalinligini hisoblash ularning ostidagi qatlamlar tizimining ekvivalent modulining qiymatini hisobga olishdan iborat.Beton plita egilish kosasi hosil qilib, qoplama bosimini asosning katta yuzasiga taqsimlaydi (1-rasm). Eumum Eumum 1-rasm. Beton qoplamalar ostidagi mustahkamlangan asoslarning qalinligini aniqlashga oid sxema: Hmus Emus 1.beton qoplama; 2. mustahkamlangan asos; 3. yo’l poyi grunti. Asosga tushadigan bosim notekis taqsimlanganligidan haqiqiy epyurani teng kattalikdagi silindrik epyura bilan almashtiramiz. Yaqinlashish sifatida mustahkamlik zaxirasiga hisoblash vaqtida mustahkamlangan asosga tushadigan bosim diametri D bo’lgan yuzaga teng taqsimlangan bosimga mos keladi deb qabul qilamiz. Bu bosim plita ostidagi maksimal bosim ga teng bo’lib, (O.Ya.Shexter bo’yicha) elastik asosda yotgan plitalar uchun quyidagiga teng =0,12R 2, (1) bu yerda R - plitaga tushadigan jami yuklama; - plitaning bikirlik ko’rsatkich; bo’lganligidan Beton plitalarning qalinligi ketma-ket yaqinlashish usuli bilan hisoblanadi. Oldin,q atlamli asosning umumiy elastiklik moduli Yeumum ga qiymatlar berib, beton plitaning qalinligi N va yuzaning diametri D anilqanadi, bu yuza orqali bosim asosga beriladi. So’ngra yuqoridagi tenglamadan foydalanib, asos yuqorigi qatlamining qalinligini hisoblab topiladi. Agar qoplama va asosning hosil qilingan konstruksiyasi muvaffaqiyatsiz chiqsa, u qatlamlarning qalinligini asta-sekin almashtirish yo’li bilan yaxshilanadi va konstruktiv xamda texnologik mulohazalar asosida beton plitaning va asosning yuqorigi mustahkamlangan qatlamining maqbul qalinliklariga erishiladi. Topshiriq: O’qituvchi bergan ma’lumotlarga asosan bikr to’shamalarni loyihalsh. Download 11.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling