N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


X BOB. METALL KARKASLI BIR QAVATLI SANOAT BINOLARINI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

X BOB. METALL KARKASLI BIR QAVATLI SANOAT BINOLARINI
MONTAJI 
10.1. Umumiy qoidalar 
Sanoat binolarining 70% dan ko‘proq qismi bir qavatli qilib loyihalanadi 
va quriladi. Ko‘pincha katta oraliqlarni yopishda, ayniqsa yirik maydonli 
binolarni yopishda metall konstruksiyalar keng qo‘llaniladi. 
Bunday binolarni tomyopmalarini tayyorlash va montaj qilishning 
mehnat sarfi, umumiy binoni barpo etish mehnat sarfining 50-75% ni tashkil 
etadi, shuning uchun, butun qurilishni tugatish muddati tomyopmalarni montaj 
qilish davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Binolarning tomyopmalar konstruksiyasini 
yechimlari boshqa konstruksiyalardan elementlarning ko‘p sonli tutashuv 
uzellaridan (tugun) tashkil topishi bilan farq qiladi va shuning uchun ularni 
to‘g‘rilash, tomyopmaning ayrim elementlarni mos keltirish, ayniqsa biriktirish 
va mustahkamlashga ko‘p mehnat talab etiladi. Bundan tashqari tomyopmalarni 
elementlab montaj qilish yuqori baland joyda bajariluvchi va eng xavfli 
kategoriyaga kirganligi uchun, ishlar odatda sekin-asta olib boriladi.
Strukturali va yirik blokli tomyopmalarni keng qo‘llanilishi elementlab 
montaj qilishni istisno qiladi, chunki tomyopma konstruksiyasi to‘liq yer satxida 
yig‘ilib, loyihaviy sathga to‘liq bitgan blok xolida ko‘tarib qo‘yiladi. 
Blokli montaj po‘lat sinkli profilli to‘shama va samarali issiq-sovuqni 
o‘tkazmaydigan materiallarni qo‘llash boshlangandan keyin reallikka aylandi, 
bu esa tomyopma bloklarini yanada yuqori tayyorgarlik holatida yasalishiga va 
massasini ayrim qurilish kranlarining yuk ko‘taruvchanligiga mos kelishi 
imkonini berdi. Metall bloklardan tayyorlangan tomyopmalarni qo‘llanishi 
tufayli, og‘ir temir beton ferma va tomyopma plitalarni qo‘llanishiga xojat 
qolmaydi. Solishtirish uchun 12×24 o‘lchamdagi metall blok 40 t bo‘lsa xuddi 
shu o‘lchamdagi yig‘ma temir beton konstruksiyaning og‘irligi 80 t dan 120t 
gacha bo‘lib, 2-3 barobar og‘ir bo‘ladi.


107 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling