N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


-rasm. Vertikal ko‘tarish usuli bilan qobiqlarni tayanchlarga o‘rnatish


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

8.6-rasm. Vertikal ko‘tarish usuli bilan qobiqlarni tayanchlarga o‘rnatish:
1 – traversa; 2 – ko‘tarilgan va tayanchlarga burilgan qobiq; 3 – montaj krani;
4 – yig‘ilgan qobiq ko‘tarish oldidan; 5 – osilgan ishchi maydonchasi montaj qilingan 
qobiqlar tayanchlari. 
8.7-rasmda har birining yuk ko‘tarish qobiliyati 160 t bo‘lgan to‘rtta 
polispast yordamida amalga oshiriladigan, vertikal va gorizontal 
bog‘lanishlar bilan biriktirilgan ko‘taruvchi fermalardan iborat 
tomyopmaning ko‘taruvchi blokini ko‘tarish ko‘rsatilgan. Fazoviy 
konstruksiyani gorizontal holatda tomyopmaning barcha konstruktiv 
elementlarini yerda o‘rnatib va tomyopma elementlari va tom qoplamasi 
bilan birgalikda qurib yiriklashtiriladi. Ustunlar (tayanchlarning fazoviy 
konstruksiyalari) ham gorizontal holatda yig‘ilib, proekt holatiga 


87 
polispastlar yordamida sharnir atrofida burish usuli bilan keltiriladi va 
keyinchalik o‘sha polispastlar yordamida tomyopma bloki ko‘tariladi.
8.7-rasm. Tomyopma blokini polispastlar bilan montaj qilish sxemasi:
1 – ustun; 2 – montaj yon tirgaki; 3 – tormozli tortqi; 4 – tayanch to‘sin; 5 – 
ko‘taruvchi polispast; 6 – tomyopma bloki. 
Fermalarni quyi belbog‘larining tayanch bog‘lamalari ostiga
uchlariga harakatlanuvchi polispast bloklari mahkamlangan ko‘ndalang 
to‘sinlar keltiriladi. Barcha to‘rtta polistpastning ko‘taruvchi tayanchlarga 
yuklanishini bir tekis taqsimlash uchun uzatishning umumiy sxemasi 8.8-
rasmda keltirilgan. Fazoviy konstruksiyani loyihadagi holatga vertikal 
ko‘tarilgandan so‘ng uning ko‘taruv ustunlarga biriktirilishi amalga oshirildi 
va montaj yon tirgaklar demontaj qilindi.
8.8-rasm Troslarni uzatishning umumiy sxemasi:
1 – elektrolebedkalar; 2 – polistpastning tortuvchi arqoni; 3 – ko‘taruvchi polistpast;
4 – tomyopma bloki; 5 – tenglashtiruvchi roliklar; 6 – chetga chiqaruvchi rolik. 


88 
Burish usuli bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo‘lgan 
inshootlarni butun ko‘rinishda montaj qilish amalga oshiriladi. Inshoot 
konstruksiya kabi, avval uning o‘rnatish hududida gorizontal holatda 
yig‘iladi, bu fazoviy konstruksiyaning asosi burish sharniridan foydalangan 
holda poydevorga mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni 
loyihadagi holatiga o‘rnatiladi. Bu usul bilan elektr uzatish liniyalari, 
tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, minoralar va massasi 100 t va undan 
ortiq bo‘lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi. 
Surish usulida konstruksiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig‘iladi, 
keyin esa bu tayanchlarga vaqtincha o‘rnatilgan yo‘llar bo‘ylab gorizontal 
ko‘chirish yo‘li bilan o‘rnatiladi. Bu usul ko‘p oraliqli ko‘priklarni, bir 
qavatli sanoat binolari qoplamalari konstruksiyalarini montaj qilishda, 
shuningdek ishlarni qisqa muddatlarda bajarish zarur bo‘lganda yerda 
boshqa ishlar bilan surishga tayyorgarlikni qo‘shib olib borishda keng 
qo‘llaniladi. Bu usul amaldagi texnologik inshootlarni (domna pechi, havo 
isitgich, shaxta kopyori) qayta qurishda, yangi inshoot chetda yig‘ilib va 
keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylanganda ayniqsa 
samaralidir.
Surish jarayoni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning 
massasi 250 t gacha bo‘lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan
va bloklarning massasi 10 ming t va undan ortiq bo‘lganda po‘lat katoklar 
ustida dumalatib amalga oshirish mumkin. 
Surish usuliga misol sifatida qoplamasi sigarasimon fermalardan 
bo‘lgan 84 m oraliqli sport majmuasi binosini montaj qilishni ko‘rib 
chiqamiz (8.9-rasm). Yuqori va quyi belbog‘lari bo‘yicha 4 mm 
qalinlikdagi po‘lat listlar bilan o‘rab olingan tomyopma (qoplama) fermalari
yopiladigan inshootdan bevosita yaqin joyda maxsus aravalar ustida yerda 
yig‘ilgan. Aravalar tomyopma elementlarini berilgan aniqlikda yig‘ishni 
ta’minlash uchun konduktorlar va moslamalarga ega, aravachalarning 


89 
konstruksiyasi ularga gorizontal va qiya relsli yo‘llar bo‘ylab 
mahkamlangan fermalar bilan siljishga imkon beradi. 
Aravachalarni loyihaviy belgigacha ko‘tarish uchun ikkita og‘ma 
(qiya) montaj to‘sinlari montaj qilingan, aravachalarni navbatdagi 
tomyopma bloki bilan ko‘chirilishi ikkita tortuvchi polispastlar bilan amalga 
oshiriladi. Loyihadagi belgiga yetganidan so‘ng aravachalar maxsus 
tirgakka taqaladi, tomyopma bloki po‘lat katoklar ustiga tushiriladi va 
dumalatish usuli bilan ikkita yengil polispast yordamida loyihadagi holatga 
suriladi, bunda domkratlar yordamida uni oldin katoklarni bo‘shatish uchun
ko‘tariladi, keyin loyihadagi holatga tushuriladi. Montaj qilishning ko‘rib 
chiqilgan usulining afzalliklaridan biri – hajmdor blokni loyihadagi 
belgilarga ko‘chirish va o‘rnatish uchun foydalanish qiymati yuqori bo‘lgan
katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega montaj kranini qo‘llanishining zaruriyati 
yo‘q. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling