N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


-rasm. Bir qavatli binolar ustyopmasi elementlarini montaj qilishning turli


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

8.2-rasm. Bir qavatli binolar ustyopmasi elementlarini montaj qilishning turli 
yo‘nalishlarida montaj qilish: 
a - montaj qilishning ko‘ndalang usuli; b - montaj qilishning bo‘ylama usuli; 1 - ferma,
2 - tortqi (elementni montaj qilishdan oldin kuchaytirish); 3 – traversa; 4 – montaj 
qilinuvchi element; 5 – montaj qiluvchi kran. 
 
Ko‘ndalang usulda kran oraliqlarda ko‘ndalang ravishda 
xarakatlanadi. Bunday usul asosan kransiz tizim binolarida ustunlar qadami 
9 va 12 m bo‘lganda qo‘llanilishi afzaldir. Montaj qiluvchi kran montaj 
yacheykasi ichida bo‘ladi, strela montaj qilinayotgan ustyopma plitasiga 
ko‘ndalang joylanadi, demak, plitani osish nuqtasi streladan 6...9 m 
masofada emas, balki bor yo‘g‘i 1...1,6 m masofada bo‘ladi. Ko‘ndalang 
montaj konstruksiyalarini bir vaqtda turli yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega 
ikkita kran bilan o‘rnatish imkoniyatini beradi. Katta yuk ko‘tarish 
imkoniyatiga ega birinchi kran ketma – ket fermalarni montaj qiladi. Kichik 
yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega boshqa kran ham oraliqlarga ko‘ndalang 
holda xarakatlanib, plitalarni joylashtirishni amalga oshiradi. Montaj 
qilishni bunday tashkil etishda ishlarning qiymati va davomiyligi ancha 
pasayadi. 
Bu usul bino karkasida kranosti to‘sinlari mavjud bo‘lganda ham 
(8.3-rasm) konstruksiyalarini montaj qilishga imkon beradi. Montaj 
qilishning texnologik kartasida bayon qilingan elementlarni o‘rnatish ketma 
– ketligi bo‘yicha tavsiyalarga (fermalar, kranosti to‘sinlari, ustyopma 
plitalari) qat’iy amal qilish zarur. 


81 
8.3-rasm. Montaj qilish yo‘nalishlari har xil bo‘lganda elementlarni o‘rnatish 
ketma – ketligi: 
 a – bo‘ylama montaj; b – ko‘ndalang montaj. 
Montaj qilishning ko‘ndalang usuli quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 
• binoni, uning barcha oraliqlarini o‘z ichiga qamrab oluvchi alohida 
seksiyalar tarzida foydalanishga topshirishda; 
• amal qilish radiusi katta bo‘lgan kranlar bilan montaj qilishda, 
shuning uchunkim har bir to‘xtash joyidan to‘laroq foydalanish uchun; 
• montaj kranlarini faqat ko‘ndalang yo‘nalishda xarakatlanishi zarur 
bo‘lganda yoki maqsadga muvofiq bo‘lganda. 
Kombinatsiyalangan, ya’ni bo‘ylama – ko‘ndalang usul ustunlarni 
bo‘ylama usulda o‘rnatishga va tomyopmani kranning ko‘ndalang yurishida 
montaj qilishga asoslangan. Ko‘ndalang montaj qilish ayniqsa 12 x 3 m va 
24 x 3 m o‘lchamdagi ustyopma plitalarini va montaj kranini tanlashga 
massasi hamda qulochi jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi “2T” uzun o‘lchovli 
to‘shamalardan foydalanganda yanada tejamliroq bo‘lishi mumkin. Kranni 
ikkita montaj qilingan fermalar orasiga joylashtirish hisobiga u strelasining 
kam qulochi bilan ishlaydi. Montaj qilish yo‘nalishini tanlash ko‘p jihatdan 
barpo etilayotgan sanoat binosining texnologik xususiyatlariga bog‘liq 
bo‘ladi. 


82 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling