Eng xavfli ko’priklar


Download 26.55 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi26.55 Kb.
#1483950
1   2   3
Bog'liq
Kopriklar

Oxuela osma ko‘prigi – Meksikaning Durango shtatida joylashgan ko’prikning uzunligi — 275 metr, balandligi — 95 metrni tashkil qialadi. U XIX asr uchun innovatsion bo‘lgan temir kabellar, yog‘och va betondan qurilgan. Ko’prik joylashgan aholi punktiga bu joylarda oltin, kumush, rux va marganes konlarini kashf etgan ispaniyalik konkistador Fransisko de Oxuela nomi berilgan. 1598-yilda u koloniyaga asos solgan va u yerda 350 yildan ortiq konchilar avlodlari ishlagan. Oxuela ko‘prigi 1898-yilda Bruklin ko‘prigini qurgan me’mor Jon Roblingning o‘g‘illari tomonidan qurilgan. Qazib olingan minerallar esa aravachalarda kanyon orqali tashilgan.
Nepalning Ghasa-Kushme shahridagi osma ko’prik. Mustahkam metall to‘r, kabellar va yog‘ochdan qurilgan ko’prikning uzunligi — 137 metr, balandligi — 70 metrga teng. Dizayn xususiyatlari tufayli ko‘prik juda tor va egiluvchan. Shuning uchun ham u doimo shamolda tebranib turadi.
Malayziyaning Langkavi orolidagi osmono‘par ko‘prik. Uning uzunligi — 125 metr, yerdan balandligi — 100 metr. Ko‘prik po‘latdan yasalgan kabellar orqali bitta tayanchga mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek qurilishida temir, beton va shisha panellardan foydalanilgan. Bu yerga butun dunyodan kelgan sayyohlar Kedah marvaridi deb nomlangan orolning ajoyib manzarasidan bahramand bo‘lish uchun tashrif buyurishadi. Orolda namlik juda yuqori va ko‘pincha tumanli ob-havo kuzatiladi. Tasavvur qilishingiz uchun agar quyoshli kunda ko‘prikda sayr qilishdan zeriksangiz, bulutli kunda Langkaviga tashrif buyuring, chunki quyuq tuman ichida hatto qo‘llaringizni ham ko‘rishingiz amri mahol. Kuchli hayajon albatta kafolatlanadi.
Xitoydagi Chjangtzeyasze shisha ko‘prigi. Ko’prik toblangan shishadan yasalgan 120 ta paneldan, to‘rtta beton ustundagi po‘lat troslardan qurilgan. Umuman olganda, xitoyliklar shisha ko‘priklarni yaxshi ko‘radi — mamlakatda ularning soni 2300 dan oshgan, ammo Chjanszjie alohida ahamiyatga ega. Bu dunyodagi eng baland shisha ko‘prik! Me’morlarning ta’kidlashicha, inshoot bir vaqtning o‘zida 800 piyodaga dosh berishga qodir. Uning uzunligi — 430 metr, yerdan balandligi — 300 metrni tashkil qiladi.

Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling