Eng xavfli ko’priklar


Download 26.55 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi26.55 Kb.
#1483950
  1   2   3
Bog'liq
Kopriklar


Eng xavfli ko’priklar
Assalomu alaykum, sahifamizning bugungi sonida dunyodagi eng xavfli ko’priklar haqida gaplashamiz. Ko‘priklardan qo‘rqish fanda gefirofobiya deb ataladi va ushbu qo’rquv ko’pchilikni hamroxiga aylanishga ulgurgan.
Pokiston shimolidagi Xunza daryosida joylashgan Husayniy ko’prigi. Arqonlar hamda 472 ta yog‘och taxtadan qurilgan ushbu ko’prikning uzunligi — 200 metr bo’lib, suvdan — 30 metr balandlikda joylashgan. Husayniy ko‘prigi ko‘proq zinapoyaga o‘xshaydi. Shamol va yuqori namlik tufayli arqonlar tezda chiriy boshlaydi. Shu sababli, ko’prikvayron bo‘lib, har safar qayta tiklanadi. Ko‘prik haqiqiy hayajonni istovchi sayyohlar orasida mashhur. Mahalliy aholi esa ko‘prikdan har kuni foydalanadi va bu ular uchun odatiy holga aylangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Husayniy ko‘prigida kamida o‘n kishi halok bo‘lgan.
Ubeyn yog‘och ko‘prigi – ushbu ko’prik Myanmaning Mandalay okrugida joylashgan. Uzunligi — 1208 metr, suvdan maksimal balandligi — 4,5 metrga teng. Ko’prik 1086 ta chirigan daraxt tanasi hamda mo‘rt joylari beton ustunlar bilan mustahkamlangan, ammo bu unga unchalik yordam bermaydi. Dunyodagi eng uzun va qadimiy bo‘lgan mazkur yog‘och ko‘prik 1851-yilda qurilgan. Ginnesning rekordlar kitobida Yaponiyadagi Xauray ko‘prigi dunyodagi eng uzun yog‘och ko‘prik sifatida ko‘rsatilgan. Uning uzunligi atigi 897,4 metrni tashkil etadi, bu ko‘rib turganingizdek Ubeyn yog’och ko’prigidan ancha qisqa. Umuman olganda, Ubeyn ko‘prigini ushbu yog‘och gigantni yaratishga pul to‘lagan Amarapura shahri hokimi sharafiga nomlashgan. Beyn — hokimning ismi, U esa birma tilida “xo‘jayin” degan ma’noni ifodalaydi
Shimoliy Irlandiyadagi Kerrik-a-Red arqon ko‘prigi. Uning uzunligi — 20 metr, balandligi — 30 metrni tashkil etadi. Ko’prik avval chirigan taxta va arqonlardan qurilgan bo’lsa, hozir Duglas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mustahkam kabel va archa yog‘ochlari bilan qayta rekonstruksiya qilingan. Avvallari baliqchilar u yerda losos baliqlarini ovlashgan. Bu yerga yetib kelish oson bo‘lishi uchun XVII asr o‘rtalarida ular ushbu ko‘prikni qurishgan. Dengiz shamoli va namlik tufayli arqonlar muntazam ravishda chirigan va taxminan uch yuz yil davomida baliqchilar har yili ko‘prikni yangilagan. Nihoyat, 2000-yilda irlandlar ko‘prikni qayta qurishga qaror qilishadi. Natija esa – ko‘prik baribir chirigan. Keyinchalik, 2008-yilda yanada mustahkam materiallardan foydalangan holda qayta qurilgan Kerrik-a-Red ko‘prigi hozirgacha yaxshi holatda saqlanib qolgan.

Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling