N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Binoni montaj qilishni tashkil etish


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Binoni montaj qilishni tashkil etish. Qurilishning davomiyligini 
qisqartirish uchun binoning montaji qisqa yon tomonidan o‘rtaga qarab, 
binoning o‘rtasidan yon tomonlariga qarab yoki boshqacha yo‘nalishlarda olib 
boriladi, bunda asosan harorat chokigacha bo‘lgan blok mustaqil alohida montaj 
qilishi ko‘zda tutiladi. Ob’yektda ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan alohida 
ob’yekt oqimlari tashkil etilib, ularni xar biri bir nechta ixtisoslashtirilgan 
oqimlarda konstruksiyalarni ya’ni ustun, tomyopma konstruksiyalari va devor 
panellarini montaj qiladilar. Har bir ixtisoslashtirilgan oqim montaj krani va 
montaj moslamalari komplekti bilan ta’minlanadi. 
Agar barpo etilayotgan bino katta maydonga ega bo‘lsa, unda bino bir 
nechta qamrovlarga bo‘linadi. Qamrovlarning o‘lchamlari binoning hajmiy-
rejaviy va konstruktiv yechimlari, ishga tushirilish muddatlari va ishlarni mehnat 
sarfini xisobga olgan holda qabul qilinadi. Binoning qamrovlariga yoki montaj 
uchastkalariga bo‘linishi ishlab chiqarishni oqim bo‘yicha tashkillashtirishni
har bir uchastkada mustaqil montaj oqimi ishlashini ta’minlaydi. Uchastkadagi 
ishlar ketma-ket bir oqim bilan yoki parallel va bir vaqtda bir nechta 
ixtisoslashtirilgan oqimlar bilan bir nechta uchastkalarda bir vaqtda bajarilishi 
mumkin.  


99 
9.2. Qurilish sakllarini birgalikda bajarish usullari 
 
Qurilish ishlari, konstruksiyalar montaji va texnologik uskunalarni 
montaj qilishni birgalikda bajarish imkoniyati va maqsadga muvofiqlik 
darajasiga qarab , sanoat binolari ochiq, yopiq, birlashtirilgan yoki 
kombinatsiyalashgan usullarda barpo etiladi (9.1-rasm). Bu usullar ishlarni 
birgalikda olib borish darajasi va ketma-ketligini aks ettiradi, va buni qurilish 
konstruksiyalarini montaji va binolarni barpo etishda hamma vaqt e’tiborga 
olish kerak. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling